Etiopatogenez


Konstitutsiyani patogenezdagi ahamiyati



Yüklə 44,04 Kb.
səhifə4/5
tarix02.06.2023
ölçüsü44,04 Kb.
#123801
1   2   3   4   5
2-Etiopatogenez (1)

Konstitutsiyani patogenezdagi ahamiyati. Kasallik organizm bilan kasallik chaqiruvchi sabablar uchrashuvidan hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham kasallik kelib chiqishida qo‘zg‘atuvchining sifat va ma’doriy o‘zgarishdan tashqari hayvon organizmining xususiyati muhim ahamiyatga ega. Organizmda kasalliklarni kelib chiqishida organizmning individual reaktivliligi birinchi o‘rin egallaydi, chunki hayvonlar organizmiga ma’lum bir qo‘zg‘atuvchi ta’siri barcha hayvonlarni kasallanishiga olib kelmay, balki ba’zilarini kasallanishiga, zaxarlanishiga sabab bo‘ladi.
Konstitutsiya nima? degan savolga haligacha to‘liq javob bo‘lmasdan, konstitutsiya deganda organizmning umumiy morfologik va fiziologik xususiyatlari tushinilib, bu xususiyatlar uzoq evolyusiya mahsuli sifatida organizm bilan tashqi muhit aloqadorligidan hosil bo‘lib, bu xususiyatlar turg‘indir. Bu xususiyatlar tufayli organizmni tashqi muhitga nisbatan reaksiyasi aniqlanadi, yaqin turlarini solishtirib ko‘radi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarning konstitutsiyasi deganda xo‘jalik va muhit sharoitiga mustahkamlik, chidamlik, kasalliklarga berilmaslik, moslashuvchanlik hamda mahsulot berish xususiyatini ko‘paytirishi tushiniladi. Shunday qilib, qishloq xo‘jalik hayvonlarining konstitutsiyasi deganda faqat organizmni morfologik, fiziologik xususiyatlari tushinilmay balki organizmning tashqi muhit ta’siriga reaktivliligi, jumladan kasallik chaqiruvchi sabablarga javob reaksiyasini ishlab chiqishi tushiniladi.
Organizmning hammasi ham turli xil kasalliklar bilan kasallanishi mumkin bo‘lib, ularni qaysi sabablarga nisbatan paydo bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmaydi. U tashqi ta’sirot, och qolish, zaharlanish, charchash, sovuqlik ta’siri va boshqa rezistentlikni o‘zgartiruvchi sabablar hamda ularning ta’siriga bog‘liq. Ba’zi organizmlardagi organlarni tug‘ma etishmovchilik-lari tufayli yuqorida keltirilgan tashqi sabablar ta’siri kasallik kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda konstitutsiyani ikkiga bo‘lib o‘rganish keng tarqalgan:
1. Nafas konstitutsiyasi.
2. Ovqat hazm qilish konstitutsiyasi.

Yüklə 44,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin