Paxta o'rish mashinalari reja



Yüklə 186,11 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü186,11 Kb.
#185254
  1   2
PAXTA O\'RISH MASHINALARI


PAXTA O'RISH MASHINALARI
Reja:

  1. Paxta terish mashinalari

  2. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashi

Paxta terish mashinalari -ochilgan paxtani terish uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi mashinalari. Ishlash usuliga koʻra, pnevmatik, mexanik, pnevmo-mexanik va elektromexanik turlarga boʻlinadi. Pnevmatik Paxta terish mashinalarim.da paxta havo oqimi yordamida teriladi. Ular vakuumli, ejektor-shlangli, soʻruvchi va haydovchi-soʻruvchi mashinalarga boʻlinadi. Bu mashinalarning ish organlari turli soplo (soʻrgich) va uchliklardan iborat boʻladi. Mexanik Paxta terish mashinalarim. da paxta mexanik qurilma yordamida teriladi. Bular ish organlarining turiga qarab, shpindelli, ignalar oʻrnatilgan lentali (kardali), ilmokli, diskli boʻladi. Mexanik (asosan, shpindelli) Paxta terish mashinalarim. gʻoʻza tuplariga terim jarayonida butun hajm boʻylab yoki tuplarni shaklgблa keltirib yon tomonlaridan qisgan holda tekis ishlov beruvchi turlariga ajraladi. Amalda shpindelli Paxta terish mashinalarim. keng tarqalgan. Ular gorizontal va vertikal shpindelli xillarga boʻlinadi. Gorizontal va vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarim.ning asosiy qismi — paxta terish apparati.


U shpindellar barabanlari, ajratkichlar, shpindellar barabanlarini aylantirish mexanizmi, reduktorlar, tup koʻtargichlar, kabul kameralaridan iborat. Hozirgi zamon Paxta terish mashinalarim.da terim apparatlari dala relyefini takrorlovchi moslamalar bilan jihozlangan. Gorizontal shpindelli Paxta terish mashinalari m.da shpindellar gʻoʻza tuplari orasiga yon tomondan gorizontal holatda kiradi va oʻqi atrofida aylanib, ochilgan paxtani oʻziga oʻrab chiqadi hamda baraban bilan birga aylanib, ajratkich tomonga harakat qiladi. Disksimon botiqqavariq shaklli ajratkichlar aylanma hara-kat qilib, shpindel yuzasidan paxtani sidirib, qabul kamerasida yoʻnal-tiradi, u yerdan esa yigʻilgan paxta ejeksiya (soʻrish) hisobiga havo yordamida bunkerga yuboriladi.
Vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarim.da shpindellar bara-banga yoki zanjirga oʻrnatiladi. Gʻoʻza tuplari 2 baraban orasidan qisilib oʻtadi. Barabandagi shpindellar oʻz oʻqi atrofida va baraban bilan birga aylanib, paxtani oʻrab oladi. Shpindelga oʻralgan paxtani ajratib olish va uni kabul kamerasiga tashlash vazifasini ajratkich oʻtaydi. Shpindelning teskariga aylanishi va qilli choʻtkalardan tuzilgan aylanib turuvchi ajratkich bilan tozalanishi natijasida ajratkichdan kelgan paxta kabul kamerasiga uza-tiladi va qabul kamerasida yigʻiladi. U yerdan ventilyator paxtani soʻrib, bunkerga uzatadi. Bunker paxtaga toʻlgach, mexanizator uni traktor tir-kamalargatoʻkadi. Pnevmomexanik Paxta terish mashinalarim.da paxta havo va mexanik moslama yordamida teriladi. Elektromexanik mashinalarda paxta elektr maydoni yordamida teriladi.
Paxta terish mashinalarim. dastlab 1850-yil AQSH da yaratildi. Oʻzbekistonda birinchi pnevmatik Paxta terish mashinalarim. 1929-yil ixtiro etilgan. Lekin u amalda uncha ish bermadi. 1933-yil STZ traktoriga oʻrnatiladigan ejektorshlangli mashina ixtiro qilindi. Bu mashinada 15 ta havo soʻruvchi shlang boʻlib, har qaysi shlangni bir terimchi ushlab, ochilgan paxtani unga roʻpara qilardi. Paxta havo yordamida soʻrilib, maxsus idishga toʻplanardi. Uning ish unumdorligi juda past edi. Shuning uchun bu mashina amalda qoʻllanmadi. Oʻsha yili birinchi gorizontal shpindelli mashina yaratildi.
U 2 barabanli (1 katorli), kertik shpindelli boʻlib, traktorga tirkab ishlatilgan. Uning ham ish unumdorligi past boʻlgan. 1935-yil "Universal-1" traktoriga oʻrnatiladigan1 barabanli, gorizontal shpindelli mashina yaratildi. Bu mashina paxtaning 40% ini terib, 15% ini toʻkar, ish unumdorligi past edi. 1936-yil 2 qatorli, gorizontal shpindelli mashina ishlab chikarildi. Uning ish apparati 4 ta barabandan iborat boʻlib, har bir ba-rabanga 352 ta konus shpindel oʻrna-tilgan; mashina paxtani gʻoʻza tupining Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida 1937-yil birinchi pnevmatik mashina ishlab chiqarilgan. Mashinada bir necha soʻrish tuynuklari boʻlib, paxtani havo yordamida soʻrib terardi. 1938-yil ixtirochi L. M. Rozenblyum vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarim. ixtiro etdi. Uning ish apparati oʻziyurar shassiga oʻrnatilib, har biri 32 shpindelli ikkita baraban va toʻrtta choʻtkali ajratkichdan iborat edi. Mashina paxtaning 54—65% ini terib, 8—15% ini toʻkardi. Mashina birmuncha takomillashtirilgach, terilgan paxta 80, 8%, toʻkilgani 16,5% boʻldi. Asosiy nuqsoni terilgan paxtaning shpin-deldan qiyin ajralishi hamda choʻtkali barabanga oʻralib qolishi edi.
1941-yilda XVSH-4B markali 4 barabanli Paxta terish mashinalarim. yaratildi. Mashina bir yurishda har tup gʻoʻzadagi paxtani 2-marta terardi; bunda terilgan paxta 75%, toʻkilgani 8% edi. 1945-yilda XVSHU markali oʻziyurar mashina yaratildi. Bu mashina 2 barabanli apparat va oʻziyurar shassidan iborat boʻlib, uning shpindellari fakat bir tomonga aylanardi. 1946 i. da diametri 16 mm li 42 shpindelli, Paxta terish mashinalarim. xoʻjalik sinovidan oʻtkazildi. 1947-yil konstruktor M. N. Markov boshchiligida SXM-47 va 1948-yil SXM-48 rusumli Paxta terish mashinalarim. ishlab chiqarildi. SXM48 rusumli Paxta terish mashinalarim., asosan, ish apparati, rama, 2 ventilyator, harakat uzatish mexanizmi, apparatni koʻtarish-tushirish mexanizmi, tup koʻtargich, obtekatel, bunker va traktordan iborat edi. Mashinaning barcha mexanizmlari traktorning quvvat olish validan harakatla-nardi. 1958—68 yillarda 2 qatorli XT-1,2 rusumli, 1966-yildan 2 qatorli 17XV-1,8 rusumli keng (90 sm) qatorli, 1968-yildan T-28X-4 traktoriga oʻrnatiladigan 4 qatorli 14XV-2,4 A ("Uzbekistan") rusumli va 1972-yildan MTZ-50X traktoriga oʻrnatiladigan 4 qatorli XN-3,6 markali, 1974-yildan 6 qatorli XV-5,4 rusumli Paxta terish mashinalari m. ishlab chiqarila boshladi.
Bu mashinalar, asosan, terish appa-rati, harakat uzatuvchi reduktor, ventilyator, suv nasosi, bunker, havo trubalari, boshkarish tizimi va ramadan, terish apparata esa rama, shpindelli ba-rabanlar, ajratkich barabanlar, shpindellarni aylantiruvchi uzatma, qabul kamerasi, ish tirqishini sozlovchi mexanizm, tup koʻtargich, reduktor, qoʻshuvchi mufta, saklovchi moslamalardan iborat edi. 1976-yildan boshlab ishlab chiqarilgan barcha turdagi Paxta terish mashinalarim. ish unumdorligini 18—20% ga oshiruvchi, yangi vintli garkibiy shpindellar (kvadrat kesimli mustahkam oʻzakka biriktirilgan vintli prujinasimon ilashtaruvchi elementdan tuzilgan) bilan jihozlana boshladi. "Oʻzbekiston" rusumli 4 katorli mashina T-28X-4 rusumli traktorga urnatilgan. Bu mashinaning 2 varianta: 12 shpindelli va 15 shpindelli barabanlar urnatilgan terish apparatli xillari ishlab chikarildi. Mashinada 4 ta terish apparata ikki yon tomonga 2 tadan oʻrna-tilgan. Uni 60 sm va 90 sm kagor oralarida yurishga rostlash mumkin. Har bir qatorning paxtasi ikki qayta terilardi. Mashina, asosan, rama, terish apparatlari, harakatni taqsimlash reduktori, bunker, ventilyatorlar va boshkarish ti-zimidan iborat edi. Shuningdek, shpindellarni yuvish va bakka suv kuyish, mashinani moylash tizimi bilan uskunalangan. Barcha markadagi Paxta terish mashinalarim. bir-biridan terish apparatlari va barabanlari, asosan, ayrim qismlarining tuzilishi, shpindellarining soni bilan farqdanadi.
Paxta terish mashinalarim., asosan, AQSH va Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi. AQShda gorizontal shpindelli, Oʻzbekistonda vertikal shpindelli mashinalar ishlab chiqarilardi. 20-asr 70—80-yillarida ingich-ka tolali, urugʻlik paxtalar uchun XVN, XVA, XVB turkumdagi Paxta terish mashinalarim. hamda 1977-yildan esa pnevmopodborshik va tozalagich bilan jihozlangan MTZ-80 traktori asosida XNP-1,8 mashinalari ishlab chiqildi. 1992—94 yil esa gʻoʻza tupiga koʻp marta ishlov beruvchi yangi turdagi terim apparatlari bilan jixrzlangan XS-25 rusumli Paxta terish mashinalarim. xoʻjaliklarda ishlatila boshladi. 20-asr 90-yillari oʻrtalarigacha Oʻzbekistonda, asosan, vertikal shpindelli mashinalardan foydalanilgan. Keyingi yillarda Oʻzbekiston paxta maydonlarida Amerikada ishlab chiqarilgan gorizon-tal shpindelli Paxta terish mashinalarim. ham paydo boʻldi. "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasi (Toshkent) krshida 1997-yildan boshlab "OʻzKeysmash" qoʻshma korxonasi tashkil etilib, paxtakorlarga "Case20022 Cotton Express" rusumli 2 qatorli Paxta terish mashinalarim.ni yetkazib bera boshladi. BMKB — Agromash ak-siyadorlik jamiyati bilan birgalikda "Toshqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati XMG-04, XMG-12 rusumli 2 qatorli, gorizontal shpindelli Paxta terish mashinalarim.ni ishlab chikaradi. Ular 90 va 60 sm li paykallarda paxtaning oʻrtacha va ingichka tolali navlarini terishga moʻljallangan. "2022 Kotton Ekspress" rusumli mashina esa 2 katorli, gorizontal shpindelli, oʻziyurar mashina boʻlib, 90 va 100 sm li paykallarda paxtaning oʻrtacha navlarini terishga moʻljallangan.
Oʻzbekistonda Paxta terish mashinalarim.ni yaratish va ularni takomillashtirishga doyr na-zariy va amaliy ishlar, asosan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida olib boriladi. Paxta terish mashinalarim. yaratish va ularni takomillashtirish ishlari Oʻzbekistonda H. H. Usmonxoʻjayev, O. V. Lebedev, A. D. Glushchenko, M. V. Sablikov, D. M. Shpolyanskiy, O. A. Karimov, A. S. Sadriddinov, R. D. Matchonov, M. T. Toshboltayev va boshqa olimlar, G. I. Volkov, L. M. Rozenblyum, M. N. Markov va boshqa konstruktorlar nomlari bilan bogʻliq.
Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi ham vertikal shpindelli paxta terish mashinasiga uxshab, shpindelli barabanlar, ajratkichlar, terilgan paxtani uzatish moslamasi, bunker kabi qismlardan iborat. Bu mashina vertikal shpindelli mashinadan shpindelli barabani, ajratkichi va shpindellarni yuvib tozalash moslamasining tuzilishi bilan tubdan fark kiladi.
Mashina apparatining texnologik ish jarayonida (268- rasm) erkin turgan guzapoya shoxlari yunaltirgich 1 yordamida 70...100 mm qalinlikkacha kuchli sikilib, terish kamerasi 2 ga majburan tortib kiritiladi.
Kasseta 3 shpindellari 4 yulakcha 6 ta`sirida ishchi kameraga deyarli perpendikulyar yunalishda A joyida kiritiladi va guzapoyaning bir joyida aylanib turadi, chunki mashinaning siljish tezligi VM va kassetaning baraban bilan birgalikda oladigan chizikli tezligi V o’zaro teng. Shu sababli uz uki atrofida aylanayotgan shpindel, guza oraligiga kirayotganida, uchratgan paxtani tishlari bilan

ilintirib, uz ustiga xalka ko’rinishida urab oladi. Paxtani urab olgan shpindellarni guza shoxlari orasidan tik yunalishda (V joyida) sugurib olgan kasseta VS oraligida ilgari tomon keskin burilib, shpindellarning aylanishini tezlatadi. Markazdan kochma kuchlar ortishi sababli paxtaga ilingan xaschuplar darcha 5 dan tashqariga chiqarib yuboriladi, demak, paxta qisman tozalanadi. Kassetaning keskin burilishi xisobiga shpindelning uchi ajratkich likopchalari 7 ni tezroq uchratadi. Shpindel ajratkichga tekkan vaqtdan boshlab, baraban bilan birga aylanayotgan kasseta teskari tomonga, ya`ni orqasiga burilishi xisobiga, shpindelning ajratkichga tegib turish vaqtini uzokrok saklab (kassetaning SD yulida) koladi.
Kasseta uzining SD yulida orqaga burilib, birinchidan, shpindelni ajratkich likopchalariga uzokrok tegib turishi, ikkinchidan, shpindelning aylanish tezligi sezilarli kamayishi xisobiga zich uralgan paxta xalkasi inertsiya kuchi ta`sirida qisman yechilib ulguradi, shu sababli uni shpindeldan ajratib olish yengillashadi. Shpindel kichik va konussimon sirtga ega bo’lgani uchun ajratkich paxta xalkalarining bir qismini shpindeldan to’liq yechmay, tuguncha ko’rinishida sidirib tushiradi. Ajratilib olingan paxta qabul kamerasi 8 ga tushib, u yerdan havo okimi yordamida bunkerga uzatiladi. Ajratkichdan sung, shpindel namlagich yostikchasi 9 ga kelib uriladi va uning namlangan yumshok va serkirra sirti bo’ylab yumalab utadi.
Yostikchaning uzunligi shpindel sirtini to’liq tozalashga yetarli kilib o’rnatilgan. Yostikcha ta`sirida shpindel sirtiga yopishib kolgan o’simlik shirasi, chang-tuzon va boshqa chirkka aylanadigan moddalar yuvilib tushiriladi. Tozalangan shpindel navbatdagi ish tsiklini bajarish uchun yana terish kamerasiga kirib ketadi.
Gorizontal shpindelli apparatning tuzilishi
Shpindelli baraban 10 ning sirti bo’ylab 10...12 tadan kassetalar teng joylashtirilgan (269- rasm) bo’lib, har bir kassetaga uzunligi 70 ... 120 mm gacha bo’lgan 12...16 dona konussimon, shpindel 12 o’rnatilgan. Shpindelning bir tomoni kassetaga kotiriladi, ikkinchi tomoni konsol tarzida bo’ladi. Shpindel sirtida esa balandligi 0,5 mm gacha bo’lgan bir necha kator tishlar kertiladi.
Kasseta 1 pastki 13 va yuqorigi 2 tayanch podshipniklari atrofida aylana oladigan kilib o’rnatiladi (267- rasm). Shpindelni baraban radiusiga nisbatan kerakli holatda ushlab turish uchun har bir kassetaning ustiga krivoship 3 kiydirilgan, uning galtagi 4 yunaltiruvchi yulakcha 5 ichida joylashtirilgan bo’ladi. Dvigateldan kelayotgan harakat Z1 shesternyasi orqali baraban vali 6 ni aylantiradi. Baraban bilan birgalikda kasseta ham uning vali 6 atrofida aylanib turadi. Kuzgalmas yunaltiruvchi yulakcha 5 murakkab shaklga ega bo’lib, tuxumsimon ko’rinishga ega bo’ladi. Shu sababli uning ichida siljib harakatlanayotgan galtak aylanayotgan barabanning sirtiga gox yakinlashib, gox uzoklashib, krivoship orqali kassetani vaqt-vaqti bilan uz uki atrofida ung yoki chapga buradi. Yunaltiruvchi yulakchaning shaklini tanlashda guzapoyaga shpindelni deyarli tik hol da kiritib, bir joyda aylantirib turish kuzda tutiladi. Agar bu shart bajarilmasa, kassetadagi shpindel kuzgalmas guzapoyaga nisbatan oldiga yoki orqaga siljiydigan bo’lib, guza shoxlarini sindirib ketadi. Shunday kilib, terish zonasidagi 4 – 5 kassetaning shpindellari bir-biriga deyarli parallel holatda bo’ladi.

Barabanning aylanma harakati Z1 shesternyadan Z2, Z3, Z4, Z5 va Z6 shesternyalari orqali kasseta ichidagi Z7 va Z8 konussimon shesternyalarga uzatiladi.
Shpindel uz navbatida Z1 dan kelayotgan harakatni Z7 va Z8 konussimon shesternyalari orqali olib, bir yunalishda uzluksiz aylanib turadi. Ammo kasseta yulakcha ta`sirida uz uki atrofida ung tomonga burilsa, Z8 shesternyasi o’zgarmas tezlikda aylanayotgan Z7 tishlari bo’ylab shpindel aylanayotgan tomonga yumalanib utadi. Natijada shpindelning aylanishi tezlashadi, agar kasseta chap tomonga burilsa, shpindel tezligi kamayadi. Z7 o’zgarmas tezlikda aylansa ham kassetaning tebranishi xisobiga shpindel o’zgaruvchan tezlik bilan aylanadi. Shpindel aylanish tezligining o’rtacha kiymati 2100...2400 ayl/min atrofidadir.



Terish zonasidan paxtani urab chiqayotgan shpindelning aylanish tezligi yulakcha ta`sirida kassetaning burilishi xisobiga ortadi va uning tishlari paxtaga yaxshirok botib, uni kamrok tukadi. Shpindelga uralgan paxtani ajratkich 10 yordamida yechib olishni yengillashtirish uchun birinchidan, ajratish zonasida shpindel tezligi bir oz kamaytiriladi, ikkinchidan, yulakcha yordamida kassetaning qisman burilishi xisobiga shpindel ajratkich likopchalariga uzokrok tegib turadi. Ajratkich valiga rezinadan yasalgan burtikli likopchalar 10 kiydirilgan bo’lib, ular kassetadagi shpindellar soniga teng bo’ladi.
Tik o’rnatilgan val 11 atrofida aylanayotgan likopchalar shpindel ishchi uzunligini to’liq tozalashi uchun kassetaga shpindel shunday joylashtiriladiki, uning konussimon sirtining ustki yasovchisi gorizontal holatda bo’ladi. Shpindelning simmetriya uki kasseta ukiga perpendikulyar bo’lmaydi (270- rasm). Shpindellarning kassetaga bunday joylashtirilishi maxsus yumshok rezinadan yasalgan namlagich yostikchasining ustiga ularning to’liq tegib turishiga imkon beradi va shpindel sirti yaxshi yuvilib, tozalanib, chirklanmaydi. Namlagich yostikchalariga naychalar orqali maxsus suyuklik uzluksiz kelib, doimo ularning nam holatini ta`minlab turadi. Bu suyuklik shpindelning uta sillik va xromlangan sirtida tomchilar ko’rinishida emas, balki yupka parda ko’rinishda koplab turish xususiyatiga ega. Shu sababli shpindel sirtini doimo to’liq tozalash imkoniyati tugiladi. Shpindel sirtining ochilgan chanokka tegish extimolini oshirish maksadida guzapoyani barabanga sikib turuvchi yaxlit tusik 12, paxtani uziga urab chiqayotgan shpindeldan guzapoya shoxlarini ajratib kolish maksadida esa panjarasimon tusik 11 o’rnatilgan. Shu ikkala tusik oraligi terish kamerasi deyiladi (268- rasm).
Gorizontal shpindelli paxta terish apparatini
ishga tayyorlash
Gorizontal shpindelli apparat nixoyatda murakkab tuzilganligi uchun ish ko’rsatkichlarining sifati, uning qismlari kanchalik to’g’ri sozlanganligi bilan bog’liqdir.
Ayniksa, paxtaning to’liqrok terilishi, terish kamerasi kengligining guzapoya shoxlarini qalinligiga mos kuyilishiga sezilarli darajada bog’liq. Buning uchun yaxlit tusikni panjarasimon tusikka (barabanga) yakinlashtirib yoki uzoklashtirib, terish kamerasining kengligi sozlanadi. Bunda shpindel uchidan yaxlit tusikkacha 2...5 mm bo’lishi kerak. Barabandagi kassetalar bir xil balandlikda o’rnatilishi lozim. Barcha kassetalarning bir xil yarusdagi (katordagi) shpindellar ustki yasovchilarining balandliklari bir-biridan 0,2 mm dan ko’p fark kilmasligi lozim. Buning uchun kassetalar tagidagi yupka kistirmalar soni o’zgartiriladi. Bu sozlanish uta muxim xisoblanib, shpindellarga nisbatan ajratkich likopchalari va namlagich yostikchalarining bevosita ta`sirini o’zgartiradi.
Bir yarusdagi shpindellar ajratkich likopchasi tagidan 0,1...1,0 mm oralik utishi lozim, chunki tirkish katta bo’lsa, shpindelga paxta uralib koladi. Namlagich yostikchalarining yumshok kirralari bo’lgan pastki yuzasiga shpindel sirti 0,5...0,8 mm botib utishi kerak, aks hol da shpindel yetarli darajada tozalanmasdan tez chirklanib, paxta yerga ko’p tuqilishi mumkin.

Yüklə 186,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin