57
Tayanch tushunchalar: kreativlik, ijod va ijodiy faoliyat, ijodkor inson, ijtimoiy
adaptatsiya, ijodkorlik psixologiyasi, shaxsiy jonbozlik, stereotip, kreativ testlar,
kreativ kompetentlik, ijodkorlik psixologiyasi, ijtimoiy-boshqaruv darajasi, ijodkorlik
determinantlari.
Kreativlik - qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish qobiliyati, badiiy shakl
yaratish, fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon.
Kreativlik tushunchasiga nisbatan bir-biriga zid boʻlgan quyidagi turli xil
qarashlar majud. Bular:
Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.
Kreativlik – bu insonning oʻziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni
bajarish usulidir.
Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir.
Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfiyotlardir.
Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir.
Kreativlik bu ijodkor insonlarning ma’naviy-axloqiy
va ijtimoiy
adaptatsiyalanishidir.
Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog‘liq boʻlgan kategoriyadir.
Shu bilan bir qatorda psixologiyada
ijod va
ijodiy faoliyat muammosini
oʻrganuvchi alohida yoʻnalish –
ijodkorlik psixologiyasi yoʻnalishi vujudga kelgan.
Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining
ajralmas qismi boʻlib, shaxsni oʻz-oʻzini rivojlantirish omili,
shaxsiy jonbozlikning
asosi, shaxs ega boʻlgan bilimlarning koʻpqirrali ekanligida emas,
balki yangi
g‘oyalarga intilishda va oʻrnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh
qilish va oʻzgartirishda, hayotiy muammolarni yechish
jarayonida kutilmagan va
noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon boʻladi.
Dostları ilə paylaş: