Buddaviylik diniy ta limiy tarbiyaviy g'oyalar



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü90,5 Kb.
#46983
1   2   3
BUDDAVIYLIK DINIY TA LIMIY TARBIYAVIY G'OYALAR

Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi:

1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik;

2) yolgʻon soʻzlamaslik;

3) oʻgʻrilik qilmaslik;

4) jinsiy aloqaga kirmaslik;

5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik;

6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik;

7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik;

8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik;

9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik;

10) pul ishlatmaslik.

Rohiblar jamoasi asosan Buddizm txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq:

rohiblarga ham;

dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham;

Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralgandaSangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, Buddizm — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.


Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin