Biotexnologiya asoslari


o’sish tezligining balandligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   139
Biotexnologiya asoslari

o’sish tezligining balandligi
9
 
arzon oziqa muhitida o’sishi, 
9
 
boshqa mikrofloraga va fagga chidamliligi, 
9
 
yuqori hosildorligi. 
2. Produsentlarni yaratish usullari 
 
Mikroorganizmlarning tabiiy shtammlarini hosildorligi ko’pincha talab darajasidan past 
bo’ladi. 
Hosildor shtammlar yaratish uchun yo’naltirilgan seleksiya - usulidan foydalaniladi (1-
chizma).
Buning uchun kimyoviy mutagenlar yoki radiasion nurlardan foydalaniladi. Seleksiya va 
tanlov ishlari ba’zida yillab vaqt egallaydi va natijada mikrob hosildorligini 100 va undan ham 
ko’proq marotabalab oshirish mumkin bo’ladi. Masalan, hozirgi davrda sanoat usulida ishlatib 
kelinayotgan penisillin antibiotigi sintez qiladigan produsentning faolligi dastlabki shtammlarga 
qaraganda 10 ming marotabadan oshib ketgan. 
YUqori faollikga yoki hosildorlikga ega bo’lgan shtamm yaratish uchun seleksioner, tabiiy 
shtammni genetik materiallarini o’rganish borasida o’ta murakkab, o’ta nafis ishlarni amalga 
oshirishi lozim bo’ladi. Bunda, genlarni rekombinasiyasi bilan bog’liq bo’lgan barcha usullardan
xususan: kon’yugasiya, transduksiya, transformasiya va boshqa genetik jarayonlardan 
foydalanishga to’g’ri keladi (2-chizma). 


1-chizma. Mikroorganizmlar seleksiyasi 
 
Masalan, kon’yugasiya usuli (bakteriyalar orasida genetik materiallar bilan almashish), neft 
qoldiqlarini faol parchalovchi Pseudomonas putida shtammini yaratishda samarali foydalanilgan 
edi. 
Ko’pincha transduksiya (bakteriya viruslari-bakteriofaglar yordamida bir bakteriyadan boshqa 
bakteriyaga genlar o’tkazish) va amplifikasiya (kerakli genlarni nusxa sonini ko’paytirish) 
usullaridan keng foydalanish orqali har xil fiziologik faol moddalar sintez qiluvchi hosildor 
shtammlar yaratilgan. Ko’pgina mikroorganizmlarda antibiotik sintez qiluvchi genlar va ularni 
boshqaruvchilari xromosomalarda emas, balki plazmidalarda (xromosomadan tashqaridagi DNK) 
joylashgan bo’ladi. Bunday paytda amplifikasiya orqali hujayradagi plazmidalar sonini ko’paytirish 
orqali shtammlarni hosildorligini oshirish mumkin. 
Seleksiya ishlarini yana bir yo’li bu har-xil bakteriyalar protoplastlarini bir-biriga birlashtirish 
natijasida genetik rekombinantlar olish yo’lidir (3-chizma). 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin