Elementar hodisalar. Elementar hodisalar fazosi. Hodisalar ustida amallar



Yüklə 199,72 Kb.
səhifə5/5
tarix19.05.2023
ölçüsü199,72 Kb.
#117919
1   2   3   4   5
ehtimol

MISOLLAR:

  1. Merganni bitta o‘q uzishda nishonga tekkizish ehtimoli P=0,8. Mergan uchta o‘q uzdi. Uchala o‘qning ham nishonga tegish ehtimolini toping.

  2. Yashikda 7 ta oq, 4 ta qora va 4 ta ko‘k shar bor. Har bir tajriba qutidan 1 ta shar olishdan iborat. Olingan shar qaytib qo‘yilmaydi. Birinchi sinashda oq shar (A), ikkinchisida qora (B), uchinchisida ko‘k shar chiqish ehtimolini toping.

  3. Qutida 5 ta oq va 5 ta qora shar bor. Tavakkaliga 3 ta shar olinadi. Olingan uchala sharning ham bir xil rangli bo‘lish ehtimolini toping.

  4. Uchta merganning nishonga tekkizish ehtimoli mos ravishda 0,6; 0,8 va 0,9 ga teng. Uchta mergan baravariga o‘q uzganda nishonga hech bo‘lmaganda bitta o‘qning tegishi ehtimolini toping.

  5. Birinchi qutida 3 ta oq va 7 ta qora shar bor. Ikkinchi qutida esa 6 ta oq va 4 ta qora shar bor. Agar har bir qutidan bittadan shar olinsa, hech bo‘lmaganda bitta sharning oq bo‘lish ehtimolini toping.

  6. Yashikda 6 ta yashil va 5 ta qizil tugmalar bor. Tavakkaliga 2 ta tugma olinadi. Olingan ikkala tugmaning ham bir xil rangli bo‘lish ehtimolini toping.

  7. Tanga va o‘yin soqqasi bir vaqtda tashlanadi. “Raqam tushish” va “4” ochko tushishi hodisalarining birgalikda ro‘y berish ehtimolini toping.

  8. Qutida 3 ta oq va 8 ta qizil shar bor. Qutidan tavakkaliga bitta shar, keyin yana bitta shar olindi. Olingan sharlardan birinchisi oq, ikkinchisi qizil bo‘lish ehtimolini toping.

  9. Birinchi yashikda 6 ta oq va 14 ta qizil shar bor. Ikkinchi yashikda esa 4 ta oq va 6 ta qizil shar bor. Agar har bir yashikdan bittadan shar olinsa, hech bo‘lmaganda bitta sharning oq bo‘lish ehtimolini toping.

  10. Uchta to‘pdan otishda nishonga tekkizish ehtimoli mos ravishda P1=0,9; P2=0,7; P3=0,8. Nishon yakson qilinishi uchun bitta o‘qning nishonga tegishi kifoya qilsa, uchala to‘pdan biryo‘la otishda nishonning yakson qilinishi ehtimolini toping.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. V.E Gmurman “Ehtimollar Nazariyasi va matematik statistika” 1977-yil.

  2. S.X Sirojiddinov, M.M Mamatov “Ehtimollar Nazariyasi va matematik statistika” 1980-yil.

  3. M.D.Vaisova, S.A. Bekmetova “EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKA FANIDAN USLUBIY KO‘RSATMALAR VA TOPSHIRIQLAR (Sirtqi ta‘lim yo‘nalishlari talabalari uchun)”





Yüklə 199,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin