Bir ulushini olib


Ijobiy mazmunli majburiyatlar va



Yüklə 35,7 Kb.
səhifə11/14
tarix11.12.2022
ölçüsü35,7 Kb.
#73847
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Audit

1.Ijobiy mazmunli majburiyatlar va salbiy mazmunli majburiyatlar. Agar majburiyat 
yuzasidan qarzdor muayyan bir harakatni qilishga burchli bo’lib, kreditor aynan shunday harakatning 
qilinishini talab qilishga haqli bo’lsa – bunday majburiyat ijobiy mazmunli majburiyat hisoblanadi. 
Huquqiy munosabatning ko’pchiligida ijobiy mazmunli majburiyatlar yotadi. Masalan, oldi-sotdi
mulkni ijaraga berish, maishiy xizmat ko’rsatish sohasida olinadigan majburiyatlar – ijobiy mazmunli 
majburiyatlardir. 
Agar majburiyat bo’yicha qarzdor muayyan harakatni qilishdan saqlanishga burchli, kreditor 
harakat qilishdan saqlanishini talab etish huquqiga ega bo’lsa – bunday majburiyat salbiy mazmunli 
majburiyat hisoblanadi. Masalan, nashriyot shartnomasi bo’yicha muallif shartnoma kuchda bo’lgan 
davrda o’z asarini boshqa nashriyotga topshirishdan saqlanish majburiyatini olsa, nashriyot 
muallifning boshqa nashriyot bilan shartnoma tuzishdan saqlanishini talab etish huquqini oladi. 
2.Bir tomonlama va ikki tomonlama majburiyatlar. Majburiyatda qatnashuvchilarning birida 
faqat talab qilish huquqi (yoki huquqlari), ikkinchi tomonda esa, faqat majburiyat (majburiyatlar) 
bo’lsa – bunday majburiyatlar bir tomonlama majburiyatlar hisoblanadi. Masalan, qarz shartnomasi. 
Qarz shartnomasi bo’yicha qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo’lsa, 
qarzdor o’z zimmasiga olgan qarzini qaytarishga burchlidir.
Huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi ham huquq, ham majburiyatga (qator 
huquqlar va majburiyatlarga) ega bo’lsa, bunday majburiyatlar ikki tomonlama majburiyat hisoblanadi. 
Ikki tomonlama majburiyatlarga oldi-sotdi, ijara, pudrat kabi shartnomalarni misol qilib ko’rsatish 
mumkin. Chunonchi, oldi-sotdi munosabatida sotuvchida sotilgan narsani topshirish majburiyati 
bo’lsa, oluvchida sotib olingan narsaning qiymatiga yarasha haq to’lash majburiyati bo’ladi va 
aksincha. Aksariyat majburiyatlar ikki tomonlama majburiyatlardir. 

Yüklə 35,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin