Didaktikvositalari



Yüklə 394,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix26.10.2022
ölçüsü394,8 Kb.
#66434
1   2   3   4   5   6   7
aSahWmRr8MH5LKJrqiWx6X1Hg5NfPYV61GAHvhHv

Real vositalar 
 


Ta’limning real vositalari modelli va haqiqiy turlarga bo‘linadi. Haqiqiy 
vositalar o‘rganilayotgan obyektlar haqida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirish 
uchun xizmat qilsa, modelli vositalar esa o‘rganilayotgan obyektning modeli orqali 
u haqda tasavvur hosil qilish uchun ishlatiladi. Ular sirasiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 

Uskunalar;

Asboblar; 

Stanoklar; 

Kollejlar; 

Binolar va boshqalar. 
Har bir mavzu materiali bo‘yicha o‘qitish vositalaridan foydalanish uslubi 
aniq va puxta ishlab chiqilgan va amalda sinalgan bo‘lishi lozim, ularga xos 
maxsus didaktik materiallar esa uzluksiz ravishda takomillashtirilib borilishi zarur. 
Ta’lim vositalari – o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan 
birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. 
Ta’lim vositalari: 
1. 
Ta’lim berishning texnik vositalari
2. 
Yordamchi texnik vositalari
3. 
O‘quv – uslubiy materiallar
Ta’limning texnik vositalari – o‘quv materialini ko‘rgazmali namoyish 
etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o‘quv materialini 
tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (Diaproyektor, 
Grafoproyektor, Doska-bloknot, Doska-stend, Flipchart, Vidiofilmlar). 
Yordamchi ta’lim vositalari – grafiklar, chizmalar, na’munalar va 
boshqalar (Model-mulyajlar, Grafik, Diagrammalar, Na’munalar, Chizma, Sxema 
va boshqalar). 
O‘quv – uslubiy materiallar – o‘quv materiallar, o‘zlashtirilgan o‘quv 
materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil 
ishlashlarini faollashtirishga yordam beradilar (Ish varaqasi, Eslatma, Nazorat 
varaqasi, Matnlar). 


Ta’lim vositalari o‘qituvchi uchun, o‘quvchi uchun, hamda dars o‘tkazish 
uchun alohida variantlarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchi uchun vositalar: o‘quv predmetini o‘qitish metodikasi bo‘yicha 
qo‘llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo‘yicha metodik tavsiyalar, 
o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy struktura. 

Yüklə 394,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin