Bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 230,9 Kb.
səhifə1/7
tarix12.10.2023
ölçüsü230,9 Kb.
#154906
  1   2   3   4   5   6   7
Innovatsion menejment



REJA:
Kirish..................................................................................................................
Asosiy qism
1 Innovatsiya, uning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati ......................................
2 Innovatsion jarayonning tuzilishi....................................................................
3 Korxona rivojlanishida innovatsiyalarning roli...............................................
4 Korxonaning asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari bo'yicha hisob-kitoblar.............
5 Ikkita asosiy strategiya turi..............................................................................

Xulosa.................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati................................................................


Kirish

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 21 sentyabr kuni «2019-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi farmonni imzoladi.


Unga koʼra, 2019-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi va Oʼzbekistonni 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli koʼrsatkichlari tasdiqlandi.
Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish – Strategiyaning bosh maqsadi etib belgilandi.
Bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Oʼzbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi boʼyicha jahonning 50 ilgʼor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
- barcha darajada taʼlim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini taʼminlash;
- ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun taʼlim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish;
- innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablagʼlar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish;
- boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
- mulkchilik huquqlari himoyasini taʼminlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
- barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 21 sentyabr kuni 2019−2021 yillarda mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi"ni tasdiqladi.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan O‘zbekiston Respublikasi uchun ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish kabi muhim masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF–4947-sonli Farmonida belgilab berildi . Qayd etish kerakki, mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatda O‘zbekiston Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yo‘nalishlari bilan bir qatorda “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘linmasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini,
xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar keltirib o‘tildi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yo‘nalish O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularni qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan bog‘liq ishlar bevosita investitsion jarayon bilan bog‘liq. Shunday ekan, sanoat ishlab chiqarishini taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me’yoriy aktlar bevosita investitsiya faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog‘liq ravishda ishlab chiqilishi va bir-birini to‘ldirishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasida ham investitsiya faoliyatiga oid ko‘plab me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hisoblanadi. Mamlakatimiz sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini oshirishda korxonaning strategik rivojlanish maqsadlarida innovatsion faoliyatga oid rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirish, innovatsiyalarni amaliyotga tabiq etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda innovatsion boshqaruv maqsadlari daraxtini shakllantirishda yuqorida taklif etilgan usuldan foydalanish yuqori samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, korxonaning innovatsion rivojlanishining barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratadi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, 2008–2020-yillarda mamlakatimizda korxonalar- ning innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishi yuqori emas. Xususan, korxonalar xo‘jalik yuritish amaliyotida innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sonining ortishiga parallel ravishda innovatsiyalarni joriy qilish ko‘rsatkichi ham ortib borgan. 2008-yilda innovatsion faoliyat o‘z amaliyotiga to‘g‘ri kelgan har bir korxonaga o‘rtacha 2,2 ta innovatsion loyiha to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 2,4 taga teng bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 21 sentyabr kuni 2019−2021 yillarda mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi"ni tasdiqladi.



Yüklə 230,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin