Biotexnologiya asoslari


BIOTEXNOLOGIYADA GEN MUXANDISLIGI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   139
Biotexnologiya asoslari

BIOTEXNOLOGIYADA GEN MUXANDISLIGI 
 
Hozirgi vaqtda qaysi produsent mikroorganizmdan foydalangan holda foydali maxsulotlar 
olish mumkinligini aniq ko’rsatib berish mumkin. Agarda bunday produsent bo’lmasa, qay 
tariqada va qanday sharoitda yuqori darajada istalgan turdagi maxsulotni olish xususiyatni 
namoyon qiluvchi produsentni yaratish mumkinligini oldindan aytib berish imkoniyatlari 
mavjuddir.
Biotexnologik ishlab chiqarishda bugungi kunda mikroorganizmlarni minglab 
shtammlaridan foydalanilmoqda.
O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng qishloq xo’jaligi, xalq xo’jaligi 
va oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasiga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi. SHu boisdan oziq-
ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish sohasi mutaxassislari jahon xalq xo’jaligida keng ko’lamda 
qo’llanilayotgan biotexnologiya fanini zamonaviy ko’rinishlaridan biri bo’lgan gen muxandisligi 
usullarini mukammal egallashilari va amaliyotga tadbiq eta olishlari lozim.
Biotexnologiyada gen muxandisligi sohasini o’rganishdan maqsad, tirik organizmlar irsiy 
belgilari xaqidagi axborot joylashgan DNK molekulasining tuzilishi va roli, gen molekulyar 
biologiyasi; genetik muxandislikning moddiy asoslari: transformasiya, transduksiya, ko’chib 
yuruvchi genetik elementlar-transpozonlar, plazmidlar, viruslar, bakteriofaglar, restriktazalar, 
rekombinant DNK olish, genlarni klonlash, hujayra muxandisligi, hujayra va to’qimalarni sun’iy 
sharoitda o’stirish texnologiyasi; genetik muxandislikning o’simliklar seleksiyasida qo’llanilishi; 
gen muxandisligiga asoslangan biotexnologiyaning agrar sanoatdagi ilmiy-texnik taraqqiyotni 
tezlashtirishdagi roli; gibridomalar olish texnologiyasi va uning qishloq xo’jaligida va 


chorvachilikda qo’llanilishi hamda genetik muxandislikning istiqbollari haqidagi aniq bilimlarni 
o’rganishdan iborat.
Ushbu fanning asosiy vazifasi zamonaviy gen muxandisligi yutuqlarini xalq xo’jaligi 
amaliyotida keng ko’lamda qo’llashdan iborat. 
Tirik organizmlar irsiy axborotini sun’iy yo’l bilan ma’lum maqsadga muvofiq o’zgartirish 
jarayoni genetik muxandislik fanining asosiy ustqurmasi hisoblanadi. Genetik muxandislik 
hujayra, xromosoma va gen darajasida amalga oshiriladi: 
1. Hujayra darajasidagi genetik muxandislik ikki hujayrani o’zaro qo’shish yo’li bilan amalga 
oshiriladi.
2. Xromosoma darajasidagi genetik muxandislik hujayra yadrosiga qo’shimcha xromosomalar 
kiritish orqali amalga oshiriladi.
3. Gen darajasidagi genetik muxandislik yoki gen muxandisligi eng murakkab bo’lib, quyidagi 
bosqichlar asosida amalga oshiriladi:
a. qimmatli xo’jalik ahamiyati kasb etadigan gen funksiyasi orqali qidirib topiladi, ajratib 
olinadi, klonlanadi va tuzilishi o’rganiladi.
b. Ajratib olingan gen xromosoma DNK si bilan rekombinasiyalanuvchi biror fag genomi, 
traspozon yoki plazmid DNK si bilan biriktirilib vektor konstruksiya yaratiladi.
s. Vektor konstruksiya transformasiya usuli bilan hujayraga kiritiladi va transgen hujayra 
olinadi.
Transgen hujayradan sun’iy ravishda etuk o’simlik o’stiriladi. Ushbu usuldan foydalanib 
o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar hujayralaridan transgen formalar olish mumkin.
Biotexnologiyada gen muxandisligi yutuqlarini chuqur o’rganish va ulardan oqilona 
foydalanish transgen o’simliklar va hayvonlar olish biotexnologiyasining yuzaga kelishida asosiy 
omil bo’lib xizmat qildi. Bu usul bilan qimmatli xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan bir qator 
o’simliklar va nasldor qoramol klonlari yaratildi.
Hujayra muxandisligi usullaridan foydalanib, tirik organizmlardan gibrid hujayralar olish 
biotexnologiyasi yaratildi va bu asosida monoklonal antitelalar olish yo’lga qo’yildi. 
Biotexnologiyaning bu sohasiga dastlabki qadamlar 1973 yil birinchi gen klonlangan vaqtdan 
boshlab qo’yilgan edi (1-jadval). 
1-jadval. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin