Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Biznes-reja va unumdorlik



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə3/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

13.2. Biznes-reja va unumdorlik
Biznes-rejasiz yuqori va barqaror unumdorlikka erishib bo‘lmaydi. Unumdorlikni oshirish bo‘yicha aniq maqsadga ega bo‘lmay erishilgan unumdorlik yuqori yoki past ekanligini aniqlab bo‘lmaydi. Maqsadlar qaysi tadbir umumiy unumdorlikni oshirayotgani, qaysisi uning o‘sishiga to‘sqinlik qilishini aniqlash uchun xizmat qiladi.

Amerikalik olimlar Rigts va Felik unumdorlikni miqdor va sifat vositasida ifodalangan maqsadlarga o‘z vaqtida erishish uchun aniq resurslardan qanday foydalanish ko‘rsatkichidir deb hisob­laganlar.


Korxona u ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotning qaysisi iste’molchi uchun zarur ekanligini aniqlamagan holda unumdor bo‘ladi. Ya’ni strategik rejalashtirish doimo bozor raqobatini, korxona imkoniyatlarini muntazam tahlil etishni qamrab olishi kerak.
Masalan, Yaponiya tadbirkorlari doimo istiqbol uchun maqsadni belgilaydilar. Ular besh-o‘n yildan keyin natija beruvchi ilmiy-tadqiqot ishlari va mehnat unumdorligi dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlaydilar. Shu sababli, unumdorlik barqaror o‘sishida istiqbolli rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Yirik korxonalar ko‘p yillar davomida barqaror unumdorlikni ta’minlash uchun o‘z vazifalarini kelajakka asoslanib belgilashlari lozim. Ko‘pchilik korxonalar sinishining asosiy sababi ular ham ahamiyati, ham samaradorligi jihatidan eskirgan texnikadan foydlanganliklaridir. Bunday korxonalar kelajakka ega emas.
Hozirgi paytda ko‘pchilik tadbirkorlar darhol foyda olishga intilish noto‘g‘riligini va uzoq istiqbolni hisobga olish zarurligini tushunib yetdilar. Unumdorlikning istiqbolga mo‘ljallangan kompleks rejalarini qisqa muddatli rejalar bilan mustahkamlash zarur.
Yuqori lavozimdagi rahbarlar o‘rta bo‘g‘in rahbarlarga hali o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etmagan uskuna sotib olishda qarshilik ko‘rsatmasdan aksincha ularni qo‘llab-quvvatlashlari zarur. Rahbariyat unumdorlikni oshirish uchun o‘z mablag‘larini sarf qilish va istiqbol rejalariga unumdorlikni oshirish dasturlarini qo‘shish yo‘li bilan o‘z hamkorligini namoyon qilishi zarur.
Unumdorlikni rejalashtirish boshqaruvning barcha jarayon­larida kuzatilishi kerak. U kishilarni mehnat unumdorligini oshi­rishga undaydi. Unumdorlikni oshirishning istiqbol va joriy rejalari bajarilishi doimo nazorat qilinishi kerak.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin