Estetika fani predmeti va vazifalari



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə6/7
tarix05.12.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#172953
1   2   3   4   5   6   7
“estetika fani predmeti va vazifalari”-fayllar.org

«Xub ruxafzo, zisht umr farso, xush xulq nozanin xuri bexisht oyin»,
ya'ni «Go’zal – ko’ngil ochur, xunuk - umrga ziyon etkazar».
Navoiy fikriga qo’shilgan holda , go’zallik dunyoni qutqaradi, deb baralla aytamiz.
Estetika hayot va san'atdagi go’zallikni to’g’ri idrok etish hamda estetik hissiyotlar, fikr mulohazalar va didlarni san'atda va hayotdagi go’zallikni yaratishda qatnashish mahoratini va ehtiyojini tarbiyalash umumtarbiya sistemasining, jamiyatda milliy tarbiyaning ajralmas bir qismidir. Estetika, ya'ni ilm nafosat hurriyat bilan, mustaqil va ilmiy ijod bilan egizak va hamnafasdir.
Darhaqiqat, estetika shunday keng qamrovliki, aytib nihoyasiga yetmaydi kishi. Nafosat tabiiy go’zallikdir, menimcha. Tabiatning eng oliy qismi inson go’zalligi. Undagi har bir jonzot hayratona go’zal: atirgullarning qalbni to’lqinlantiradigan xushbo’y hidi terakning sarv qomati, jayronning ohu ko’zlari ... Go’zallikdan bahra ola biladigan, bu nafislikni seza oladigan, tabiat go’zalligini asrab-avaylaydigan inson ham go’zaldir.
Har millatning o’ziga xos go’zal odatlari, an'analari mavjud . O’zbek xalqining nafosati o’zgacha. Salom alikini deysizmi , borgan joyiga gul ekishi-yu, milliy qadriyatlarga munosabati, bari barisi nafosatdan darakdir. Inson shunda o’zini inson deb, hisoblashi mumkin-ki, qachonki u boshqa birovning ko’ngliga nafisIik kirita olsa.
Chiroyli gullarga ishqimiz tushadi, nafis manzara beixtiyor o’ziga tortadi. Shunda biz beixtiyor o’zimizni yo’qotib, go’zallik nafosat shaydosi bo’lib qolamiz. Muhabbat esa inchunin.
Nazm gulshanining bulbuli Mavlono Muqimiy «Istar Ko’ngil» deb nomlangan bir g’azalida shunday yozadi:
Mutribi xush savtlar tanburini soz aylasa,
Ruhparvar she'r o’qib xirgoyi ovoz aylasa,
Gohi «miskin» mashqiyu, gohi «chapandoz» aylasa,
Gohi g’ijjak, gohi qonun, gohi dutor istar ko’ngil.


Xulosa
Estetika hayot bilan yaqin aloqada bo’lib, yoshlarni estetik ruhda tarbiyalashga san'atni har tomonlama rivojlantirishga, yoshlar dunyoqarashini go’zallik, nafosat hissiyotlari bilan to’ldirishga xizmat qiladi. Chunki ehtiyojlarni estetik jihatdan tarbiyalash jamiyatdagi tub o’zgarishlar va bu o’zgarishlarning ahamiyatini ko’rsatishdan iboratdir.
Prezidentimiz ta'kidlab o’tgan milliy g’oya va milliy mafkura asosida ko’rilgan inson tafakkuri hamda ma'naviyatini tarbiyalash davrimizning asosiy vazifalaridan biridir. Shuning uchun yoshlar estetik bilimlarini chuqur o’rganish va hayotga tadbiq etishlari lozimdir.
Zeroki, estetik jihatdan tarbiya topgan odam o’z atrofida uchragan go’zalliklar, yangiliklar qadriyatlar qadriga yetadi. Bunday kishi hayot inson va mehnat haqida oliyjanob tushunchalarga ega bo’ladi. Estetik tarbiya yoshlar ongini o’stirishga, ijodiy faollikni oshiriga mehnatga go’zallikni qonunlari asosida munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
Ma'naviy olami keng yuksak madaniyatli yoshlar jamiyatda fidoyilik ko’rsatdi. Mamlakatimizda estetik tarbiyani hozirgi davr talabalari darajasiga ko’tarish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jamiyatning har bir a'zosi yurtboshimiz I.A.Karimov ko’rsatgan ko’rsatmalariga amal qilishi, jamiyat badiiy madaniyatini yanada yuksaltirishga, estetik talab-ehtiyojlar qadriyat va ma'naviyat merosini yanada rivojlantirmog’i lozimdir.
Hozirgi mustaqillik davrida O’zbekiston yoshlariga shunday ham katta imkoniyatlar yaratilganki, bundan unumli foydalanish kerak. Shu imkoniyatdan unumli , to’g’ri foydalanmoq uchun mening fikrimcha estetik tarbiyaning roli katta bo’lishi kerak. Agar jamiyatning har bir a'zosi estetik tarbiya topgan bo’lsa u yashayotgan, mehnat qilayotgan jamiyat rivojlantirib, ravnaq topib ketadi. Estetik tarbiya bu inson yaratgan tarbiya yaratgan go’zalliklarini tan olishi bu go’zalliklarni yaratishda sarflangan mehnatni tan olish demakdir. Qachonki inson yaratgan go’zallikni tan olsa, bu inson mehnatini tan olish va ulug’lashdir. Shunda insoniylik paydo bo’ladi. Hozirgi, davrda bu narsalarga katta e'tibor berish lozim. Chunki O’zbekiston aholisining 3/2 qismini yoshlar tashkil qiladi, mana shu yoshlarda estetik tarbiyani o’stirish lozim, shu yoshlarda kelajakdagi O’zbekiston ravnaqi rivojlanishi, taraqqiy etishi va taqdiri shu yoshlarning qo’lidadir. Ma'naviyat jihatdan mukammal bo’lgan millatlar kelajagi hamma vaqt рог1оq bo’ladi deb o’ylaymiz.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytgan : "O’zbekiston kelajagi buуuk davlat" ga erishishimiz yanada osonroq bo’ladi.
Tayanch tushunchalar.
Estetika, nafosat, dizayn, estetik bilish, texnika estetikasi, estetik tafakkur, foydalilik, tabiatdagi go’zallik, san'atdagi go’zallik, milliy g’oya, milliy tarbiya, estetik tarbiya.

Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin