otolaringologiya, oftal‘mologiya, nefrologiya, rentgenologiya va radiologiya) bog‘liq bo`lib, tashhislash va
davolash usullari umumiy bo`ladi.
Bu tartib bir vaqtning o`zida fizika, kimyo va fundamental tibbiyotning ko`pgina bo`limlari: normal va
topografik anatomiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiologiya, patanatomiya, farmakologiya, jarroxlik
kasalliklari fanlari yutuqlariga asoslangan.
Tish jarroxlik stomatologiyasi tezkor jarroxlik aralashuvlarni: tishlar travmatik (o`tkir yallig‘lanish
kasalliklari, shular oqibatida bo`g‘ilish, qon ketishi, karaxtlik va boshqalar) va rejali operatsiyalarni (tish
surunkali yallig‘lanish kasalliklarni, yuz nuqson va deformatsiyalari tug‘ma etishmovchilik va anomaliyalar va
boshqalar) talab etilishi mumkin. SHifokor stomatolog ish uslubidan qat`iy nazar, xushdan ketganda, karaxtlik,
kollaps, koma, yurak va nafas etishmovchiligida, miokard infarkti, gipertonik kriz, epileptik holat, allergik
reaktsiya, o`tkir shikast, ilon chaqishida, zaxarlanishlarda birinchi yordam ko`rsatishni bilishi zarur.
Oldingi stomatologiyada tish vrachligi dentiartriya yoki odontologiya jarroxlikning birinchi yunalishni
tashkil etgan.
Meditsina tarixida chuqur iz qoldirgan qadimgi asr vrachlaridan Gippokrat, TSel‘s, Galen va boshqalar
xam tish vrachligi bilan shug‘ullanishgan. Masalan, hozirgi vaqtgacha shu davrda vrachlar ishlatgan tish
vrachlik asboblari va omburlari etib kelgan.
YAngilanish davrida anatomiya, xirurgiya
fanlarining rivojlanishiga
qaramay tish vrachligi ilm chegaralaridan tashkarida kolgan. Meditsina mustaqil soxa bo`lib, frantsuz dantisti
P‘er Foshar (1690- 1762)ning ishlaridan keyin shakllana boshlagan. U 1725 yilda o`zining birinchi kapital ishini
nashr etgan. Foshar xizmatchilaridan biri birinchi marotaba ko`p avtorlarni materiallari va amaliyotlarini yig‘ib
sistemaga soldi. Birinchi tish vrachlik maktablari 1838 yilda Amerikada, 1857 yil Angliyada, 1881 yil
Frantsiyada, Germaniya va Rossiyada ochilgan. Tish vrachlik jurnali Amerikaning Filodel‘fiya shahrida 1839
yil nashr etilgan. Tish va og‘iz bo`shlig‘i xirurgiyasi tarakkiyotida chet mamlakat tish shifokorlari maktabi katta
rol o`ynagan. 1808 yil prof. A. Bush ―quyon lab‖ bo`yicha birinchi operatsiyani qilgan. 1820 yilda A. Bushning
o`quvchisi pastki jag‘ rezektsiyasini amalga oshirgan. Stomatologiyada ikkita tibbiy tartib odontologiya va yuz
jag‘ jarroxligi rivojlanish natijasida kelib chiqqan. Odontologlar tish kasalliklari, davolash va protezlash bilan
shug‘ullangan. YUz jag‘ jarroxlari tish kasalliklari natijasida kelib chiqqan asoratlar bilan shug‘ullangan.
Kasallarni davolash tajribasi odontogen kasalliklar davolashga o`rtacha yondoshishni talab etadi. tish vrachini
jarroxlik bo`limiga jarroxlarning bo`lgan e`tibori umumiy jarroxlikda jag‘ operatsiyalarini takomillashtirishga
olib kelgan. Ularning ko`pchiligini asoschisi qilib rus vrachi N.I.Pirogovni xisoblasa bo`ladi. U tomonidan jag‘
o`smalarini davolash asoslari ishlab chiqilgan. YUz plastik jarroxlik rivojlanishida Kiev universitetining prof.
YU.K. SHimanovskiyning ishlari katta rol‘ o`ynagan. U plastik operatsiyalarga ko`rsatmalar sistemasini
printsipini ishlab chiqqan. 1886 yil plastik operatsiyalarni mukammallashtirilgan turlarini taklif qildi va bir
qator jarroxlik aralashuvlarini metodlarini yaratdi. Rus tish vrachi S.S.Tigershtedt (1914) jag‘ sinishida
bo`laklarni tish usti sim shinalari yordamida imobilizatsiya usulini taklif etgan. O`zbeksitonda stomatologiya
mustaqil fan sifatida inqilobdan keyin rivojlana boshladi. Stomatologiya fani rivojlanishi bilan Respublikada
oliy toifali yordam ko`rsatish boshlandi. Turkistonda Turkiston Davlat Universiteti qoshida tibbiyot fakul‘teti
bor edi. Fakul‘tet xirurgiya klinikasi qoshida P.P. Sitkovskiy boshchiligida yuz jag‘ jarroxligi va odontologiyasi
bo`yicha dotsentlik kursi ochildi. 1925 yil gospital jarroxlik klinikasida 10 yotoqlik stomatologiya bo`limi
ochildi. Besh yildan keyin 15 ta bo`ldi. 1940 yilga kelib respublikada beshta stomatologik klinikasi, 198 ta
stomatologik va odontologik kabinet, 47 ta bo`lim, 2 ta klinika, 65 ta koyka bor edi. Ulug‘ vatan urushi davrida
O`zbeksitonda jag‘ jarroxligi tez rivojlandi. Toshkent, Samarkand va Qo`qon shaharlarida gospital qoshida yuz
jag‘ jarroxligi ochildi. SHu davrda Parodoksov M.V, L.M.Obuxova, G.A.Londa, T.A. Ayupovich, L.R.Gubin,
A.F.Klyuevalar ilmiy maslaxat va davolash ishlarini olib borishdi. Ulug‘ vatan urushidan keyin 1950 yil
Samarkand tibbiyot instituti ochildi. Kursga dotsent L.M.Obuxova boshchilik qildi. O`zbeksitonda
stomatologiyani rivojlanishi asosan 1954 yilda Toshkent tibbiyot instituti qoshida stomatologiya fakul‘teti
ochilgandan keyin boshlandi. Buxoro Davlvt Tibbiyot instituti 1991 yilda ochildi.
Dostları ilə paylaş: