Bori elga yaxshilig` qilg`ilki mundin yaxshi yo`q Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig`



Yüklə 3,84 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü3,84 Mb.
#169726
Bobur-slayd-00001 (3)

Bori elga yaxshilig` qilg`ilki mundin yaxshi yo`q

Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig`

Ulug` o`zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi

Zahiriddin Muhammad Bobur Andijonda tug`ulgan Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg`ona hukumdori Umarshayxning farzandi.Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg`onistonni egalladi.1519-1525yillarda Hindistonga 5 marta yurush qildi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858) boburiylar saltanatiga asos soldi dekabrda Agra (1530 y 26 dekabr)da vafot etdi.Qabri keyinchalik vasiyatiga ko`ra Kobulga ko`chirilgan

Boburning ulug` asari “Boburnoma” bo`lib, uni “Vaqoe” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda , Yaqin va O`rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. “Boburnoma” ning o`ndan ortiq qo`lyozma nusxalari bor.Asarni Qozonda N.I.Ilminskiy(1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan . O`zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asrdan parchalar e`lon qilindi. “Boburnoma” ning 1948-1949 yillarda ikki jildi; 1960 , 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to`ldirilgan qayta nashri amalga oshirildi


Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)
Asar asosan uch qismdan iborat bo‘lib, uning
birinchi qismi - XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealarni;
ikkinchi qismi - XV as­rning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, ya'ni Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealarni; uchinchi qismi - XVI asr­ning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bag‘ishlangan.

“Boburnoma” ni Abdurahim xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga , J Leyden (1826) va V Erskin Ingiliz tiliga , Pavel de Kuteyel (1871) fransuz tiliga , Rashid Rahmati Arat (1940) turkchaga , Mixall Sale (1943) rus tilga tarjima qilganlar 1826-1985 yillar davomida “Boburnoma” 4 marta ingiliz, 3marta fransuz , 1marta nemis tiliga o`girilgan

“Boburnoma” ensklopedik asar. Uning orginalligi shundaki asarda muallif asosan o`zi ko`rgan-kechirgan bilgan narsalarni yozadi. “Boburnoma”dan siyosatchilar, etnograflar, aholishunoslar, geobataniklar, zoografiklar, iqlimshunoslar, o`zlari uchun kerakli bo`lgan juda ko`p faktik materialni ajratib olishlari munkin. U tom ma`noda aholi geografyasiga va uni ajralmas qismi bo`lgan shaharshunoslikka bag`ishlangan asar hamdir.

“Boburnoma”da Andijon tasviri “Andijon havosida kuzda ko`p odamlar bezgak kasaliga mubtalo bo`ladi. Shahar ov qilishga qulay, ayniqsa to`qayzorlarda qirg`ovul nihoyatda ko`p. O`sh havosi nihoyatda yaxshi , oqar suvlari ko`p.Bahor juda chiroy ochib keladi ,qalin lola va gullar ochilur. Andijon daryosi hozirgi o`shning o`rtasidan oqib o`tib, Andijonga boradi, daryoning har ikkala qirg`og`I bog`lar bilan qoplangan .Ushbu bog`larda bahorda ochiladigan boychechaklar juda ham chiroylidur. Farg`ona viloyatida O`sh havosi sofligiga va tozaligiga teng keladigan shahar yo`qdir”

Boburiylar merosi

Bobur nomida xalqaro ilmiy ekspiditsiya mavjud bo`lib, uning azolari Bobur qadamjolari bo`ylab 5 marta safar uyishtirdilar. Ekspeditsiya materiallari asosida “Bobur va uning jahon svilizatsiyasida tutgan o`rni” memorial muzeyi tashkil qilinib , uning jamg`armasida Bobur nomi bilan bog`liq 500 yuzdan ortiq kitob va manbalar bor.Andijon Bog`i Bobur tashkil qilinib, buyuk shoirning hoki keltirilgan ramziy qabr bor. Ark ichi memorial kompleksi Bobur yashagan davr haqida ma`lumot beradi.

Bobur bog`i

E`tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 3,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin