Elektronika va sxemotexnika



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/110
tarix02.01.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#47885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Elektronika va sxemotexnika

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 


I BOB.  ELEKTRVAKUUM VA YARIM O‟TKAZGICHLI ASBOBLARDA 
KECHADIGAN FIZIK JARAYONLAR 
 
1.1. Gazlarda elektr toki 
 
Gazlar orqali elektr tokning o‘tishini tekshirish uchun 1–rasmda tasvirlangan 
shema  asosida  elektr  zanjir  tuzaylik.  Bu  zanjirning  bir  qismi,  ya‘ni  M  va  
plastinalar  (elektrodlar)  orasidagi  qismi  biror  gazdan  iborat 
bo‘lsin.  Shemadagi  gal  vanometr  zanjir  bo‘ylab  elektr  tok 
oqmayotganligini  ko‘rsatadi,  chunki  oddiy  sharoitlarda  gazda 
zaryad tashuvchilar bo‘lmaydi. Demak, zanjir M va N elektrodlar 
orasida  uzilgan  bo‘ladi.  Shuning  uchun  zanjir  orqali  elektr  tok 
oqishini  ta‘minlamoqchi  bo‘lsak,  elektrodlar  oralig‘iga  zaryad 
tashuvchilar  kiritish  yoki  biror  usul  bilan  elektrodlar  orasidagi 
gazda zaryad tashuvchilar vujudga keltirish kerak. Gazda zaryad 
tashuvchilar  vujudga  keltirishning  barcha  usullarini  ikki 
gruppaga ajratish mumkin: 
a) gazdagi  zaryad  tashuvchilar  tashqi  faktorlar  tufayli  vujudga  kelishi 
natijasida kuzatiladigan elektr tokni nomustaqil gaz razryad deyiladi; 
b) M  va  N  elektrodlar  orasidagi  elektr  maydon  ta‘sirida  vujudga  kelgan 
zaryad  tashuvchilar  tufayli  kuzatiladigan  elektr  tokni  mustaqil  gaz  razryad 
deyiladi. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin