Elektron pedagogika va uning o`ziga xos xususiyatlari reja


Crocodile Physics дастури



Yüklə 32,38 Kb.
səhifə6/7
tarix25.03.2023
ölçüsü32,38 Kb.
#89991
1   2   3   4   5   6   7
Elektron pedagogika va uning o`ziga xos xususiyatlari reja

Crocodile Physics дастури. Crocodile Physics dasturi fizikaning mexanika, elektr, Optika va To‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid virtual laboratoriya ishlarini yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi konstruktor hisoblanadi. Bu dasturdan maktab, akademik litsey va kasb hunar kollej o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalarining talabalari foydalanishlari mumkin.
Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonida 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala yechishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo‘ladi. Bu dastur ta’lim tizimida to‘g‘ri ma’noda inqilobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Hozirgi kunda dasturdan 35 tadan ortiq rivojlangan davlat ta’lim muassasalarida keng foydalanib kelinmoqda.
Crocodile Technology dasturiy. Bu dastur o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilar, litsey, kollej talabalari uchun fizika fannini «Elektr» qismini chuqurroq o‘zlashtirishda hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish imkonnini beradi. Bundan tashqari, Crocodile Technology dasturidan elektrotexnika, elektr zanjirlar nazariyasini o‘rganish kurslarida ham foydalanish mumkin.
Dastur elektron konstruktor bo‘lib, u monitor ekranida elektr sxemalarini yig‘ish jarayonini xuddi haqiqiy tajribadagi singari imitatsiya qilish, elektr kattaliklarni multimetrda (3 o‘lchovli), ampermetr va voltmetrlarda o‘lchash imkoniyatini beradi.
Crocodile Chemistry dasturi. Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleyev jadvalida mavjud barcha elementlarning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda kimyoviy reaksiyalar ro‘y berish vaqtida reaksiyaga qatnashayotgan molekulalarning boshqa molekulaga aylanish jarayonini (molekulyar darajada) kuzatish iloji yo‘q. Lekin, bu dastur orqali kimyoviy moddani boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishish jarayonida molekulalarning dinamikasini kuzatish mumkin bo‘ladi. Bu dastur orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaksiyalarni o‘tkazish va eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin.

Yüklə 32,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin