Tayyorladi: Safarova Hilola



Yüklə 1,58 Mb.
tarix29.11.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#71103
Презентация1


Mavzu: Dorivor oʻsimliklarning oʻrganish tarixi.Fitoterapiya,binafsha,zubturum,xalq tibbiyoti.
Tayyorladi: Safarova Hilola
Dorivor oʻsimliklar — odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun,
shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar — giyohlar. Yer
yuzida dorivor oʻsimliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining
kimyoviy, farmakologik va is xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700
dan ortiq turi mavjud.
Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40—47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik
moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega.
Odamlar qadim zamonlardan tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan buyen dorivor
oʻtlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston,
Xitoy, Qadimgi Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar haqida maʼlumotlar beruvchi asarlar
yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta Osiyo xalq tabobatida dorivor oʻsimliklardan foydalanib
davolash oʻzining qad. anʼanalariga ega.
Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning „Al-qonun“ asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Hoz. vaqtda dorivor oʻsimliklarning turi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh oʻsimliklar bilan boyigan. Dorivor oʻsimliklardan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya,
shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt va boshqalari tarqalgan.
Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan
garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin va b. alkaloidlar
olinadi. Anor pustidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri
preparatlari balgʻam koʻchiruvchi va yumshatuvchi, jagʻ-jagʻ va lagoxilusdan tayyorlangan dorilari
qon ketishini toʻxtatuvchi, pista bujgʻuni va choyoʻtdan tayyorlangan dorilar meʼdaichak
Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urʻugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan
doridarmon tarzida foydalaniladi.
Dorivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga
qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar, 2) farmakologik koʻrsatkichlariga
qarab — tinchlantiruvchi, ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, markaziy nerv sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor
oʻsimliklarning taʼsir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka taʼsir
etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar) flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq
moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar,
polisaharidlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa birikmalar boʻlishi mumkin.
Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga
bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik
quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi
vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi
oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi.
Zubturum (Plantago lanselatum)
Zubturum (Plantago) — zubturumdoshlar oilasiga mansub 1—2 va koʻp yillik oʻtlar turkumi. 260 tacha turi maʼlum. Oʻzbekistonda 6 turi uchraydi. 4 turidan dorivor oʻsimlik sifatida foydalaniladi.
Barglari ildiz boʻgʻzida toʻp boʻlib joylashgan, bandli, keng tuxumsimon yoki keng ellipssimon, nashtarsimon va tasmasimon. Gullari poya va shoxlari uchida oddiy boshoq hosil qiladi. Me-vasi ikki yoki koʻp urugʻli. Bargi va urugʻi tarkibida S va K vitamin, karotin, shilimshiq oshlovchi va b. mod-dalar bor. Bargidan tayyorlangan damlama meʼda-ichak kasalliklarini, yaralarni davolashda, urugʻining shilimshiq eritmasi esa kuchsiz surgi sifatida ishlatiladi.
Binafsha (Viola)
Binafsha (Viola), gunafsha — gunafshadoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, ekiladigan gul. B. Shim. yarim sharning oʻrta mintaqalarida tarqalgan. 500 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 14tayovvoyi, 3 madaniy turi oʻstiriladi. Erta bahorda ochiladi.
Poyasi yer bagʻirlab oʻsadi. Gullari yirik, toʻq safsar, oq, sariq, havorang, xushboʻy hidli. B. yer tanlamaydi, salqin joylarda, shuningdek qishda berk joylarda ham oʻsadi. Asosan, urugʻidan, ayrim turlari ildiz poyasini boʻlib ekish bilan koʻpaytiriladi. Xushboʻy B. (V. odarata)ning guli (0,04%) va bargi (0,05%)dan efir moyi olinadi. B.ning bu turi Qrimda koʻp ekiladi.
Fitoterapiya yoki o'simliklardan davolash (yunoncha fiton = o'simlik) - bu shifobaxsh usul bo'lib, unda o'simlik dori vositalari qo'llaniladi. Fitoterapiya barcha davolash usullaridan eng qadimiyidir. Bu barcha xalqlar va hatto hayvonlar tomonidan qo'llaniladi. Masalan, shimpanzalar diareya bo'lganida ba'zi o'simliklarni chaynashlari kuzatilgan, aks holda ular yemaydilar.
O'simliklarni davolash barcha an'anaviy tibbiyot tizimlarining muhim qismidir, masalan Ayurveda yoki an'anaviy xitoy tibbiyoti. So'nggi bir necha yil ichida fitoterapiya ilmiy asoslangan tibbiyotga aylandi, uni shifokorlar va shuningdek, naturopatlar ham qo'llaydilar.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin