Dars tahlili qilishni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin



Yüklə 25,64 Kb.
səhifə1/8
tarix10.04.2023
ölçüsü25,64 Kb.
#95647
  1   2   3   4   5   6   7   8
Dars tahlili qilishni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin


Dars tahlili qilishni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

  1. Ilmiy tahlil.

  2. Psixologik tahlil.

  3. Metodik tahlil.

  4. Didaktik tahlil.

  5. Umumpedagogik tahlil.

Ilmiy tahlil – berilayotgan bilimlarning ilmiy – nazariy jihatlarni, o‘quvchi bajarayotgan mustaqil ishning esa maqsadga muvofiq yo‘nalishi jihatidan to‘g‘riligini aniqlash demakdir.
Metodik tahlil – o‘qituvchining dars jarayonida qo‘llagan usullarining maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi. O‘quv materiallarini o‘quvchilarga bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo‘llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi metodik tahlil davomida aniqlanadi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi darsda qo‘llagan usullarning samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi uning o‘tgan, yangi mavzu materialini o‘quvchilarning qay darajada o‘zlashtirib olganliklari bilan belgilanadi. SHu boisdan har bir dars kuzatuvchi (o‘qituvchi, direktor, ilmiy bo‘lim mudiri, metodist) dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan qarashi kerak.
Didaktik tahlil – ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to‘g‘ri hamda mukammal bajarilganini tahlil qilish demakdir.
Umumiy pedagogik tahlil – darsdagi hamma jihatlarining qisqa va engil ko‘rinishidagi tahlildir.
Psixologik tahlil – darsning aniq maqsad va vazifalariga, darsning mazmuniga, darsda o‘quvchilar faoliyatining namoyon bo‘lishi va uning boshqarilishiga, darsning o‘quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga ta’siri, darsda o‘qituvchi shaxsi va faoliyatining tarbiyaviy ta’siriga, darsning natijalariga psixologik baho berishdan iborat.

Ma’lumki, kuzatilgan darsning tahlili umumiy pedagogika va xususiy metodika talablari nuqtai nazaridan bir xil bo‘lsa ham, lekin har bir fanning o‘z talablari bor. Lekin hamma fan bo‘yicha dars kuzatish va uni tahlil qilishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning bilim va malakalarini takomillashtirishga o‘qituvchilarning ma’suliyatini oshirishga qaratilmog‘i lozim.




Yüklə 25,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin