Ertalabki suhbatlar


-mavzu “Velosipedda yurish qoidalari”



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə38/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

4-mavzu “Velosipedda yurish qoidalari”
Bolalarni velosipedlarda yurish qoidalari bilan tanishtirish.
Bolalarga turli velosipedda yurish qoidalari tasvirlangan vaziyatlarning rasmlarini ko‘rsatish, o‘zlari va tanishlari bilan sodir bo‘lgan voqealarni so‘zlab berish.
5-mavzu. “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi nazorati” ishi bilan bolalarni tanishtirish”
O‘yinlar, suhbatlar orqali bolalarni yosh xususiyatlariga mos ravishda “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi nazorati” xodimlarining ishi bilan tanishtirish.
6-mavzu. “Transportda o‘zini tutish qonun-qoidalari”
Bolalarni jamoat transportida o‘zini tutish qonun-qoidalari bilan tanishtirish. Bu qoidalar:

  • Avtobus, tramvay, trolleybusning old eshigidan chiqish;

  • Kichik yoshdagi bolalarga transport vositasida ota-onasiz yolg‘iz yurish man qilinishini tushuntirish;

  • Transportda yurgan vaqtda boshqalarga xalaqit bermasdan so‘zlashish;

  • Transport eshigining oldida turish man qilinishini tushuntirish;

  • Ochiq oynadan bosh va qo‘lni chiqarish mumkin emasligini qayd etish;

  • Katta yoshdagi bolalar kichik yoshdagi bolalar bolali ayol va nogironlarga joy berish kerakligini tushuntirish.

7-mavzu “Agar bola ko‘chada yo‘qolib qolsa”.
Agar bola ko‘chada yo‘qolib qolsa, darhol kattalarga murojaat qilish lozimligini va u yo‘qolib qolganligini aytishni uqtirish, o‘z manzilgohini, telefon raqamini, o‘z ismini va familiyasini bilishi kerakligini uqtirish.
Bu egallangan malakalarni mustahkamlash uchun hayotiy vaziyatlardan, bolalar ishtirok etgan sahna asarlaridan, ertak qahramonlaridan foydalanish.
VII bo‘lim “Inson va uning mehnati”
1-mavzu “Tabiatdagi mehnat va mehnat qurollari”
Bolalarga mehnat turlari haqida tushuncha berish. Inson mehnati va bu jarayonda ishlatiladigan ish qurollari haqidagi fikrlarini kengaytirish. Mehnat qilish vaqtida ish qurollari bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi tushunchalarni berish. Tabiatda mehnat qilish jarayonida ularni bolta, bolg‘a, arra, randa, mix, tesha, kabi ish qurollari bilan tanishtirish. Ish qurollari bilan ishlatayotib behosdan jarohat olinganda beriladigan birinchi yordam ko‘rsatish usullari bilan tanishtirish.
2-mavzu “Qo‘l mehnati va ish qurollari ”
Bolalarga “Qo‘l mehnati vaqtida ishlatiladigan ish qurollari” haqida tushuncha berish. Ularni ishlash jarayonida igna, qaychi, to‘g‘nog‘ich, to‘qish anjomi, bigiz, angishvona, turli hajmdagi tugmachalar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish. Bolalarni o‘z qo‘llari bilan o‘yinchoqlar yasay olishga, o‘z faoliyatini mustaqil rejalay olishga, mehnat qurollari bilan ishlay olishga o‘rgatish. Insonlarning mehnatiga nisbatan muhabbat uyg‘otish.
3-mavzu “Maishiy – xo‘jalik mehnat va ish qurollari”
Bolalarni ko‘pchilikning manfaati uchun foydali mehnat qilishga, kattalar mehnatini qadrlashga, xonadagi ozodalikni saqlashga o‘rgatish, navbatchilik vazifasini o‘zi mustaqil va astoydil bajarishga undash. Nonushta, tushlik va kechki ovqatlanishda stolni did bilan bezashga, zarur buyumlarni tartibli qo‘yishga odatlantirish. Ovqatlanganda va yig‘ishtirganda sanchkich va pichoqdan to‘g‘ri foydalanishga, likobcha va piyolalarni qo‘yishda ehtiyotlilik bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin