Elektron pedagogika va uning o`ziga xos xususiyatlari reja


Pedagogik faoliyatda amaliy va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish



Yüklə 32,38 Kb.
səhifə4/7
tarix25.03.2023
ölçüsü32,38 Kb.
#89991
1   2   3   4   5   6   7
Elektron pedagogika va uning o`ziga xos xususiyatlari reja

3.Pedagogik faoliyatda amaliy va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi:
ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o‘quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to‘ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko‘rgazmalilik, faollashtirish (o‘qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o‘qitish natijalarini o‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning o‘ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o‘zaro bog‘liqliligi, o‘zaro aloqadorliligi, turlitumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko‘rgazmali-amaliy), diqqati (qat’iyliligi, boshqaga ko‘chishi), motivatsiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada ko‘rgazmalilik, o‘z vaqtida qayta aloqa yordamida o‘quvchilarning yuqori darajadagi motivatsiyalarini doimiy ravishda rag‘batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olib, o‘quv fani mazmuni hamda o‘quv masalalari murakkablik darajasi o‘quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o‘quv materialini o‘zlashtirishda ortiqcha hishayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta’sirlanishdan himoyalash) kiradi.

Yüklə 32,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin