Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Tayanch so‘z va iboralar: 
adabiy til, standartlashgan adabiy til, dialekt, 
hududiy dialekt, ijtimoiy dialekt, milliy til, yarim dialekt, sotsiolekt, argo, jargon, 
sleng, koyne, so‘zlashuv tili.
 
Adabiy til (standart) umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, 
grammatik qonun-qoidalarga rioya qilinadigan, ma’lum me’yorga solingan, 
umummajburiy va qonuniy to‘g‘ri qo‘llanadigan, xalqning turli madaniy 
ehtiyojlariga xizmat qiluvchi tildir. Adabiy til jamiyatning ilm-fan, ta’lim, 
adabiyot, diplomatiya, huquqshunoslik, ish yuritish, turli tashkilotlar va 
ziyolilarning kundalik hayotida ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Adabiy tilga 
muomala jarayonida qo‘llanadigan shevaga, so‘zlashuvga xos bo‘lgan so‘zlarning 
ishlatilmasligi xosdir. 
Adabiy 
tillarni 
o‘rganishda ko‘plab tilshunoslarning tajribalarini 
umumlashtirgan F. P. Filin rus, polyak, ingliz, nemis, fransuz, ispan va yana 
ko‘plab milliy tillarning adabiy tiliga xos bo‘lgan yettita belgisini ko‘rsatadi. 
Bular:
1) silliq shaklga ega bo‘lishlik(obrabotannost);
2) bir normaga keltirilganlik;
3) barqarorlik (stabilnost);
4) unda gaplashadigan jamiyatning barcha a’zolari uchun milliy tilning turli-
tuman shakllari mavjud bo‘lgan holatda uni bilishning majburiyligi;
5) stilistik jihatdan differensiyalashganligi;
6) muloqatning barcha jabhalari (ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy va 
madaniy hayotda, fan, turmushda) uchun universallik;
7) og‘zaki va yozma shakllarining mavjudligi. 
Ingliz tilshunosligi an’analariga ko‘ra, adabiy til standard language, standard 
English deb yuritiladi. Shuningdek, standartlashgan adabiy til termini ham 


63 
qo‘llaniladi. K. Naringzning fikricha, standartlashgan adabiy tilning mavjudligi 
har qanday rivojlangan jamiyat uchun xosdir. Til uchta asosiy vazifani bajaradi:
1) birlashtiruvchi – mazkur til dialektlarida so‘zlashuvchilar orasidagi 
tushunmovchilikni oldini oladi;
2) chegaralovchi – tilni boshqa tillardan chegaralash imkoniyatini beradi;
3) nufuzli – tilning hamma variantlaridan ustun turadi.

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin