673
Tezlik,
tez fikrlash, tez his qilish olgan bilimlarimizning amaliyotdagi
ko‘rinishidir. O‘yinchining asosiy turish holati boshi tizzalari bir chiziqda xuddi
stulda o‘tirganidek bo‘lishi lozim (1-rasm).
Ko‘pgina vaziyatlarda oyoqlarning eng yaxshi joylashishi - oyoq barmoqlari
tekis
va oldinga qaragan emas, bir oz tashqariga qaragan holda va qiya holatda
bo‘lgani ma’qul. Oyoqlar orasidagi masofa yelka
kengligida bo‘lishi kerak,
old oyoqning pastki qismi
ikkinchi oyoq bilan bir xil gorizontal chiziq bo‘ylab
joylashgan bo‘lishi lozim. O‘yinchilar bu holatda
istalgan
yo‘nalishda
harakat
qilishlarida
foydalanishlari mumkin (2-rasm).
Parallel pozitsiya
yon
tomondan qarama-
qarshi
tomonga
harakatlanishda
qo‘l
keladi,
shuningdek, eng yaxshisi to‘pni ushlab olish va
to‘xtash uchun qo‘llaniladi.
Driblingdan keyin to‘xtash va himoyachi harakat
qilganda, umuman, yon tomonga harakatlanganda bu
holatdan foydalansa bo‘ladi. O‘yin davomida o‘yinchilar ikkala pozitsiyadan ham
foydalanishadi (3-rasm).
O‘yinchilarning tezligini o‘yinda ta’minlash uchun bo‘g‘inlar
doimo
(to‘piqlari, tizzalari, sonlari, yelkalari, tirsaklari va bilaklari)
egilgan va tayyor
holatda bo‘lishi lozim. Murabbiy Jon Vuden tezlikni oshirish uchun barcha
bo‘g‘imlarning egilishini tavsiya qiladi. Hujumdagi o‘yinchilar o‘yin texnikasini
bo‘g‘inlarni bukish va to‘pni tanaga yaqin ushlab turish
orqali rivojlantirishlari
mumkin.
Himoyachi o‘yinchilar ham bo‘g‘inlarni bukish, qo‘llarni qisqa tutish
(tirsaklarni bukish) orqali o‘z o‘yinlarini (harakatlarini) kuchaytirishi mumkin.
3-rasm.
2-rasm.
674
Har bir oyoqning butun tovoni yerga tegish turishi lozim. Tezlik va
muvozanat uchun zarur bo‘lgan gavda og‘irlik markazini
saqlab qolish uchun
oyoqlarning orqa qismidagi tizza bo‘g‘imidagi burchak 90 dan 120 darajagacha
bo‘lishi kerak. O‘yinchilar yonma-yon, oldinga, orqaga va diagonal yo‘nalishlarda
himoya startlari va siljishlarini bajarishni o‘rganishlari kerak. Boshning
chayqalishi o‘yinchining turg‘un qadam yoki siljishdan foydalanish o‘rniga
pozitsiyadan ko‘tarilayotganini va pozitsiyada turmasligini ko‘rsatadi.
4-rasm. Boshlash va to‘xtash uchun himoya yo‘nalishi
Xulosa qilib aytganda, basketbolchilarni tayyorlashning eng samarali
usullaridan biri qo‘l va oyoqlarning holati va ularning o‘yindagi pozitsiyasini
to‘g‘ri tanlay olishga o‘rgatish, shuningdek, basketbolchining texnik va jismoniy
tayyorgarlikni to‘g‘ri baholab, unga o‘zlashtirilgan texnikasining darajasiga mos
yuklamalarni berish va to‘g‘ri yo‘naltira olish demakdir.
Dostları ilə paylaş: