Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi



Yüklə 326,49 Kb.
səhifə3/91
tarix05.12.2022
ölçüsü326,49 Kb.
#72420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi

Psixologiyaning maqsadi
Psixologiyaning maqsadi degandan biz nima tushunamiz ? bu savol quyidagi ikki fikr bilan muhokama qilinishi mumkin:

  1. Uning faoliyati va turlarining imkoniyatlari

  2. Uni muhokama qiluvchi faktlar, mavzular va tarmoqlar

Psixologiya faning faoliyati va turlarining imkoniyatlari juda kengdir. U yashovchi organizimning xarakterlarini o’rganadi, tushuntiradi va tasvirlaydi. Bu yerdagi “xarakter” va “yashovchi orgonizim” terminlari noodatiy keng ma’nolarni beradi. Xarakter termini har qanday turdagi harakatlar va tajribalarni – bilish, his – tuyg’u, tushunish yo tushunmaslik, sezish, sezmaslik kabilarni o’z ichiga oladi. Boshqa tomondan, “yashovchi organizim” atamasi o’z ichiga har qanday rangi, jinsi, yoshi, fizik va aqliy hususiyatlari, turlarini qamrab olgan tirik hilqatlarni oladi. Shunday normalar, bolalar, yoshlar, o’smirlar, o’qtuvchilar, ishchilar, jinoyatchilar, talabalar, ota – onalar, haridorlar kabi har xil sohalarga oid bolgan odamlarni psixalogiya fani o’rganadi. Shu bilan birga psixologiya fani bu bilan cheklanib qolmaydi, bundan tashqari u hayvon, qush, hashoratlar va ,hattoki, o’simliklarni tushunishga ham harakat qiladi.[4]
Shunday ekan, tirik organizim bor bo’lgan har qanday joyda, ularni tushunish va o’rganish uchun psixologiya fani kerak bo’ladi. Bizga ma’lumki, yashovchi organizmlar va ularning hayot faoliyati judayam xilma xil, shunday ekan psixologiya fani uchun bularni o’rganishda hech qanday to’xtov va chegara yo’q, bu fan hech qachon rivojlanishdan to’xtamaydi.[1]
Har qanday boshqa fan kabi psixologiya ham o‘z o‘rganish predmetiga ega. «Psixologiya» tushunchasining ma’nosidan kelib chiqqan holda, uning o‘rganish predmeti psixika bo‘lib hisoblanadi, deb aytish mumkin. Psixologiya ushbu predmetining maxsus xossalarini ajratish mumkin. SHunday qilib, psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelikPsixika – turli odamlarda yoshi, jinsi, asab tizimining turi, muhit va tarbiya sharoiti, orttirilgan tajriba, ma’lum hayotiy vaziyat va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liq ravishda bir talay o‘ziga xos takrorlanmas, noyob turlari, belgilari, turli ifodalari mavjud bo‘lgan bir nusxaga ega bo‘lmagan va bir qolipda ishlab chiqilmagan ob’ekt[5]
Psixika – faol, maqsadga muvofiq jarayonIdrok qilish, xotira, ong yoki psixomotorikaning o‘zini emas, balki shu kabi hodisalar, jarayonlar xos bo‘lgan insonning psixik faolligini namoyon qiladi. S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, psixikaning o‘ziga xos xususiyati uning individga, sub’ektga tegishliligidir. Boshqa xususiyati esa – sub’ektning psixikadan, ongdan mustaqil ob’ektga bo‘lgan munosabati. «Har qanday psixik hodisa boshqalaridan ajratilib, nimaningdir kechinmasi ekanligiga binoan, ma’lum kechinma sifatida belgilanadi, ichki tabiati uning tashqi olamga bo‘lgan munosabati orqali namoyon bo‘ladi»[6]Psixikaning o‘ziga xosligi  uning voqelikning haqiqiy tomoni ekanligi – haqiqiylik va mukammallik birliginining aksi ekanligidan iborat. Psixika – bu ob’ektiv olamning sub’ektiv tasviri. Psixika individning hulq-atvori va faoliyatida shakllanadi, rivojlanadi va namoyon bo‘ladi. SHunday ekan, psixikani ob’ektiv voqelikning insonning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini tartibga keltiruvchi ideal obrazlarda sub’ektiv aks etishi, deb ta’riflash mumkin mojno. Psixikaning mazmuni o‘zida psixik obrazlarnigina (his-tuyg‘uli va maqsadga muvofiq) emas, balki, obrazdan tashqari tarkibiy qismlarni – shaxsning umumqadriyatlarni nazarda tutib ish ko‘rishini, hodisalarning mazmun, mohiyatini, shuningdek, aqliy faoliyatni ham jamlaydi.
L.M. Vekkerning fikriga asosan, psixikaning empirik belgilari sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi: predmetlilik – obraz tashuvchining emas, balki, psixik obrazning yakuniy xususiyatlarini ob’ekt xossalarining atamalarida ifodalashsub’ektlilik – psixik obraz yoki ko‘rinishda organning rivoji ko‘rsatilmagan taqdirda; tuyg‘ularga erishib bo‘lmaslik – obrazni emas, ob’ektning o‘zini ko‘ramiz; jonli mavjudotlar (hayvonlar)ning tirik organizmlarning xususiy shakli sifatidagi ichki sabab natijasida vujudga keladigan faolligi.
Shunday qilib, ilmiy tilda psixikani miyaning tashqi, shuningdek, ichki olamni aks ettirish va shu asosda harakatni, hulq-atvorni tartibga solish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin. M.I. Enikeevning ta’rifiga ko‘ra, inson psixikasi – bu umuminsoniy tajribani o‘zlashtirish asosida uning atrof-olam bilan faol o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi aks ettirib-tartibga soluvchi faoliyati.
Psixikaning paydo bo‘lishini sxema tarzida quyidagicha tasavvur qilish mumkin: fizikmoddiy, voqelik **oniy jarayonlar psixikada aks etishi (birlamchi va ikkilamchi obrazlar).
SHu asosda, hodisalar mustaqil fan hisoblanmish psixologiyaning predmeti bo‘lib xizmat qiladilar. Psixik hodisalar sifatida tuyg‘ular, fikrlar, istaklar, hislar, kechinmalarni o‘z ichiga olgan insonning ichki, sub’ektiv tajribasi qabul qilinadi. Bunday tajribaning asosiy xossasi bo‘lib bevosita sub’ektga taqdim etilganlik hisoblanadi bu esa: psixik jarayonlarning faqat o‘zimizda sodir bo‘libgina qolmasdan, balki, bevosita bizga ayon bo‘lishini anglatadi: biz faqat ko‘rib, his etib, fikrlab, xotirlab, istab qolmasdan, ko‘rishimiz, his etishimiz, fikrlashimiz va shu kabilarni bilamiz; intilib, ikkilanib yoki qaror qabul qilib qolmasdan, shu intilishlar, ikkilanishlar, qarorlar haqida bilamiz ham.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi

Yüklə 326,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin