va Nurxonning Samarqanddagi kvartirasida kechadi; «Yorqinoy» dramasidagi voqealar esa besh joyda: 0 ‘lmas botiming qo‘rg‘on boqchasi, boshqa bir boqcha, Nishobsoy begining boqchasi, shu bekning haram uylaridan biri, Po'latning qarorgohi va xon saroyida kechadi. Odatda, bir parda davomida sodir bo'luvchi voqealarning bitta joyda kechishini, syujet voqealari ayni shu joylar bilan bog‘liq holdagina rivojlanishini e’tiborga olsak, bu narsa dramatik asarning syujet qurilishini belgilaydigan asosiy omil bo'lib qolishi anglashiladi. Dramaturgda asarda jonlantirmoqchi bo‘lgan hayot materialining barcha unsurlarini ham sahnada qayta yaratish imkoniyati mavjud emas. Shunga ko‘ra, dramatik asar awalboshdanoq «shartlilik» kasb etadi. Ya’ni muallif mavjud ijro imkoniyatlaridan foydalanib, ayrim ishoralar orqali tomoshabin (o‘quvchi) tasawurida ko‘p narsalarni uyg‘otishi, bevosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo‘lgan voqealami to‘ldirishi zarur bo‘ladi. Masalan, avtor remarkalarida «sahna ortida otlar dupuri, qilichlar jarangi», «sahna ortidan keskin to'xtagan mashina ovozi eshitiladi» qabilidagi ishoralar beriladi, ularning yordamida sahnada jonlanmagan narsani shartli (ya’ni o‘quvchi tasawuridagina) jonlantirish mumkin bo‘ladi. Shunga o'xshash, syujetga kiritishning imkoni bo'lmagan voqea haqida personajlar tilidan muxtasar hikoya qilinishi ham shartlilikning tag‘in bir ko‘rinishidir. 0 ‘z navbatida bu shartlilik personaj nutqiga ham ta’sir qiladi: deylik. personajlaming har ikkisi ham o‘sha voqeadan xabardor, shunga qaramay, ulaming «suhbati» o'quvchi (tomoshabin)da tasawur hosil qilish uchun zarur va shu zaruriyat suhbatni tabiiylikdan chiqishiga, shartlilik kasb etishiga olib keladi. Umuman, tafsilotlami ko'proq shu