MAVZU: ELEKTRON POCHTA XABARLARINI O‘QISH, KIRUVCHI XABARLAR VA PAPKALARNI BOSHQARISH POCHTA XABARLARINING VAZIFALARI UCHUN JAVOB YARATISH.
Pochta bilan ishlash sahifasi bir nechta bo‘limdan iborat. Chap tarafda (Kelgan xatlar), (Yuborilgan xatlar), (Xomaki nusxalar), (keraksiz reklama (Savatcha) bo‘limlari keltirilgan. Sahifaning o‘rtasida chap tomondan tanlangan bo‘limning nomi ko‘rinib turadi. U sizning hozir qaysi bo‘limda turganingizni ko‘rsatib turadi. Yuqorida (yangi xat yozish), (Tekshirish, ya’ni yangi xatlar kelganligini yana bir bora tekshirish),(Manzillar)va(yana)tugmalaribor.Bo‘limidapochtaqutisiga kelgan xatlar turadi. Kerakli xatni o‘qish uchun uning linkiga, ya’ni havolasiga bosiladi. Shunda xatning matni ochiladi. Misoluchun,
«Mayl.ru’ning mobil versiyasi» degan xatni ochish uchun uning linkini bosamiz.
Ko‘rib turganingizdek, elektron pochta maktubida xatning nomi, uning qaysi manzildan, qaysi manzilga va qachon kelganligi yozib qo‘yilganbo‘ladi.Ochiqturganxatgajavobyozishuchun(Javobyozish) tugmasibosiladi.Unibossak,odatdagiyangixatyozishsahifasiochiladi.
Katakchasiga yuboruvchining manzili, katakchasiga esa kelgan xatningmavzusiqo‘yilib,undanoldidanRe:debyozibqo‘yilganbo‘ladi. Bu Reply to, ya’ni «..ga javoban» degan so‘zningqisqartmasidir.
Javob matnini yozib, so‘ng (Yuborilsin) tugmasi bosiladi.
Bo‘limida kelgan xatlar odatda qisqa shaklda ko‘rsatilib, faqat kimdan kelganligi va nomi ko‘rinib turadi. Bu rejim (qisqa) deb ataladi. Xatlar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Podrobno tugmasibosiladi.Bundaxatningkimdanligi,nomivamatnningdastlabki qatorihamdaqachonkelganligiko‘rinadi.Shuningdek,xatnito‘liqochib o‘qish uchun yordamch (O‘qib chiqish) va (Javob yozish) linklari ko‘rinadi.
Xatni o‘chirib tashlash uchun satrning boshidagi katakchani belgilab, so‘ng (O‘chirish) tugmasibosiladi.
Yangi xat yozish yuqoridagi Íàïèñàòü (Yangi xat yozish) tugmasi bosiladi.
Ochilgan sahifada quyidagi kataklar to‘ldiriladi: (Kimga) – yangixat yuborilayatgan elektron pochta qutisining manzili. Agar xat bir nechta joyga yuboriladigan bo‘lsa, manzillar bir – biri bilan vergul yordamida ajratiladi.
(Mavzu) – xatning mavzusi, sarlavha. Elektron pochta tizimining oddiy pochtadan farqli joylarida biri xatning mavzusi degan tushunchadir. Elektron maktubga sarlavha qo‘yish shart emas, bu katakchani bo‘sh qoldirsangiz ham bo‘ladi (odatda, pochta dasturlari
«Siz maktubga sarlavha qo‘ymabsiz, nomsiz ketaversinmi?» deb birrov so‘rab qo‘yishadi). Lekin, xatga sarlavha qo‘yish juda qulay va ma’qul narsa.
Masalan, «12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» degan xat yoz- sangiz,uningjavobi«Re:12/212-shartnomabo‘yichasavollar»debkelsa, yuzlab xatlarning ichidan aynan shu shartnoma bo‘yicha yuborgan savollaringizga qanday javob kelganligini topishingiz oson bo‘ladi. Mavzuning tagidagi katakka xatning matni kiritiladi. Elektron pochtaning yana bir muhim imkoniyati – fayl yuborishdir. Biroq, pochta qutilarida faylning yuborish mumkin bo‘lgan o‘lchamlari cheklangan bo‘ladi. Pochta xizmatlari odatda xatga qo‘shib yuboriladigan fayllar- ning soni va o‘lchami qanchadan oshmasligi kerakligini ko‘rsatib turishadi.
Mayl.ru pochta xizmatidan odatda 20 mb gacha bo‘lgan hajmdagi faylyuborishmumkin.Biroq,buo‘lchamnisozlashhammumkin.Buning uchun20mbdeganhavolanivauningyonidagihavolasinibosiladi.
Xatga fayl qo‘shib yuborish uchun (Fayl biriktirish) tugmasi bossangiz, kerakli faylni ko‘rsatish oynasi ochiladi.
Bu erdan yubormoqchi bo‘lgan faylingizni ko‘rsatib (Ochish) tugmasini bosasiz. Faylning katta-kichikligi va internetga ulanish tezligiga qarab, fayl biriktirishga bir necha soniya yoki daqiqa ketadi. Fayl biriktirilgach, uning yonida yashil belgi paydo bo‘ladi. Endi xatni yuborish mumkin. Xatni yuborish uchun (Yuborilsin) tugmasi bosiladi.
Agar xatni keyinroq yubormoqchi bo‘lsangiz, uni saqlab qo‘yish mumkin.Buninguchun(Saqlabqo‘yilsin)tugmasinibosasiz.Yozayotgan xatni bekor qilish uchun (Inkor) tugmasibosiladi.
Xat jo‘nab ketgach (Xatingiz yuborildi!) yozuvi paydo bo‘ladi.
Yuborilgan xatlar ro‘yxati (Yuborilganlar) bo‘limida turadi. Bu bo‘limga ham chap tomondagi menyudan kiriladi.
(Xomaki nusxalar) bo‘limida saqlab qo‘yilgan xatlar ro‘yxati turadi. Ñïàì bo‘limida elektron pochtangizga kelgan va spam deb hisoblangan xatlar saqlanadi. Ularning spam yoki spam emasligini elektron pochta tiziminiyu o‘zi ham maxsus algoritmlar yordamida baholiqudrat aniqlaydi. Lekin biror xatni o‘zingiz ham spam yoki spam emas deb belgilashingiz, spamga oid tartib-qoidalarni o‘zingiz sozlashingiz ham mumkin. (Savatcha) bo‘limida o‘chirib tashlangan xatlar turadi. Ularni tiklash, butunlay o‘chirib tashlash kabi ishlar shu bo‘limda bajariladi. Oynaostidagi(Sozlashlar)bo‘limidaelektronpochtaqutisigaoidbarcha sozlash ishlari amalgaoshiriladi.
Masalan, bu yerda pochta qutisining tashqi ko‘rinishi, parollar, xavfsizlik, SMS-xabarlar va boshqa sozlashlarni boshqarish mumkin.
Pochtangizni parolini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, Sozlashlar bo‘limdagihavolasinibossangiz,kalitso‘znio‘zgartirishsahifasiochiladi. Bu erda (Joriy parol) katagiga hozirgi parolni, (Yangi parol) va (Yangi parolni takrorlash) kataklariga esa yangi parolni yozasiz. Yangi parolni saqlab qo‘yish uchun Ñîõðàíèòü (Saqlab qo‘yish) tugmasibosiladi.
Elektron pochta qutisi – Sizning shaxsiy mulkingiz, o‘zingizgagina tegishli ma’lumotlar, yozishmalar, hatto tijoriy sirlar saqlanishimumkin
bo‘lgan joydir. Shuning uchun uni begona ko‘zlardan, g‘arazli kimsalardan himoya qilish zarur. Shuning uchun ham elektron pochta bilan ishlashning eng muhim qoidalaridan biri qutidan chiqibketishdir.
Agar parolni yozib, qutiga kirgandan keyin brovzerni o‘chirib ketsangiz, Sizdan keyin uni ochgan odam pochta qutingizga kirishi, undan foydalanishi va hatto parolni almashtirib, Sizni pochta qutingizdanmahrumqilibqo‘yishihammumkin.Shuninguchunparolni yozib kirganingizda brovzer bu parolni eslab qolishni taklif qilsa, hech qachon rozibo‘lmang.
Pochta qutisi bilan ishni yakunlash uchun yuqorida, o‘ng tarafdagi (Chiqish) havolasi bosiladi.
Elektron pochta bilan ishlashga oid eng qisqa va dastlabki ma’lumotlar mana shulardan iborat!