Buxoro davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi Mamatova Mamura



Yüklə 9,51 Kb.
səhifə1/3
tarix21.12.2023
ölçüsü9,51 Kb.
#188223
  1   2   3
Buxoro davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi (2)

Buxoro davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi Mamatova Mamura

Fan nomi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Mavzu: Hayvonot dunyosi va muhofazasi

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish

  • Hayvonot dunyosi - tabiat boyliklarining bir qismi bo`lib, jamiyatda, inson hayotida katta ekologik ahamiyatga ega.
  • Hayvonot dunyosining iqtisodiy ahamiyati nuqtai nazaridan muhim tabiiy resurs, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatbop, texnikaviy va dorivor xom ashyo hamda boshqa moddiy boyliklar olish manbai ekanligi ma'lum. Shunday ekan uni huquqiy ekologik muhofaza qilish juda zarurdir. Bu ishda mamlakatimiz qonunlari, O`zbekiston fuqarolarini hayvonot dunyosiga sohibkorona va insoniy munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalashga, bu bebaho dunyoni muhofaza qilish hamda samarali va oqilona foydalanishga yordam bermog`i lozim.

Mavzuning dolzarbligi

  • Chunki, hayvonlarning O`zbekiston faunasiga xos bo`lgan talaygina turlari yo`qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari (qulon, turon yo`lbarsi, ola-bula sirtlon va boshqalari) esa butunlay yo`qolib ketdi. Shu boisdan ham noyob va yo`qolib borayotgan hayvonlarni huquqiy ekologik asosda muhofaza qilish katta ahamiyatga ega.
  • Hayvonot dunyosi yer yuzining hamma joyida mavjud. Quruqlikda yashovchi hayvonlar butun hayvonlar turining 93 foizini, suv hayvonlari esa 7 foizini tashkil etadi. Umuman olganda, yer yuzida yashovchi hayvonlar turi xatto o`simliklar turiga qaraganda 4 baravar ko`p bo`lib, taxminan 2 milliondan ortiqroqdir.
  • Shuni alohida qayd etish lozimki, butun jonivorlarning 75 foizi hasharotlarga to`g`ri keladi. Hasharotlardan keyin malyuskalar turadi (8,8 foiz), ulardan keyin jamiki umurtqalilar turadi (qushlar, baliqlar, quruqda-suvda yashovchilar, sut emizuvchilar). Umurtqalilar 35600 tur bo`lib, bularning yarmi baliqlardir. Sut emizuvchilar esa umurtqalilarning 0,1 qismini tashkil qiladi.

Statistika

  • Ma'lumotlarga ko`ra, keyingi 100-150 yil mobaynida hayvonlarning ko`plab turlari yo`qotilib yuborildi. Masalan, 1800 yilgacha sut emizuvchilarning 33 turi, qushlarning 30 turi yo`q qilingan bo`lsa, undan keyingi 100 yilda 73 tur sut emizuvchi, 120 tur qushlar batamom yo`qolgan. Keyingi 50 yilda esa hayvonot dunyosining undan ham qo`proq vakillari o`q qilib yuborilgan.
  • O`rta Osiyo regioni o`z hayvonot va o`simlik olamining xilma-xilligi va boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, O`zbekistonda 650 dan ortiq umurtqali hayvonlar, shu jumladan sut emizuvchilar - 99 tur, qushlar - 410 tur, sudralib yuruvchilar - 57 tur, suvda va quruqlikda yashovchilarning - 3 turi uchraydi.

Yüklə 9,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin