Estetika fani predmeti va vazifalari


Boshqa fanlarda bo’lgani singari estetikani ham bir qancha muammolari bor



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə3/7
tarix05.12.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#172953
1   2   3   4   5   6   7
“estetika fani predmeti va vazifalari”-fayllar.org

Boshqa fanlarda bo’lgani singari estetikani ham bir qancha muammolari bor.

1. Estetika fanining muammolaridan biri go’zallik muammosidir.
Estetika jamiyatdagi, tabiat va san'atdagi go’zallik nimadan iborat ekanligini tushuntirib beradi. Go’zallikning ob'ektiv mezonini ochib beradi. Estetika go’zallik voqelikning o’zida mavjuddir. Shuning uchun san'at, hayotdagi go’zallikni bilish va aks ettirish deb hisoblaydi. San'atdagi go’zallik voqelikdagi go’zallikdan ustun turmaydi, faqat voqelikdan ayrim konkret ko’rinishlariga qaraganda, san'atdagi go’zallik mukammalroq namoyon bo’ladi xolos. Insonning eng go’zal fazilatlari uning mehnatga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. Odam bolasi yoshlikdan boshlab mehnatga o’rgansa, mehnat orqali baxtini va quvonchini, hayotdagi o’rnini topishni yaxshi tushunib yetsa ayni muddao. Aks holda mehnatni hayotiy ehtiyoj deb bilmagan shaxs nafosatni inson go’zalligini ham tushunib yetmaydi.


2. Estetika fanida mazmun va shakl muammosi ham muhim o’rin tutadi.

3. Estetikaning yana bir muhim muammolaridan biri badiiy obraz muammosidir.
Badiiy obraz hayotni aks ettirishning , uni umumlashtirishning san'atga xos xususiyatidir.


4. Va nihoyat yana bir muammo badiiy diddir.
Badiiy did - kishining adabiyot va san'at asarlaridan ma'naviy quvonch olishi uning badiiy didida namoyon bo’ladi. Negaki, kishilar san'at va adabiyotni sevadilar. Badiiy ijodiyotsiz insoniyat hayotini tasavvur etish qiyin. San'at asarlarini idrok etganda inson ko’ngil ila vujudga kelgan tuyg’ular o’zining kuchliligi, ijtimoiy mazmuni bilan ajralib turadi. Chunki, badiiy ijodiyotdagi har bir obraz, har bir xarakter ma'lum ijtimoiy idealni ifodalaydi, ma'lum axloqiy va estetik g’oyani ilgari suradi. Bu jihatdan san'atning ijtimoiy ong formalaridan biri sifatida kishilarning tushunchasiga, ijtimoiy faoliyatiga ko’rsatadigan ta'siri nihoyatda kattadir. San'at universal xususiyatlarga ega bo’lib , barcha ijtimoiy guruhlarni, voqe'Iikni estetik jihatdan o’zlashtirishga da'vat etadi.
Estetika tuyg’ularning ma'naviy tus olishi uchun yetakchi omilga aylanadi. Estetika ishlab chiqarish, kishilarning mehnatiga tobora ko’proq kirib bormoqda. Endilikda korxonalarda yangi zamonaviy uskunalar, sex jihozlarining estetik sifatini ta'minlash, korxonalarning barcha binolari estetik talablarga javob berishi, go’zallik tuyg’ularini uyg’ota olishi va qondirishi uchun g’amxo’rlik qilish bilan bevosita mutaxasislar paydo bo’lmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi talablaridan yana biri o’quv yurtlari, binolari va o’quv xonalarini yosh avlodning badiiy didiga, hamda estetik ehtiyojlariga javob beradigan tarzda jihozlantirishdir.
Maxsus fan ishlab chiqarish estetikasi, texnika estetikasi fani paydo bo’ldi. Ilgari ishlab chiqarishda uchramagan «texnika estetikasi», «dizayn» каbi tushunchalar hayotimizga kirib keldi.
Hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishning estetik tomonining o’rganadigan fani texnika estetikasi deyiladi. Bu bilan mutaxassis rassomlar shug’ullanadi. Ularning san'ati «dizayn» degan nom bilan yuritiladi.

Dizayn nima?
Dizayn - bu ishlab chiqarishda rassomlar, «dizaynerlar» tomonidan bo’lajak buyum loyihasining yaratilishini o’z ichiga oladigan estetik faoliyatning turi hamda ijod natijasi sifatiga, ega bo’lgan tayyor sanoat buyumi.


Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin