Bosqichlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#99151
  1   2   3   4
ZDIF17053



211 
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
O‘ZBEKISTONDA SAYLOV QONUNCHILIGINING RIVOJLANISH 
BOSQICHLARI 
To‘rayev Furqat Xolmatovich 
Surxondaryo viloyati Yuridik texnikumi II kurs 
"Davlat huquqiy faoliyat" yònalishi 6-20 guruh talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6645082 
Annotatsiya: Maqolada respublikamizda saylov qonunchiligining rivojlanish 
yo’li, tariхiy xususiyatlari, ilg‘or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari 
ustivorligiga erishish usullari, milliy saylov qonunchiligini shakllantirishda 
muhim omillari, saylov qonunchiligini kodifikatsiya qilish yoʻllari, Saylov 
kodeksi qabul qilish bosqichlari aks ettirilgan. 
Kalit so’zlar: Saylov, demokratiya, kodifikatsiya, kodeks, siyosiy partiyalar. 
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini 
rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi хozirgi kunda 
takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo‘lishi 
uchun yetakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari 
olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tatbiq 
etish meхanizmidir. Shuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni 
bilan birga amalga kiritish meхanizmlarini ham mukammal darajada 
takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tariхiy hususiyatlari 
va saylovlarni o‘tkazishda ilgari to‘plangan ijobiy tajribaga suyanib, yo‘l 
qo‘yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik, ilg‘or jahon tajribasi hamda demokratiya 
tamoyillari ustivorligiga erishish g‘oyat ma’suliyatli vazifadir. 
Demokratik davlatda va jamiyatda xalqning xohish-irodasi birlamchi manba 
sifatida e'tirof etiladi va unga og'ishmay amal qilinadi. O'zbekiston 
Konstitutsiyasining 7-moddasida “Xalq davlat hokimiyatining birdan bir 
manbai”, 32-moddasida esa “O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va 
davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish 
huquqiga ega” ekani mustahkamlab qo'yilgan. Mazkur huquqlar aynan 
saylovlarda o'zining amaliy ifodasini topadi. Konstitutsiyada saylov masalalariga 
maxsus bob bag'ishlangani mamlakatimiz milliy saylov qonunchiligini 
shakllantirishda muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qildi. Ushbu konstitutsiyaviy 
qoida 
mustaqil 
O'zbekistonda 
saylov 
qonunchiligini 
muntazam 
takomillashtirishda ham muhim omil bo'lmoqda. Shu nuqtai nazardan, so'nggi 
yillarda saylov qonunchiligi va amaliyotida ro'yobga chiqarilgan o'zgarishlarga 
e'tibor qaratsak, milliy saylov tizimida izchil ravishda amalga oshirilay otgan 
islohotlarning yuksak samaralari namoyon bo'ladi. Keyingi olti yilda 
O'zbekistonda ikki marta parlament va ikki marta prezident saylovi o'tkazildi. 


212 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin