Chaqaloqlarda sariqlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash



Yüklə 341,23 Kb.
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü341,23 Kb.
#164388
1   2   3   4   5
Chaqaloqlarda sariqlik

Chaqaloqlarda sarqilik belgilari

  • Chaqaloqlar fiziologik sariqligi


  • Tranzitor sariqlik yangi tugʻilgan chaqaloqlarda vaqtinchalik kuzatiladigan fiziologik holat hisoblanadi. Bola dunyoga kelishi bilan fetal gemoglobin parchalanishni boshlaydi va erkin bilirubin qonda miqdori ortib ketadi.

  • Jigarda fermentlarning toʻliq yetilmaganligi (glyukuroniltrasferaza) va ichaklarda bogʻlangan bilirubinning qayta soʻrilishining kuchli boʻlishi ham sariqlikka sabab boʻladi. Fiziologik sariqlik bola dunyoga kelganidan soʻng 2-3 kun ichida rivojlanadi, maksimal darajaga 4-5 sutkalarda chiqadi. Bogʻlanmagan bilirubin miqdori 77-12 mkmol/l ga teng boʻladi. Nafas va peshob normal rangda boʻladi, jig ava taloq kattalashmagan.

  • Tranzitor sariqlik yengil darajasida teri rangi kindikkacha tushadi. Fiziologik sariqlik vaqtida chaqaloq umumiy ahvoli oʻzgarmaydi, ammo giperbilirubinemiya kuchli namoyon boʻlganda bola uyquchan, holsiz, koʻngil aynish kabi belgilar ham yuzaga chiqadi.

  • Bolalarda fiziologik sariqlik normal holat boʻlib 2-haftalarda oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadi. Chala tugʻilgan chaqaloqlarda esa sariqlik ertaroq yaʼni bola dunyoga kelishi bilan 1-2 sutkalarda namoyon boʻladi, maksimal darajaga 7-sutkada chiqadi va 3-4 haftada oʻtib ketadi.

  • Qondagi bogʻlanmagan bilirubin miqdori 137-171 mkmol/l dan ortadi. Chala tugʻilgan bolalarda jigar fermentlari ham oʻz funksiyasini toʻliq bajara olmaganligi sababli bilirubinli intoksikatsiya va yadroli sariqlik rivojlanish ehtimoli juda yuqori boʻladi.
  • Nasliy sariqlik


  • Nasliy sariqlik eng koʻp tarqalgan konsitutsion giperbilirubinemiya boʻlib (Jilber sindromi), aholi orasida 2-6 % gacha uchraydi, autosom-dominanat tipda irsiylanadi. Jilber sindromi asosida jigar fermenti – gyukuroniltransferaza aktivligi buzilgan boʻladi, buning natijasida gepatositlar bilirubinni bogʻlay olmaydi.

    Nasliy sariqlik yaʼni Krigler-Nayar sindromida glyukuroniltransferaza fermenti aktivligi pasayishi (I tip) yoki ushbu fermentning umuman boʻlmasligi (II tip) kuzatiladi. I tipda sariqlik sindromi bola dunyoga kelishi bilan hayotining ilk kunlarida yuzaga chiqadi va sekin-astalik bilan kuchayib boradi, giperbilirubinemiya qonda 428 mkmol/l gacha hatto undan ham yuqori koʻrsatkichlarda boʻladi. Kasallik natijasida yadroli sariqlik rivojlanishi oqibati esa oʻlim bilan yakunlanishi mumkin. II tip yaxshi sifatli hisoblanadi. Giperbilirubinemiya qonda 257-376 mkmol/l koʻrsatkichlarda boʻladi. Yadroli sariqlik kam holatlarda rivojlanadi.

    Yüklə 341,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin