Didaktikvositalari



Yüklə 394,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix26.10.2022
ölçüsü394,8 Kb.
#66434
1   2   3   4   5   6   7
aSahWmRr8MH5LKJrqiWx6X1Hg5NfPYV61GAHvhHv

Didaktik talablar
bu o‘qitish vositalarining mazmundorlik jihatlariga 
talablardir. Bular o‘qitish vositalarini ta’limda qo‘llashning maqsadlari, vazifalari, 
qo‘llanilishi sohalarini aniqlaydi, qolaversa axborotni tanlash tamoyillari va 
metodlarini, uning xarakterini, axborotni shakllantirish va uning masshtablarini 
aniqlaydi. Bunday talablarning asosini ta’lim tamoyillari tashkil qilishi zarur. 
Ba’zi adabiyotlarda ushbu talablarga qo‘shimcha ravishda metodik va 
pedagogik talablar ham uchrab turadi. 
Metodik talablar – bu o‘qitish vositalarining mazmunini ochib berishning 
vositalari va metodlariga talablardir. Ular ta’limni texnikalashtirishning pedagogik 


shartini va ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida texnik vositalarni 
qo‘llashning ratsionalligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
O‘qitish vositalariga qo‘yiladigan pedagogik talablar esa o‘z navbatida unga 
qo‘yiladigan didaktik talablar bilan o‘xshash, deyarli bir xil ma’noni, mazmunni 
o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun undan foydalanishda didaktik talablar deb qabul 
qildik. Chunki, didaktika pedagogikaning ajralmas qismini, negizini tashkil etadi. 
O‘quv tarbiya jarayonida foydalaniladigan o‘qitish vositalarini maqbulini 
tanlash va ularning pedagogik talablariga javob berish kerak. Bu esa o‘z navbatida 
o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati sharoitida pedagogik samaradorlikni belgilashda 
muhim ahamiyatga ega. 
Umumiy holda o‘qitish vositalari majmuasi quyidagi pedagogik talablarga 
javob berishi kerak: 
1. Har bitta o‘quv mavzusi, o‘quv elementlari uchun o‘qitish vositalari 
ishlab chiqilishi va aniqlanishi kerak. Bunda asosiy e’tiborni fanlar dasturlaridagi 
mazmunning qanchalik yakunlangan qismlariga e’tibor berishi kerak.
2. O‘qitish vositalari majmuasida didaktik vositalar o‘qitish maqsadi, 
mazmunining umumiyligidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda zaruriy bo‘lgan 
bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qilishi zarur. Har bitta 
mavzu bo‘yicha o‘qitish vositalari o‘quv-tarbiyaviy jarayonga xizmat qilish va 
yuqori darajadagi pedagogik samaradorlikni ta’minlashi zurur. 
3. O‘qitish vositalari majmuasiga kiradigan hamma o‘qitish vositalari o‘quv 
dasturi, darslik mazmuni va didaktik o‘qitish tamoyiliga mos kelishi zarur. O‘qitish 
vositalari o‘quvchilarda o‘qishga va o‘zlashtirishga, mehnat qilish, kuzatuvchanlik 
ham qiziquvchanlikni o‘stirishga xizmat qilishi. 
4. O‘qitish vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining asosiy tarkibiy qismlari: 
darsning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli va metodlari bilan moslashtirilgan 
bo‘lishi zarur. Bu esa modulli yondoshish muhim ahamiyatga ega. 
5. O‘qitish vositalari o‘qituvchilarning o‘qitish faoliyati elementlari va 
o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini modellashtirish va o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga 
qo‘llanilishini ta’minlash zarur. 


6. O‘qitish vositalari bir-birini almashtira olishi o‘zaro mavzuni o‘tish 
metodikasi bilan ham muvofiqlashtirilgan bo‘lishi hamda bitta o‘zining didaktik 
yo‘nalishiga ega bo‘lishi zarur. 
7. Har bitta o‘qitish vositasi turi ya’ni majmuaga kiruvchilar yuqori 
darajadagi ko‘rgazmalikka va estetik ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. 
8. O‘qitish vositalari majmuasi o‘quvchilarda yuqori darajada fanni 
o‘zlashtirishga, diqqatini va faolligini oshirishga hamda mustaqil ishlashga 
qiziqtirishi zarur. 
9. O‘qitish vositalar majmuasiga kiruvchi o‘qitish vositalari psixofiziologik, 
texnikaviy, ergonomik va nafosat-estetik talablarga javob berishi kerak. 
10. O‘qitish vositalari majmuasi o‘qituvchi va o‘quvchilar mehnatini ilmiy 
asosda tashkil qilishga hamda darslardagi o‘quv vaqtini unumli foydalanishga 
xizmat qilishi zarur. 
O‘qitish vositalari majmuasini ishlab chiqishda esa eng tajribali pedagog jalb 
qilinishi maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 394,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin