Biosfera va uning tuzilishi


 Tabiat va jamiyatning o’zaro munosabati



Yüklə 176,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix30.12.2021
ölçüsü176,33 Kb.
#49227
1   2   3   4   5
biosfera va uning xususiyatlari

 2. Tabiat va jamiyatning o’zaro munosabati. 

          Tabiatda  barcha  narsa  va  xodisalar  o’zaro  chambarchas  bog’langan.  O’lik 

tabiat elementlari o’zaro bir-biri bilan ta’sirda bo’lishi bilan birga, tirik tabiat bilan 

ham  bog’langandir.  Tabiatdagi  o’zaro  ta’sir  jarayonlarida  tirik  organizmlar 

aktivroq  bo’ladi.  Akd.  Vernadskiy  ta’biri  bilan  aytganda  “  Tirik  modda  quyosh 

energiyasining  kimyo  boglar  energiyasiga  aylantiruvchi  asosiy  va  yagona 

ma’badir.”  Yer  sharining  tirik  organizmlar  tarqalgan  qismi  biosfera  deb  ataladi. 



Biosfera  tarkibiga  atmosferaning  troposfera  deb  ataluvchi  10-16  km  qalinlikdagi 

pastki 


qismi, 

butun 


gidrosfera 

va 


litosferaning 

ustki 


qismi 

kiradi. 


          Tabiat  bilan  shu   tabiatning  bir  qismi  bo’lgan  inson  jamiyati  ham  o’zaro 

ta’sirda  bo’ladi.  Inson  jamiyati  rivojlanib  borgan  sari  uning  tabiatga  ta’siri  ham 

kuchayib  bormoqda.  Inson  jamiyatining  tabiatga  ta’siri  ongli  va  ongsiz  bo’lishi 

mumkin.  Insonning  tabiatga  ongli  ta’siri  deganda,  oldindan  rejalashtirilgan, 

ma’lum  maqsadni  amalga  oshirish  uchun   tabiatga  ta’siri  tushuniladi.  Masalan, 

o’rmonlarni kesish, balik ovlash, foydali qazilmalarni qazib olish va h.o. Insonning 

tabiatga  ta’siri  ko’p  xollarda  tabiiy  resurslardan  foydalanishga  qaratilgan  va  bu 

ta’sir  tabiiy  resurslarning  kamayishiga  olib  kelishi  mumkin.  Insonning  tabiatga 

ongli   ta’siri  tabiiy  resurslarni  tiklashga  va  ko’paytirisha  qaratilgan  bo’lishi  ham 

mumkin. Masalan, o’rmon barpo qilinishi, baliklarni ko’paytirish va h.o. Insonning 

tabiatga  ta’siri  ongsiz   yoki  stixiyali  ravishda  ham  bo’lishi  mumkin.  Insonning 

tabiatga  ongsiz  ta’siri  oldindan  rejalashtirilmagan  va  har  xil  yo’nalishda  bo’ladi. 

Bunday  ta’sirning  natijasi  ko’p  xollarda  sezilmaydi.  Lekin  bu  ta’sirlarning 

hammasi  birga  qo’shilsa,  oqibati  yomonroq  bo’lishi  mumkin.  Dam  oluvchilar 

tomonidan  o’rmonning  oyok  osti  qilinishi,  ifloslanishi  o’rmonlarning  ko’rimsiz 

bo’lib 


qolishiga, 

nest 


nobud 

bo’lishiga 

olib 

keladi. 


          Insonning  tabiatga  ta’sirini  bevosita  va  bilvosita  ta’siriga  ajratish  mumkin. 

Ko’mir  qazib  olganda,  yog’och  kesganda  inson  ko’mir  yoki  o’rmonga  nisbatan 

to’g’ridan to’g’ri yoki bevosita ta’sir ko’rsatadi. Insonning tabiatga bevosita ta’siri 

ko’p  xollarda  ongli  ta’sir  bo’ladi,  ba’zan  ongsiz  ta’sir  ham  bo’lishi  mumkin. 

          Bilvosita  ta’sirda  inson  tabiatning  muayyan  obyektiga  emas  balki  butunlay 

boshqa  obyektlarga  ta’sir  qiladi.  Insonning  tabiatga  bilvosita  ta’siri  ongsiz  ta’sir 

bo’lib,  u  kutilmagan  va  zararli  oqibatlarga  olib  keladi.  Masalan,  o’rmonning 

kesilishi  o’rmonga  nisbatan  to’g’ridan  to’g’ri  ta’sir  bo’lsada,  bu  o’rmondagi 

hayvonot  dunyosining  o’zgarishiga,  sizot  suvlari  satxining  pasayishiga,  tuproq 

eroziyasiga  olib  keladi.  Zararkunandalarga  qarshi  zaharli  ximikatlarning 

qo’llanilishi foydali xasharotlarning o’limiga, tuproq mikroflorasining o’zgarishiga 



olib keladi. Bu insektisidlarning tuproqdagi va o’simliklardagi qoldiqlari o’simlik 

maxsulotlari orqali odam salomatligiga ham ta’sir qiladi.  




Yüklə 176,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin