1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]



Yüklə 23,05 Kb.
səhifə1/2
tarix24.10.2023
ölçüsü23,05 Kb.
#160095
  1   2
PF-119 28.07.2023




[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholining uy-joyga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish orqali aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi “2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 251-son qaroriga asosan huquq belgilovchi hujjatlarsiz 71 987 ta uy-joyga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-apreldagi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-5421-son Farmoniga asosan huquq belgilovchi hujjatlarsiz 50 361 ta uy-joyga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilganligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ma’lumotlariga ko‘ra, yuqoridagi qaror va Farmon doirasida huquq e’tirof etilmagan qo‘shimcha 43 432 ta uy-joylar mavjudligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqini, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin. Bunda:
a) yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini e’tirof etish uchun:
fuqaro ushbu uy-joydan 2018-yil 1-maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi besh yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi;
huquqni e’tirof etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasligi;
yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmasligi, unda qurilgan uy-joy yashash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligi;
yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, transport, aloqa va mudofaa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlar toifasiga kirmasligi, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalarida, yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalarida joylashmagan bo‘lishi shartligi;
b) yer uchastkasiga ijara huquqi 1998-yil 30-aprelga qadar egallangan yerlar uchun — 0,24 gektargacha, 1998-yil 1-maydan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan yerlar uchun — 0,06 gektargacha hajmda e’tirof etilishi;
v) uy-joy egalari hamda tuman (shahar) hokimi o‘rtasida yer uchastkasi ijarasi shartnomasini tuzish talab etilmasligi;
g) ushbu band doirasiga tushmaydigan yoki belgilangan hajmdan ortiqcha yer uchastkalari zaxiraga qaytarilishi, ularni berish (realizatsiya qilish) Yer kodeksida belgilangan tartibda amalga oshirilishi inobatga olinsin.
3. Belgilansinki, mazkur Farmonga muvofiq huquqlarni e’tirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar ro‘yxatiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qarori bilan rasmiylashtiriladi. Bunda:
talabgorlar va (yoki) chegaradosh yer uchastkalari egalari o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgan hollarda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari nizo bartaraf etilganidan keyin qabul qilinadi;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan ushbu bandga asosan qarorlar qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning oxirgi muddati — 2024-yil 1-avgust sanasi hisoblanadi;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ushbu bandda nazarda tutilgan qarorlari tegishli adliya organida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin qabul qilinadi va rasmiy e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
4. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga:

Yüklə 23,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin