280
kamizda 2000-yil “Sog‘1om avlod” yili deb e’lon qilindi. 2000-yilda
amalga oshiriladigan ishlar “Oila”, “Ayol1ar yili”dagi chora-
tadbirlarining mantiqiy davomi bo‘lib, onalar va bolalar salomatligini
mustahkamlash, sog‘lom avlodni shakllantirish yuzasidan ko‘plab
ijobiy natijalarga erishildi:
– yoshlarni turmush qurishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
amaliyoti hayotga joriy qilindi.
– nogironlikning oldini olish maqsadida respublikamizning barcha
hududlarida homilador ayollar va chaqaloqlarni skrining ko‘rigidan
o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
– bolalar organizmida yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan
kasalliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va
amalga oshirilmoqda.
Respublikada yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol qilib
voyaga yetkazish maqsadida turli mazmunlarda ko‘rik- tanlovlar
o‘tkazilib kelinmoqda.
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XI
sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi” sharqona va umuminsoniy
axloq normalari mushtarakligida shakllangan, farovon oilalarning
manfaatlarini ta’minlashda muhim huquqiy poydevor bo‘ladi.
Konstitutsiyaga binoan, “Onalik va bolalik davlat tomonidan
muhofaza qilinadi (65-modda).
Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki
davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va
vazifalardir. Ya’ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga
ta’sir ko‘rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi.
Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib
qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma’lumki
shaxsning qadriyati uning jamiyatdagi tutgan o‘rni bilan belgilanib,
ko‘p jihatdan uning tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ota-ona
o‘z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: