55
Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o‘qitish bo‘yicha yoki
alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatlar («kirib boruvchi»
texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek, o‘qitishda ma’lum
texnologiyaning
asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo‘llanish
holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda
dolzarb sanaladi.
Kompyuter va internet yordamida keng auditoriya bilan bog‘lanish
va uning
natijasi sifatida o‘zaro muloqotlashuvchi jamoa muhiti yaratiladi.
Kompyuter texnologiyalari asosida o‘qituvchi o‘zining kasbiy mahoratini oshirish
uchun mustaqil faoliyatida quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
1. O‘quv jarayonini bir butun guruh va bir butun fan (o‘quv jarayonining grafigi,
tashqi tashxis, joriy, oraliq va yakuniy nazorat va boshqalar) sifatida tashkil etish.
2. O‘quv jarayonida guruhni faollashtirish va muvofiqlashtirish,
ish joylarini
taqsimlash, ko‘rsatmalar, guruh ichida boshqarish va boshqalar.
3. O‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish,
har bir
o‘quvchi bilan individual muloqot olib borish. Kompyuter yordamida eshitish va
ko‘rish imkoniyatlari, individual o‘qitishning eng samarali shakllariga erishiladi.
4. Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o‘quv va namoyish
qurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv-metodik ko‘rsatma,
qo‘llanmalar va boshqalar) ma’lum o‘quv kursining
mazmuni bilan aniqlangan
bog‘liqlik asosida tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: