Bu jahon andozalariga mos mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi



Yüklə 17,75 Kb.
tarix22.04.2023
ölçüsü17,75 Kb.
#101580
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish


 Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida izchil amalga oshirilayotgan ishlar samarasida mamlakatimizning eksport salohiyati yuksalib bormoqda.
Mamlakatimizda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hajmi va korxonalarning eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 8-avgustda qabul qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan jamg‘armamiz tadbirkorlik subyektlarining o‘z mahsulotini tashqi bozorga chiqarishida yaqindan ko‘maklashmoqda. Bu jahon andozalariga mos mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.
Jamg‘armamiz va uning hududiy filiallari 2019-yilning 1-yanvariga qadar yagona ijtimoiy to‘lovdan boshqa barcha turdagi soliqlar, yig‘imlar, boj hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tovarlar va xizmatlarni oldindan haqini to‘lamasdan, akkreditiv ochmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga ega. Bularning barchasi tadbirkorlarimiz muvaffaqiyatli faoliyatining muhim omili bo‘lmoqda.
 Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlarining biznes-forumi va kooperatsion birjasida jamg‘armamiz faol ishtirok etdi.
Mazkur tadbirlar Janubiy koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda savdo, moliya, energetika, neft-gaz, kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, transport va logistika, avtomobil va temir yo‘llar qurish, metallurgiya, geologiya va kommunal xo‘jalik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, tibbiyot texnologiyalari va asbob-uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish va mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qilish imkonini berdi.
Mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirish dasturi doirasida 18-may kuni Toshkentda o‘zida interaktiv muzokaralarni aks ettirgan yangi formatdagi tadbir “Tovar va mahsulotlar eksporti” mavzusidagi amaliy biznes-anjuman o‘tkaziladi.
O‘zbekiston juda yuqori eksport quvvatiga ega. Biroq buni amalga oshirish uchun korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga, boshqa davlatlarga taklif kiritish uchun o‘zlarining ishonchli hamkor sifatidagi o‘rinlariga ega bo‘lishlariga yo‘l ochishdek oqilona yondashuv lozim bo‘ladi. 18-may kuni o‘tkazilishi kutilayotgan “Tovar va mahsulotlar eksporti” biznes – konferensiyasi yuqorida aytib o‘tilgan masalalarni hal qilish va O‘zbekiston tadbirkorlarini tashqi savdo bozorlarida raqobatbardosh bo‘la olishdek kerakli bilimlar bilan qurollantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
2014-yilda ish boshlagan korxonaga 43,3 million dollar miqdorida xorijiy investitsiya kiritildi. Ayni paytda mahalliy xomashyo – paxtadan yuqori sifatli to‘qimachilik va trikotaj sanoati uchun ip-kalava ishlab chiqarayotgan korxona mahsulotining 60 foizdan ortig‘i eksport qilinmoqda. 


EKSPORT
joriy yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 109 tani tashkil etib, ular tomonidan 9 323,3 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2019- yilning mos davriga nisbatan 25,7% ga kamaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʻminlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi eksporti dekabr oyida 930,4 mln. AQSh dollari qiymatida qayd etilib, oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan 673,5 mln. AQSh dollariga kamaydi.
Hududlar kesimida respublika eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 19,5% ulush bilan 2 954,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Respublika eksporti tarkibida eng quyi ulushni Jizzax viloyati 0,8% ulush bilan 124,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16%ga o‘sib, 42,1 mlrd.dollarni tashkil etdi.
Eksport hajmi 10%ga ko‘payib, 16,611 mlrd.dollarga yetdi. Import hajmi esa 20,4%ga ko‘paydi va 25,461 mlrd.dollarni tashkil qildi.
2021 yilda O‘zbekistondan eksportning asosiy qismini sanoat tovarlari (umumiy eksportning 26,1%), oltin (24,7%), xizmatlar (15,3%) va oziq-ovqat tovarlari (8,3%) tashkil etdi.
Yüklə 17,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin