Chaqaloqlarda sariqlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash


Endokrin patologiyalari sababli rivojlanadigan sariqlik



Yüklə 341,23 Kb.
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü341,23 Kb.
#164388
1   2   3   4   5
Chaqaloqlarda sariqlik

Endokrin patologiyalari sababli rivojlanadigan sariqlik


Odatda tugʻma gipotireoz bilan tugʻilgan, qalqonsimon bez defitsiti, jigar fermentlarining toʻliq shakllanmaganligi, bilirubin konyugatsiyasi va ekskretsiyasi buzilishi kuzatiladigan bolalarda uchraydi. Gipotireoz holatida 50-70 % bolalarda hayotining 2-3 sutkasida sariqlik paydo boʻladi va 3-5 oygacha saqlanib turadi. Sariqlikdan tashqari bunday bolalarda holsizlik, adinamiya, arterial gipotoniya, bradikardiya, ich qotishi kabi belgilar ham namoyon boʻladi. 
Bundan tashqari qandli diabetdan aziyat chekadigan onalardan tugʻiladigan bolalarda ham sariqlik rivojlanish ehtimoli yuqori boʻladi, buning sababi gipoglikemiya va atsidozdir. Bunda bogʻlanmagan bilirubin miqdori yuqori boʻladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda sariqlik: asfiksiya va tugʻruq travmalari natijasida


Homila gipoksiyasi va yangi tugʻilgan bolalar asfiksiyasi natijasida fermentativ tizim rivojlanishidan ortda qoladi, buning natijasida giperbilirubinemiya va yadroli sariqlik kelib chiqadi. Turli xil tugʻruq travmalari (kefalogematoma, qorinchalarga qon quyilishi) bogʻlanmagan bilirubin miqdori oshishi va sariqlikning kuchli namoyon boʻlishiga sabab boʻladi.
Ariyes sindromi yoki bolalar sariqligi tabiiy oziqlantirishda boʻladigan bolalarning 1-2 % ida kuzatiladi. Bola dunyoga kelishi bilan hayotining 1-haftasida yuzaga chiqishi (erta sariqlik) yoki 7-14 haftada namoyon boʻlishi (kechki sariqlik) mumkin, bu holat 4-6 hafta davomida saqlanib turadi. Ushbu sindrom patofiziologiyasida ona suti tarkibida esterogen gormonlarining boʻlishi, sut bilan oziqlanadigan bolakaylarda esa gormon taʼsiri natijasida bilirubin almashinuvining buzilishi bilan tushuntiriladi.
Tabiiy oziqlantirishdagi bolakaylarda sariqlik rivojlanishida xavf omillariga mekoniyning kech ajralishi, kindikning kech tushishi, tugʻruqni sunʼiy stimullash kabi holatlar kiradi. Bu kabi sariqlik oqibati har qanday vaziyatda ham ijobiydir.

Yüklə 341,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin