Boshlang‘ICh sinf ona tiliva o‘qish darslarida turli qiziqarli o‘yinlardan foydalanish



Yüklə 54,3 Kb.
səhifə6/7
tarix19.05.2023
ölçüsü54,3 Kb.
#117215
1   2   3   4   5   6   7
BOShLANG‘ICh SINF ONA TILIVA O‘QISh DARSLARIDA TURLI QIZIQARLI O‘YINLARDAN FOYDALANISh

Qarama-qarshi so‘zlar. ”
Bu o‘yin mantiqiy tafakkuming hamda nutqnining rivojlanishiga yordam beradi. O‘yinni individual tarzda ham, guruh bilan ham o‘tkazish mumkin. O‘yin sharti quydagicha: o‘qituvchi bola yoki o‘quvchiga bir so‘zni aytadi, o‘quvchi shu so‘zning ma’nosiga qarama - qarshi bo‘lgan so‘zni topib aytishi kerak. Masalan: katta - kichik, issiq – sovuq, achiq – shirin, qorong‘u - yoruq, keng-tor, uzoq-yaqin va hokazo. Odatda bolalar o‘yin boshida biroz qiynalshadilar, aytilgan so‘zga javoban antoni so‘zni emas, sinonim so‘z bilan javob beradi, masalan: katta – baland, uzun - uzoq kabi. Ammo o‘yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so‘ng o‘quvchilar yaxshi o‘ynaydilar. O‘yin bir necha marta o‘tkazilganidan so‘ng o‘quvchilar abstrakt tushunchalami ham osonlik bilan tushunadilar va javob beradi, shunda o‘quvchilarning nutqi ham rivjlana boradi. Masalan: chaqqon - yalqov, ishchan - dangasa kabi so‘zlarga ham tez javob topa oladi.“To’gtins’hisi ortiqcha”
Bu o‘yin rasmlarsiz o‘ynaladi. O‘quvchiga yoki bolaga bir guruhga kiruvchi uchta predmet va boshqa guruhga mansub bitta predmet nomi aytiladi. Masalan: atirgul, boychechak, binafsha, qo'‘iqorin. O‘quvchi ular orasidan ortiqchasini aytganidan so‘ng undan fikrini asoslab berishi so‘ralishi kerak. Bu o‘yinlar o‘quvchilarning tafakkuri rivojlanishiga yordam berishi bilan birga nutqning o‘sishiga ham yordam beradi.
O‘yin individual tarzda o‘tkazilsa ham yaxshi samara beradi, guruhda musobaqa ko‘rinishida o‘tkazilsa o‘quvchilarni qiziqishi yanada ortadi.




O‘zaro bog‘liqlik”
O‘quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Ular kartochkalar bilan tanishib chiqqach, o‘quvchi rasmdagi predmet haqida gapirib beradi.
Masalan: “Bu olma. Olma bog‘da o‘sadi va mevalarga kiradi. Uni o‘quvchilar juda yaxshi ko‘rishadi”. Keyin ikkinchi bola ham o‘zidagi predmet haqida gapiradi va o‘zidagi predmet bilan birinchi o‘quvchidagi predmetni o‘zaro bog‘liqligini aytishi kerak.
Masalan: “Bu quyosh. Quyosh chiqsa havo isiydi. Uni o‘quvchilar yaxshi ko‘rishadi. Quyosh istib tursa olma va boshqa mevalar pishadi”. Keyin uchinchi o‘quvchi o‘zidagi predmet haqida gapiradi va ikkinchi boladagi predmet bilan o‘zidagi predmet orasidagi bog‘liqlikni topishi kerak. O‘yin shu tartibda davom etadi.

Yüklə 54,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin