Boshlang’ich sinf darsini yangi pedagogik texnologiyalar va ularni o’quvchilarda qo‘llash usullari



Yüklə 33,25 Kb.
səhifə1/6
tarix28.09.2023
ölçüsü33,25 Kb.
#150127
  1   2   3   4   5   6
Boshlang’ich sinf darsini yangi pedagogik texnologiyalar va ular-fayllar.org


Boshlang’ich sinf darsini yangi pedagogik texnologiyalar va ularni o’quvchilarda qo‘llash usullari

Boshlang’ich sinf darsini yangi pedagogik texnologiyalar va ularni o’quvchilarda qo‘llash usullari

Reja:



1. Yangi pedagogik texnologiya (YPT) nima?
2. Yangi pedagogik texnologiyaning afzalliklari.
3. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha.


Mashg‘ulotning maqsadi – kurs ishtirokchilariga yangi pedagogik texnologiyalar haqida kengroq ma’lumot berish, bu sohada ular oldida turgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berish.
Yangi pedagogik texnologiya nima? YPT - yangicha ta’lim berish ekanligi. Unda o‘quvchilarning mustaqil bilim olishga o‘rgatilishi.
YPT ning afzalliklari. O‘quvchilarning erkin holda ishlashga, fikrlashga, xulosa chiqarishga o‘rganishlari. Ularda jamoa bo‘lib faoliyat ko‘rsatish, bahs, munozara yuritish, o‘z fikriga ega bo‘lish kabi xislatlarning tezroq rivojlantirilishi.
YPT ga "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "da belgilanishicha, bu dasturning III bosqichi, ya’ni 2005-yildan boshlab o‘tila borilishi. I bosqichda YPT ni o‘rganish, tushunish. II bosqichda tayyorgarlik ko‘rish, kerakli o‘quv jihozlarini ishlab chiqish, tayyorlash, nashr etish.
Birinchi o‘rinda, ta’lim muassasalarini, sinfxonalarini milliy dastur talablari asosida jihozlash (Davlat ramzlari, buyuk siymolar, yangi alifbo, “Sog‘lom avlod”, matematika, ona tili fanlaridan, tabiat fasllari, mehnat, ertaklar olamida, “Bolalar yozuvchilari” kabi ko‘rgazmali taxtalar bo‘lishi).
Sinf kutubxonalari tashkil etish. Uni qiziqarli, rangli rasmli badiiy kitobchalar bilan boyitish. Kim ko‘p she’r, ertak, topishmoq biladi? kabi tadbirlar uyushtirish. Bolalarning sevimli yozuvchi va shoirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish.
YPTga o‘tilgandan so‘ng ta’lim jarayonida har bir mavzu yoki bo‘lim yuzasidan tuzilgan paketlar, topshiriqlar to‘plamlari bilan darslar o‘tkazilishi. Ularning tuzilishi, mazmuni, maqsadi. Ulardan foydalanish tartib va usullari.
Dars o‘tish tartibi. O‘quv yilining boshida (10-20 kun) paketlar bilan yil davomida qanday ishlash, unda berilgan topshiriqlarni paketdan olingan qo‘llanmalar va sinf kutubxonasidan foydalanib, bajarish. Shundan so‘ng yozma ravishda yoki kompyuterda topshirish, reyting tizimi asosida baholashlar qanday amalga oshirilishining tushuntirilishi.
Xalq ta’limini isloh qilish borasidagi davlat hujjatlari asosida yaratilgan Davlat ta’lim standartlari (1999) va boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasida (1998) ona tili sohasiga birinchi darajali e’tibor qaratilgan. Bu hujjatlar talablaridan kelib chiqib tuzilgan boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturi (1999) ning ona tili bo‘limidagi “nutq o‘stirish” va “sinfdan tashqari o‘qish” yo‘nalishlariga asosiy diqqat qaratilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’limdagi barcha yangiliklarni amalga oshirishda, jahon andozalariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish orqali erishish belgilab berilgan. Ana shu talablarni hisobga olib, quyida boshlang‘ich ta’limda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida yangi pedagogik texnologiyadan foydalanib, o‘quvchilarni mustaqil, erkin ta’lim-tarbiya olishga o‘rgatish hamda ularning “shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish” borasida fikr yuritishga qaror qildik.
Bu qarorga kelishda, yuqorida sanab o‘tilgan mulohazalardan tashqari, sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlariga mo‘ljallab nashr etilgan qo‘llanmalar (“Kitobim-oftobim” 1-, 2-, 3-sinflar; “Sirli xazina” 2-, 4-sinflar), boshlang‘ich ta’limning barcha darsliklariga kiritilgan matnlar va boshlang‘ich sinf, ya’ni kichik maktab yoshidagi bolalarning mustaqil o‘qishlari uchun lotin yozuvi asosidagi yangi alifboda chop etilgan badiiy kitoblarning chuqur, atroflicha tahlili ham asos bo‘ldi. Ayniqsa, bu qo‘llanmalarning yetishmasligi, ba’zida esa o‘qituvchilarning dastur talablarini tushunmay, mashg‘ulotlarni noto‘g‘ri tashkil etishlari yana bir turtki bo‘ldi.
Bunga misol qilib sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida yangi mavzu o‘tilmasligini aytib o‘tishimiz mumkin.
Bu mashg‘ulotlarda:
-“Kitobim-oftobim” yoki “Sirli xazina” qo‘llanmalaridan oldingi mashg‘ulotlarda o‘qib kelishga berilgan matnlar turli ta’limiy usullar, yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha esa paketlar (oldindan tayyorlangan, o‘quvchilarning mustaqil bilim olganliklarini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar to‘plamlari) ko‘magida muhokama etiladi, tahlil qilinadi, ballar asosida baholab boriladi;
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining ikkinchi qismida esa sinf, maktab va oila kutubxonalaridan o‘qilgan badiiy kitoblar paketlar yordamida muhokama etiladi;
Yangi badiiy kitob (1-sinfda 1 ta, qolgan sinflarda 2 ta va undan ortiq), uning muallifi bilan tanishtiriladi;
Mashg‘ulotga yakun yasab, kelgusi mashg‘ulotga nimalarni o‘qib, tayyorlab kelish tushuntiraladi. Mashg‘ulotlar 1-sinfda haftada bir marta, 2-4 – sinflarda ikki haftada bir marta o‘tkazilishi dasturda belgilangan.
Xulosa. YPT ga o‘tishda o‘qituvchilar bu boradagi o‘z malakalarini muntazam oshirib borishlari, sinfxonalarini davr talablari darajasida jihozlashlari, sinf va oila kutubxonalarini tashkil etishlari, o‘qitayotgan fanlarining bo‘limlari bo‘yicha namuna sifatida paketlar tuzishlari, o‘quvchilarga mustaqil, izlanib puxta bilim olishni o‘rgatishlari, dars davomida aktyor sifatida emas, balki rejisor kabi ishtirok etib, o‘quvchilarning faoliyatlarini kuzatib, nazorat qilib borishlari lozim va hokazo.
Tubanda yangi pedagogik texnologiyalar unsurlaridan foydalanib tashkil etilgan darslardan namunalar keltirmoqdamiz.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishping 2-bosqichi ta’lim mazmuniga yangi pedagogik
texnologiyalarni keng qamrovda olib kirish vazifasini qo’ymoqda. Bu esa barcha pedagoglar zimmasiga mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Respublikamiz olimlari ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo’llashga intilmoqdalar.
Pedagogikaga bag’ishlangan adabiyotlarda «Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg’or pedagogik texnologiya» kabi tushunchalar keng qo’llanmoqda va turlicha izohlanmoqda.
Bular orasida YuNESKO tomonidan berilgan quyidagi ta’rif e’tiborga loyiqdir: «Pedagogik texnologiya bu – butun o’qitish va bilimlarni samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir».
Texnologiya so’zi yunoncha bo’lib, texne – mahorat, san’at; logos –ta’limot ma’nolarini bildiradi. Bu so’z sanoatda yoki qishloq xo’jaligida tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonida qo’llanadigan usul va metodlar yig’indisini bildiradi. Ta’lim jarayoniga nisbatan esa bu tushuncha o’qish va o’qitishning o’zaro uzviyligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning ketma-ketligi va bosqichma-bosqichligini ta’minlash, rejalashtirilgan barcha ishlar va amallarni talab darajasida bajarishni anglatadi. Boshqacha aytganda, ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim berish san’ati, ta’lim berish mahorati ma’nolarini ifodalaydi. Yangi pedagogik texnologiya deyilganda ta’lim berish san’atini ishga solib, uni samarali tashkil etish, uni jahon andozalari darajasiga ko’tarish tushuniladi.
Pedagogik texnologiya atamasi ta’lim jarayoniga yangicha, o’ziga xos belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan tizimli yondashuvga asoslanadi. Bu talim jarayoniga innovasion yondashuv demakdir. Yangi ta’limni tashkil etishda jahon pedagogikasi amaliyotida qo’llaniladigan ilg’or metod va usullar, texnika vositalari, o’qitishning shakllarini ta’lim jarayoniga har bir o’quvchi shaxsi, ruxiy o’ziga xosligi, intellektual imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olgan holda olib kirish demakdir.
Yangi pedagogik texnologiya o’quvchiga ta’lim jarayonining sub’ekti, ya’ni faol ishtirokchisi, o’qituvchiga esa shu jarayonning tashkilotchisi, boshqaruvchisi sifatida qarashni taqozo etadi. Darsda o’quvchi faol ishlovchi shaxs bo’lib, u butun mashg’ulot jarayonida egallagan bilimlarini xotirada tiklaydi, uni qisman yangi sharoitlarda qo’llaydi, aqliy faoliyat usullarini bajarib, ma’lumdan noma’lumga qarab boradi.
Yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim olishga qiziqish va ehtiyoj uyg’otish, unga kashf etish lazzatini his ettirish demakdir.
Pedagogik texnologiya ta’limda o’quvchilarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq o’zlashtirishga erishish, o’quvchilarning o’z fikrini bayon etishga imkoniyat yaratishdir. Pedagogik texnologiya jarayonida dars o’tishda eng asosiy talab o’quvchining hayotiy tajribasi, avval o’zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko’zda tutadi.
Yangi pedagogik texnologiya bo’yicha o’qitishda quyidagilar ta’limning asosiy parametrlari hisoblanadi:
  1. Butun o’quv vaziyati boshqarish ob’ekti sanaladi.


  2. Ta’limni boshqarish maqsadli bo’lib, o’quvchining mohiyatli, ma’naviy va ruhiy kuchlarini rivojlantirishni ko’zda tutadi.


  3. Ta’lim jarayoni demokratik, rag’batlantiruvchi uslubda bajariladi.


  4. Ta’lim jarayonining zaruriy sharti o’quvchining shaxsiy tashabbusini qo’llab quvvatlash, o’qituvchi shaxsinipg ochiqligi, ularning hamkorligi, o’zaro ishonchli munosabatlarni yuzaga keltirishdir.


Pedagogik texnologiya o’ziga xos tamoyillarga ega bo’lib, bular kuyidagilardir:


  1. Muayyan dars, mavzu, qism, o’quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish.


  2. Umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o’quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo’lgan masalalar tizimini aniqlab olish.


  3. Modul ichida echiladigan masalalarning’ har biri bo’yicha test savollarini tuzib chiqish.


  4. Maqsadlarga etish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish.


  5. Dars qismlari orasidagi zaruriy bog’liqliklarga va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratish.


Yangi pedagogik texnologiyalarga bag’ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator o’qitish usullari haqida so’z yuritilmoqda. Bu usullar innovasion metodlar sifatida taqdim etilmoqda. Shulardan ona tili darslarida qo’llanishi mumkin bo’lgan ayrim metodlar xususida so’z yuritamiz.





  1. Yüklə 33,25 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin