Mashg’ulot turi: ma’ruza



Yüklə 96,86 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü96,86 Kb.
#182079
  1   2
\'6-маъруза МТ

Mashg’ulot turi: ma’ruza


6-Mavzu: G.Emerson va M. Kukning boshqaruv samaradorligi tamoyillari

  1. F.Teylor va G.Emersonlarning boshqaruv samaradorligi to‘g‘risidagi qarashlari.

  2. G.Emersonni “Unumdorlikni o‘n ikki tamoyili” asarining mazmun mohiyati. M. Kukning boshqaruv samaradorligi tamoyillari.

Adabiyotlar:


[А.1]-144-159 bet, [Q.5]-53-61 bet.
Tavsiya etiladi:
1.R.Valijonov, O.Qobulov, A.Ergashev. Menejment asoslari. T., Sharq, 2002.
2. Sharifxo‘jaev M.SH., Abdullaev Yo. Menejment Darslik. T., O‘qituvshi»2001 3.Тесленко И.В. История менежмента. Учебное пособие. Екатеринбург, 2011.


6-mavzu. G.Emerson va M. Kukning boshqaruv samaradorligi


tamoyillari
Reja:

  1. F.Teylor va G.Emersonlarning boshqaruv samaradorligi to‘g‘risidagi qarashlari.

  2. G.Emersonni “Unumdorlikni o‘n ikki tamoyili” asarining mazmun mohiyati. M. Kukning boshqaruv samaradorligi tamoyillari.



    1. F.Teylor va G.Emersonlarning boshqaruv samaradorligi to‘g‘risidagi qarashlari.


Boshqaruv samaradorligi to‘g‘risida so‘z yuritilganda, bu borada F.Teylorning fikr va tamoyillari muhim rol o‘ynaydi, 1911 yili boshqaruv fanining asoschilaridan biri F.Teylorning “Ilmiy boshqaruv tamoyillari“ kitobining chop etilishi boshqaruvni fan sifatida tan olinish davrining boshlanishi deb hisoblanadi. Ilmiy boshqaruv deb nomlangan konsepsiyaga asos solindi. Ushbu konsepsiya asoslari X1X asrning o‘rtalaridan XX asrning 20 yillarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. U shu vaqtgacha og‘zaki va onda-sonda bo‘lgan diskussiyalardan boshqarish borasidagi mustaqil izlanishlar natijalari va birinchi xulosalarini chop ettirilishi, bu izlanish va tadqiqotlar borasida baralla gapirilishiga va keng doirada fikr almashishlarga olib keldi.


Boshqaruvga bo‘lgan qiziqishning kuchayishiga birinchi turtki sifatida Yevropa mamlakatlardagi jadal o‘zgarishlar, xususan, Angliyadagi sanoat revolyusiyasining ro‘y berishi sabab bo‘lgan. Ammo, tashkilotning muvaffaqiyatini samarali boshqaruv tashkil qilishi mumkinligi haqidagi sistemalashgan fikrlar Amerikada yuzaga keldi, bunga asosiy sabablar quyidagilar:
-Amerikadagi o‘sha davrdagi irqiy, iqtisodiy erkinlik, hamda kishilarning moddiy kelib chiqishi va sinfiy tabaqalarning ahamiyatsizligi;
-XIX asrning oxirida Amerikada transkontinental temir yo‘llari qurilishining yakunlanganligi;
-davlatning biznesga aralashmaslik siyosati;
-turli xil milliy, iqtisodiy asosdan kelib chiqqan odamlar o‘z omadini sinash maqsadida Amerikaga yo‘l olishi, bu davrda AQShda iqtisodiyotning rivojlanishi va tadbirkorlarning ko‘payishi boshqaruvni fan sifatida shakllanishiga muhit

yaratdi. Bunga yirik tadbirkorlarning ehtiyoji va yirik biznesning rasmiylashgan boshqaruv vositalariga extiyojining kuchliligi omil sifatida ta’sir ko‘rsatdi;
-sanoat revolyusiyasi natijasida texnika afzalliklarini ishlab chiqarishga qo‘llanishining zarurligi va boshqalardir.
Boshqaruv borasidagi g‘oyalar rivojlanishining birinchi bosqichi teylorizm davri (1885-1920) deb atalib, bu davrning eng xos g‘oyasi ilmiy asosda boshqarish mumkin ekanligini targ‘ib qilinishidir. Bu davrda muhandislik fanlari g‘oyalarining eng quyi ishlab chiqarish bo‘g‘iniga singdirilishi xos bo‘lib, keyinchalik aynan shunda teylorizmning cheklanganligi namoyon bo‘ladi. Buning asoschilari U. Teylor, I.B. Frederik, F.L. Gilbertlar, G.Gant, Emerson va boshqalar hisoblanadi. O‘z nazariyasini Teylor ilmiy boshqaruv deb nomladi va bu nom bilan shu yo‘nalishda o‘sha davrda izlanishlar olib borgan bir qator tadqiqotchilar maktabi nomlana boshladi. Menejmentdagi “ilmiy boshqaruv” maktabi deb nom olgan bu birinchi maktab g‘oyalarining keng targ‘iboti avjiga chiqishi 1885-1920 yillarni qamrab oldi. Teylorning 1903 yilda chop etilgan “Korxonani boshqarish”, 1911 yili chop etilgan “Ilmiy boshqaruv asoslari” kitoblari korxonani boshqarish bo‘yicha birinchi qo‘llanma bo‘ldi. U samaradorlikka, muvaffaqiyatga erishish uchun ilmiy asosda boshqarish zarur, hamda ishchi joyini tashkil qilishga, vaqt omilini hisobga olishga, aniq va qat’iy vazifalarni belgilashga e’tiborni qaratish, tashkilotda ma’lum tartib va qoidalarni o‘rnatish, ishni taqsimlash, kishilarni alohida talab asosida tanlash va joy-joyiga qo‘yish zarur deb biladi. Teylor nazariyasining ilg‘orligi resurslarni, energiyani minimal sarfi bilan yuqori unumdorlikni ta’minlashga qaratilganligidir. Bunga erishish maqsadida ishlab chiqarish operatsiyalarini alohida tashkiliy qismlarga ajratish tavsiya etilgan, kuzatish va xronometrajni ko‘llangan. Teylor boshqaruv organlari funksiyalariga, hisob tamoyillariga, personalni tayyorlashga, ishlarni normalashtirishga oid bir qator boshqaruv tavsiyalarini ilgari surdi.
“Ilmiy menejment” maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya’ni “boshqaruvning mumtoz maktabi” deb ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F. Teylor (1856—1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish”ning ilmiy tizimi deb atalgan. F. Teylor ta’limotining asosiy mazmuni—yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir. Uning prinsiplariga binoan:
-mehnatning har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq-puxga ixtisoslashtirilishi shart;
-har bir mehnat turi qatiy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;
-har bir mehnat jarayoni va hatgo har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak;
-yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun do im iy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;
-ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;
-boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash shart.
F.Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (100%)ga o‘sishiga olib kelgan. Ayniqsa, qo‘llagan xaronometraj usuli diqqatga sazovordir. F.Teylor nazariyasiga ko‘ra rahbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror- bir shaxsiy tashabbus ko‘rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi. F.Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda arzon usulda bajarish san’ati” deb baholagan. Shunday qilib, F.Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi” ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko‘rinishida rivojlanib bordi.
“Ilmiy menejment” namoyandalari o‘z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag‘ishlashgan. Ular boshqaruvining quyi darajasidagi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug`ullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug`ullana boshladilar. Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‘g‘risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq, mumtoz ma’muriy boshqaruv maktabining asoschilari yirik biznes sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak tajribali amaliyotchi rahbarlar bo‘lishgan.
Ularni tashvishlantirgan bosh masala—bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo‘lgan. Shunday maqsad qo‘yilgan bo‘lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e’tibor berishmagan, ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega bo‘lmagan. “Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqgai nazaridan yondoshib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad— boshqarishning unversal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratishgan:

  • tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo‘linmalar yoki ishchi guruhlarga bo‘lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan;

  • tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish.

Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo‘lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo‘ysunishi lozim degan g`oyani ilgari surishgan.

    1. Yüklə 96,86 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin