Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

OXIRAT KUNI odamlar qayta tirilib, hayoti davomida bajargan har bir amali 
uchun hisob–kitob qilinadigan kun. U Qiyomat kuni deb ham ataladi. 
OYAT – (arabcha, «belgi, mo‘‘jiza») Qur’on suralarini tashkil etuvchi qism
«jumlalar». 
PASXA (yunoncha, ivritcha – «yonidan o‘tish») – xristianlikdagi asosiy diniy 
bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. 
Hozirgi kunda Pasxa kuni Oy–Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili 
o‘zgarib turadi. 


85 
PRESVITER (lotincha, «oqsoqol, jamoa boshlig‘i») – xristian ruhoniylik 
iyerarxiyasida yuqori o‘rinni egallovchi diniy lavozim. Qadimda yepiskoplar 
ham presviter deb atalishgan. 
RIM PAPASINING QARORLARI – turli davrlarda Papa tomonidan chiqarilgan 
din sohasidagi qarorlar. Rim katolik cherkovi aqidasiga binoan Papaning 
qarorlari ham muqaddas ahamiyatga ega.
ROHIB (yunoncha, monax – «zohid») – xristianlikda dunyoviy lazzatlardan 
tarkidunyochilik qilib, faqat ibodat bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 
SANGHA – «oliy haqiqat»ga yetishgan avliyolar, Budda asos solgan va 
hozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi.
SAOSHYNTA xaloskor, zardushtiylikka ko‘ra, dunyoga 3 nafar saoshyanta 
kelishi lozim. Ular Zardusht ta’limotini qayta tiklaydi, Qiyomatga yaqin ularning 
oxirgisi Anxra–Maynyu bilan jang qilib, barcha yovuzlik kuchlarini mag‘lub 
etadi.
SINAGOGA (yunoncha, «sinagoge» – «yig‘ilish», ibroniycha «beyt kneset» – 
«yig‘ilish uyi») – yahudiylikda asosiy ibodat va marosimlar o‘tkaziladigan joy.
SUNNAT – islom shariatiga ko‘ra, zimmaga yuklanmagan, lekin bajarilishi talab 
qilingan amal. U Payg‘ambar (a.s.)ning pokiza sayratlari, turmush tarzlari, diniy 
yo‘llaridir. Uchga bo‘linadi: qavliy, fe’liy va taqririy. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin