O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
səhifə 147/171 tarix 07.02.2023 ölçüsü 485,01 Kb. #83315
50730301-BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI
O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
Dastur nomi
G‘isht-tosh terish ishlari texnologiyasi
Ajratilgan soat
120 soat
Mavzular soni
15
Dasturning maqsadi
“Qurilish materiallari”;
“Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi”;
“Geodeziya” va “Bino va inshootlar konstruksiyasi” fanlaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda;
“G‘isht va tosh terish ishlari” bo‘yicha dastlabki kasbiy amaliy ko‘nikamalarni shakllantirish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Bino va inshootlar qurilishida devorlarni qulf-kalit qilib terish qoidalarini, devor, ustun, pardadevor, tutun va ventilyasiya kanallari ;
arka va gumbazlar terishni, g‘isht-tosh teruvchilarning ish o‘rinlarini tashkil etishni;
so‘ri va havozalarda ishlash qoidalarini , g‘isht-tosh terimining sifatini tekshirishni;
g‘isht-tosh terishda texnika xavfsizligi qoidalarini, g‘isht-toshdan terilgan bino qismlarini ta’mirlash ishlarini va gidroizolyatsiyalashni bajara oladi.
Bilimlar
bino va inshootlar devorlarini pishiq g‘ishtdan qulf-kalit qilib terish qoidalari ;
pishiq g‘isht, devor terishda ishlatiladigan tabiiy toshlarning hususiyatlari;
sopol plitka, devor qoplashda ishlatiladigan tabiiy toshlarning hususiyatlari;
g‘isht-tosh teruvchilarning ish o‘rinlarini tashkil etish ;
devordagi tutun va ventilyasiya kanallari, arka va gumbazlar terish;
qish sharoitida g‘isht-tosh terimi;
g‘isht-tosh terish ishlarini bajarish jarayonida texnika xavfsizligi bo‘yicha;
Ko‘nikmalar
devor, ustun, pardadevor terishni ;
devorni sun’iy va tabiiy toshdan tayyorlangan materiallar bilan qoplashni;
g‘isht-tosh terimining sifatini tekshirishni;
g‘isht-toshdan terilgan bino qismlarini ta’mirlash ishlarini ;
g‘isht-toshdan terilgan bino qismlarini gidroizolyatsiyalash ishlarini mustaqil bajara oladi;
Dostları ilə paylaş: