Biologiya (2) — копия cdr


MAVZU: KOMPYUTER TARMOQLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. MA’LUMOTLARNI UZATISH PROTOKOLLARI. ETHERNET. TCP/IP VA IEEE



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə28/35
tarix01.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#170229
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
AXBOROT XAVFSIZLIGI

MAVZU: KOMPYUTER TARMOQLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. MA’LUMOTLARNI UZATISH PROTOKOLLARI. ETHERNET. TCP/IP VA IEEE.




KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARDA ISHLASH ASOSLARI
Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo'sh, tarmoqning o'zi nima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko 'nikmalariga ega bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda mazkur tushunchalar haqida atroflicha flkr yuritiladi,
Kompyuter tarmoqlari Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi.
Kompyuter (ing computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizim- laridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi. Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda
foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Dastur -

  1. biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi;

  2. siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni;

  3. oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi;

  4. teatr, konsertlar va b.

Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo'ladi.
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir. Seleksiyalash — tegishli manziJdagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil
shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi.
Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog'idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo'ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha elektron hujjatlar va ma'lumotlar omborini giperbog'lanishlar yordamida o'zaro bog'lab, yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi.
Tarmoqlarning texnik vositalari Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o'tamiz. Server — tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter.
Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma'lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi.
Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma'lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo'yilishiga ko'ra cheklangan bo'lishi mumkin. Konsentrator (HUB)— tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot almashinuvini ta'minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o'zaro bog'lashi mumkin. Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishla-
tiladi).
Modem — axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o'tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Modem «modulator» va «demodulator» so'zlari birikmasidan hosil bo'lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda
«0» va «1» ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy chastotali telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko'rinishiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o'lchanadigan ma'lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o'rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. Masalan, Windows for Workdows 95, Windows — 1 Workstation operatsion tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega bo'lgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi komp- yuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter — server ajratiladi.
Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi.
Internet haqida tushuncha Internet— bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqla-rini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog'ir
Internetning paydo bo'lish tarixiga qisqacha to'xtalib o'tayliky 1969- yilda AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligi (Advenced Research Projects Agency, ARPA)ga mamlakatdagi barcha harbiy (ilmiy tadqiqot va o'quv) muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq (ARPA Net) harbiy mutaxassislarga axborot almashishga yordam ko'rsatishga mo'ljallangan edi."
Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish (ulardan foydalanish), fayl va xabarlarni elektron aloqa orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar oldiga ishonchli, ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishdan chiqqanda ham o'z ish qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o'ta chidamli» tarmoqni yaratish masalasi qo'yilgan edi.
ARPA Net tarmog'ining rivojlanishi bilan turli tarmoqlarni o'zaro bog'lash, ya'ni yagona tarmoq yaratish muammosi yuzaga keladi. - Bunday standart 1974-yildayaratildi. 1983-yilda esa AQSH Mudofaa vazirligining ARPA Net shoxobchalaridagi barcha mashinalarida ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish haqida buyruq chiqarildi. Bu standartlarni ishlatish uchun esa o'sha paytlarda keng tarqalgan operatsion tizim UNIX operatsion tizimi ishlatildi.
1986-yilga kelib, AQSH Milliy fanlar fondi (National Science Foundation — NSF) tomonidan o'zining oltita superkompyuterli markazini birlashtirish uchun tayanch tarmoq yaratildi. Bu tarmoq juda quwatli va yuqori sifatli qurilmalar va AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan standartlarga asoslangan edi.
Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
1992-yil NSF kompaniyasi ana shu tayanch tarmoqni boshqari- shiga kelishib olindi. Ana shu vaqtdan boshlab internet nafaqat davlat (o'quv va ilmiy) muassasalarida, shuningdek, tijorat maqsadlarida ham ishlatila boshlandir Internet asta-sekin AQSH chegaralaridan chiqib
boshqa mamlakatlarga, dastlab Yevropa, ke-yinchalik Osiyo, Afrikaga ham tarqaldi.
Afrika - kattaligi va aholi soni boʻyicha dunyoning ikkinchi qitʼasi. Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa,
Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730
ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.
Bugungi kunda internet haqiqatan ham dunyoviy tarmoqqa aylangan.
Axborotlarni tadqiq qilish NUA firmasining 2001-yil noyabr oyida bergan ma'lumotiga ko'ra, 2000-yilda internet tarmog'i-dan foydalanuvchilar miqdori quyidagicha bo'lgan (110-betdagi jadval).
Internetning tarkibiy qismlari va resurslari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.



Mintaqa

Foydalanuvchilar soni (mln.)

AQSH va Kanada Yevropa Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Janubiy Amerika Afrika O'rta Sharq Dunyo bo'yicha

167,12 113,14
33,61 16,45 13,11
2,40 407,10



Internet o'z-o'zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo'lib, asosan uchta — texnik, dasturiy, axborotli tar-kibiy qismlardan tashkil topgan.
Internetning texnik tarkibiy qismi turli rusumdagi kompyuter, aloqa kanallari, tarmoq texnik vositalari majmuyidan tashkil topgan. Ularning barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko'rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining ishdan chiqishi tarmoqning umumiy faoliyatiga ta'sir etmaydi.
Internetning dasturiy ta'minoti tarmoqqa ulangan kompyuter va tarmoq vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma'l- umotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash hamda tarmoqda axborot
xavfsizligini ta'minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuyidan iborat.
Internetning axborotli qismi internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videotasvir va h.k. lar ko'rinishidagi axborotlar majmuyidan tashkil topganxiJlar butun tarmoq bo'ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, siz kompyuteringizda o'qiyotgan elektron darslikning matni bir manbadan, undagi rasmlar va tovush ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlar uchinchi manbadan yig'ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o'zaro moslashuvchan «giperbog'lanishlar» orqali bir necha manbalar majmuyi ko'rini-shida tashkil etish mumkin. Natijada millionlab o'zaro bog'langan elektron hujjatlar majmuyidan tashkil topgan axborot muhiti hosil bo'ladi.
Internet tarmog'ining mohiyatini tushunish uchun uning mantiqiy tuzilishini tushunish kerak. Ushbu mantiq bilan tanishib chiqamiz.
Ma'lumki, avtomobildan foydalanganda transport turlari uchun belgilangan qonun-qoidalarga rioya qilish shart. Xuddi shunday internet xizmatidan foydalanuvchilar uchun ham hammaga bir xil bo'lgan kompyuterda ma'lumotlarni uzatish tartibini belgilovchi yagona qoidalar majmuyi belgilangan.
Ikki kompyuter orasida ma'lumotlarni uzatish tartibi va formatini belgilovchi qoidalar majmuyi bayonnoma (protokol) deb ataladi.
Masalan http, ftp va boshqalar bayonnomaga misol bo'la oladi. Tarmoqda ishlash uchun berilgan bayonnomaga, mos holda, ma'-
lumotlarni uzatish imkonini beradigan maxsus dastur ta'minotiga ega bo'lishi kerak. Bunday dasturlar bayonnomalarni amalga oshirish deyiladi. Ular operatsion tizimda joylashtirilgan bo'lishi yoki alohida amaliy dasturlar paketi sifatida yaratilishi mumkin. Hozirgi zamon operatsion tizimlarining barchasi internetda ishlashni ta'minlovchi asosiy bayonnomalarga ega.
Internetda axborotni paketli uzatish prinsipidan foydalaniladi. Endi axborotni paketli uzatish mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Internet va unda ishlashni tasawur qilish uchun telefon tarmog'ini eslashingiz mumkin. Chunki telefon tarmog'ida ham shunga o'xshash aloqa kanali ishlatilib, bir necha daqiqada dunyoning xohlagan nuqtasi bilan bog'lanish mumkin. Albatta, bu o'xshatish shaklan bir xil bo'lsa-da, ish prinsipi bo'yicha katta farq qiladi. Ya'ni telefonda gaplashish paytida
stansiyalar orasidagi kanal to'la band bo'ladi. Bu kanaldan telefon qiluvchi va uni eshituvchidan boshqa hech kim foydalana olmaydi. Agar telefon stansiyasining barcha kanallari band bo'lib qolsa, bu kanalda gaplashayotgan abonentlar bilan ham bog'lanish mumkin bo'lmay qoladi. Ko'rinib turibdiki, bu tamoyilda ishlaydigan kanallardan foydalanish kompyuter tarmog'ida samara bermaydi.
Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Êóéáûøåâ") - Samara (rus. Ñàìàðà) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.
Taqqoslashning qulayrog'i sifatida oddiy aloqa xizmatini olish mumkin. Bunda ixtiyoriy sondagi ma'lumotlar ixtiyoriy yo'nalishda uzatiladi. Gazeta vajurnallar to'plami bo'laklab uzatiladi. Internetda ham shunday xususiyatdan foydalaniladi.
Ma'lumotlarning qismlarga bo'linishi paketlardeb ataladi.
Paketda, xususan, ma'lumotlar bilan birga uni berilgan manzilga to'g'ri yetkazish imkonini beruvchi boshqaruv axboroti (masalan, qabul qiluvchining manzili) ham beriladi.
Axborotni uzatish jarayonida, xuddi oddiy aloqa kabi ba'zi xabarlar belgilangan manzilga yetib bormasligi (yo'qolishi), ba'zi birlari esa oddiy aloqada ro'y bermaydigan holda, ya'ni bir necha nusxada yetkazilishi mumkin.
Internet tarmog'ining samarali ishlashi uchun mavjud axborotni qanday qilib paketlar holatida uzatish va yetkazilgan axborotni qayta tiklash hamda bo'laklangan paketlarni foydalanuvchiga qanday yetkazish kerakligi muammosini hal qilish lozim bo'ladi.


  1. MAVZU: KOMPYUTERNING STANDARTLARI TAR- MOQLARI. TARMOQ TOPOLO-GIYALARI. TARMOQ QURILMALARI, TARMOQDA ISHLASH. AUTENTIFIKAT- SIYA, AVTORIZATSIYA, FOYDALANUVCHI IDENTIFI- KATSIYASI VA TARMOQ RESURSLARI.


Tarmoq operatsion tizimi Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar
bir vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi.
Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag’ni asraydi. Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o‘rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so‘rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o‘zida axborotdan ko‘plab mijozlar foydalanish imkonini beradi. Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o‘rtasida ma’lumot almashishni tashkil etish mumkin. Xo‘sh, tarmoqning o‘zinima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet, elertr onaloqa kabi tushunchalarni manianglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta’minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlayolish ko‘nikmalariga ega bo‘lish hozirgi jamiyatning harbir a’zosi uchun muhimdir. Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‘ladi. Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlari siz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog’langan kompyuter va terminallar majmuasidir, ya’ni kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuidir Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 1) o‘tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq: - past 100 Kbit/ s gacha; - o‘rta 0,5-10 Mbit/s gacha; - yuqori 10 Mbit/s dan ortiq. 2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o‘lchoviga muvofiq: - LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq; - MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o‘n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq; - WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni
birlashtiruvchi yirik tarmoq; - GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq; 3) tarmoq tugunlari turi bo‘yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi).
Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta komp- yuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo‘la oladi. Unchalik katta bo‘lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo‘ladi. 4) tugunlar munosabatiga ko‘ra: - bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo‘lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi bo‘lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi; - server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar). 5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo‘yicha (tarmoq OS): gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i); geterogenli - bir vaqtning o‘zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS). Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog’liq. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar
kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Tarmoqning shinali boglanishida ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo‘yicha har ikki tomonga uzatiladi. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo‘lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.
Yulduzsimon bog’lanishda markaziy kompyuter mavjud bo‘lib, unga qolgan barcha kompyuterlar boglangan bo‘ladi. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so‘ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi. Bog’lash uchun qo‘llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi. Kabellarasosanuchgabo‘linadi: - koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o‘xshash. O‘tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. -juftli o‘ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O‘tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi - optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km
masofadagi tarmoq uchun qo‘llaniladi. O‘tkazish tezligi: 2 Gbit/sek. hajmdagi protokollarni (bayonoma) bilish kerak.
Uchinchi qatlam - tarmoqning dastur platformasini tashkil etadigan operatsion tizimdir. Tarmoqni loyixalashda joriy operatsion tizim boshqa tarmoq OTlar bilan ishlash jarayonida ma`lumotlarni xafsizligi va ximoyalanganligi qay darajada ta`minlanishi foydalanuvchilar sonini ko`paytira olishini, uni boshqa turdagi kompyuterga o`tkazish mumkinligini hisobga olish lozim.
To`rtinchi qatlam - tarmoq vositalarining eng yuqori qatlami bo`lib, unga tarmoq ilovalar - tarmoq ma`lumotlar bazasi, ma`lumotni arxivlashtirish vositalari pochta bazalari va b.k. kiradi. Bularni ishlatishda ularning imkoniyat diapozonining, shuningdek boshqa tarmoq ilovalari va operatsion tizimlari bilan moslashuvchanligini bilish juda muhim.
Hisoblash tarmoqning dasturiy taminoti o`zining tarkibiga ko`ra turli- tumanligi bilan farqlanadi.
Dasturiy ta`minot axborotlarni qayta ishlashda programmalash jarayonini avtomatlashtiradi, shuningdek rejalashtirish, telekom- munikatsion, hisoblash va tarmoq informatsion resurslariga murojaat ilishni, foydalanuvchilar talabini qoniqtira olish, resurslarni dinamik taqsimlanish va qayta taqsimlanishlarda tezkorlikni oshirish kabilarni amalga oshirib beradi. Tarmoqning dasturiy ta`minoti quyidagilarga bo`linadi:

    1. Umumtarmoq DT (dasturiy ta`minot) bu taqsimlangan tarmoq sistemasi bilan va texnik xizmatining dastur komleksiga kiruvchi dastur vositalaridan tashkil topgan.

    2. Maxsus DT – bu amaliy dasturiy vositalarini tashkil etadi: bunga funktsional va integratsiyalashgan. Amaliy paketlar dasturlari hamda tarmoq amaliy dasturlar va boshqalar kiradi.

    3. EHM abonent tizimining bazaviy dasturlashni ta`minlash – tarkibiga EHMning operatsion sistemalari, tizimni avtomatlashtirish dasturi, tekshiruvchi va diagnostik test dasturlari kiradi.

Taqsimlangan tarmo operatsion tizimi, barcha tarmoqlardagi rejimlarni boshqaradi, foydalanuvchilar talabini amalga oshiradi va tarmoq zvenolarini ishini boshqaradi.
Taqsimlangan tarmoq operatsion tizimi – abonent tizimlarining o`zaro harakat jarayonlarini amalga oshiruvchi dasturiy vositalari tizimini tashkil etadi va kommunikatsion protokollar bilan umumiy arxitekturaga birlashtirilgan bladi.
Taqsimlangan tarmoq operatsion tizimining boshqaruvchi va xizmat qiluvchi dasturiy to`plami quyidagilarni ta`minlaydi:

  1. Umumtarmoq resurslarini ishlatish bo`yicha foydalanuvchi talabini qondirish.

  2. Dasturlararo kirish (muloqot) usullarining mumkinligi.

  3. Umumtarmoq resurslariga u yoki bu tarmoqqa murojaat qilishda foydalanuvchilar dasturlar sinxronlashtirish.

  4. Istagan abonent tizimidan vazifalarni kiritish va ularni istagan ATda paketli yoki operativ rejimda ularni bajarilishini ta`minlash.

  5. Masofadagi EHMda saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan fayllarga kirish va AT tarmoqlar o`rtasida fayllarni almashtirish.

  6. Elektron pochta, telekonferentsiya, masofaviy ta`lim kabilardan matn xabarlarini uzatishda yuqoridagi xizmatlardan foydalanish.

  7. Apparat, informatsion va tarmoq dasturiy resurslarini holatini harakterlaydigan so`rovnoma chiqarib berish.

EHMning apparat ta`minoti turli xil, aloqa vositalari abonent tizimining, aloqa uzellar asbob uskunalarini aloqa apparaturalaridan tashkil topgan bo`lib, bitta tarmoq yoki bir xil darajadagi yoki turli darajadagi tarmoqlarning ishi bilan kelishish, universallik ya`ni foydalanuvchining cheklanmagan masalalar doirasini bajarishni va
EHMning konfiguratsiyasini o`zgartirish imkoniyatini ta`minlovchi modulllik EHM tarmog`iga quyilgan asosiy talablarni tashkil etadi.
Tarmoqlarda EHMlar vazifalariga ko`ra keng diapozonda o`zining harakteristikalariga ko`ra super EHMdan to SHEHMgacha ishlatimoqda. Bu mashinalar foydalanuvchilarga bevosita yaqin joylarda yoki qayta ishlanayotgan axborotlar markazida joylashgan bo`lib, ular tarmoq zvenosini tashkil etadi, undan foydalanuvchilar o`zining abonent
tizimi bo`yicha talablar bilan murojaat qiladilar.
Tarmoq operatsion tizimlari - tarmoqlarda ma`lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlashni ta`minlovchi kompleks dasturlaridir.
Tarmoq OT turli xildagi tarmoq xizmatlarini foydalanuvchilarga taqdim etadi.
Tarmoq operatsion tizimlari klient server yoki bir turli arxitek- turadan foydalanadi.
Markaziy boshqariladigan tarmoqlarda tarmoq OT serverning operatsion tizimi deb ham ataladi va u fayl tizimini quvvatlovchi, masalalarni rejalashtirish xotirani boshqarish kabi bazaviy vazifalarni ta`minlaydi.
Tarmoq OT va abonent tizimining ishchi stantsiyasining operatsion tizimini birbiriga mutonosib emas (bir-biriga tushmaydi), shuning uchun ishchi stantsiyaga tarmoq qobig`i deb ataladigan maxsus dastur kiritilgan. qobiq ishchi stantsiyaning operativ xotirasiga rezident dastur kabi yuklanadi. U tarmoq foydalanuvchilaridan amaliy so`rovlar qabul qiladi va ularni lokal OT stantsiyasida yoki tarmoq OT serverida, qayta ishlanish joyini aniqlab beradi.
Mijoz - server uchun to`rtta chet el tarmoq OT juda keng tarqalgan: Bular: Novell firmasining NetWare, IBM firmasining LAN server,
Microsoft firmasining LAN manager, Banyan firmasining VINES OT laridir. Oxirgi yillarda Windows NT OTlari keng qo`llanilmokda.
Bu tarmoq OTlar mustahkamligi, qulayligi va tarmoqni boshqarish uchun administrative vositalarni turli tumanligi, foydalanuvchilarning ishlashi, ajratilgan resurslardan foydalanish, rezident qismining hajmi, tarmoqda bir nechta serverlardan foydalanish imkoniyatlari va boshqalar bilan bir-birlaridan farq qiladi. Novell NetWare 386 3.11 versiyadagi tarmoq OT keng tarqalgan ommabop tarmoq OT hisoblanadi. U 332 razryadli ko`p vazifali, real vaqtli tarmoq OT bo`lib, himoyalangan 80386 yoki 80486 protsessorlarda ishlaydi. Yangi ishlab
chiqilgan Novell NetWare 4 versiyali tarmoq OT ko`p serverlarni o`z tarkibiga olgan, mingacha foydalanuvchiga xizmat qiladigan, ko`p segmentli tarmoqlarni barpo etish uchun mo`ljallangan. Yangi versiyada serverlarni boshqarish markazlashtirilgan ya`ni tizim administratori barcha serverlarni boshqarishi mumkin va barcha serverlarda yagona foydalanuvchilar ro`yxatini olib borishi mumkin. Mijoz-server hisoblash tarmog`ida Windows NT, Windows NT Advanced Server tarmoq OTlari ishlatiladi. Nomarkazlashtirilgan boshqarish tarmoqlarida yoki bir tarmoqlarda kompyuterlar birlashtiriladi, ularning har biri server va klient bo`lishi mumkin. Bunday tarmoqlarda hohlagan kompyuter oddiy diskli OT boshqariladi, tarmoq vazifalarini boshqarish uchun esa uning operativ xotirasiga bir tarmoq operatsion tizim dasturi yuklanadi. Bir hisoblash tarmoqlari uchun Novell firmasining NetWare Lite va Artisoft firmasining LAN Tastic OTlar eng ommabop tarmoq operatsion tizimiga kiradi. NetWare Lite tizimi bilan ishlaydigan tarmoqda, tarmoqni boshqarish ancha oddiy bo`lib, foydalanuvchilar o`rtasida resurslarni taqsimlashni, tarmoqqa murojaat qilishni va boshqa vazifalarni boshqarishni o`z ichiga oladi. LAN Tastic tizim bir turli tarmoq operatsion tizimida birinchi bo`lib hisoblanadi. Bu qisqartirilgan rejimda ishlovchi bir turli tarmoqdagi foydalanuvchilar uchun juda qulay bo`lib, katta bo`lmagan xabarlarni kompyuterlararo uzatishga va umumiy fayllar yoki qurilmalarni taqsimlangan vaqt rejimida ishlashga olib keladi. Artisoft firmasi bu tarmoq OTni yanada takomillashgan versiyasini tayyorlayapti, qaysiki u kiritish – chiqarish operatsiyalarini yuqori ishlashini ta`minlovchi bazaviy ma`lumotlar bilan samarali ko`p foydalanish uchun mo`ljallangan. Bir hisoblash tarmoqlari uchun shuningdek Windows for Work Groups, Personal Netware, Power LAN
tarmoq OTlari ishlatiladi.
Manzilgohlash nafaqat alohida interfeyslarni nomlash uchun, balki ularni guruhlarini (guruh manzillarini) manzilgohlash mumkin. Guruh manzillarini yordamida ma`lumotlarni bir vaqtning yozida bir nechta uzellarga yuborish (jo`natish) mumkin. Kompyuter tarmoqlari texnologiyalarining ko`pida keng etkazuvchi topologiyalarining ko`pida keng etkazuvchi manzillar ishlatiladi. Bunday adreslar bo`yicha jo`natilgan ma`lumotlar barcha tarmoq uzellariga etkazilishi kerak bo`ladi.
Ko`pchillik manzillar, manzilgohlash sxemasi bo`yicha krititilishi mumkin buni adresli kenglik deyiladi.
Adresli kenglik - yassi (chiziqli) yoki ierarxik bo`ladi. Chiziqli (YASSI) adresli kengik hech qanday strukturalashtirilmagan, ierarxik adreslash sxemasida, ular bir - biriga kiritilgan (taxlangan) guruhchalar ko`rinishida bo`lib, adres doirasini ketma - ket qisqartirib, oxirida alohida tarmoq interfeysini aniqlaydi.
Belgili manzilgohlash odamlarga qulay, ammo formatning o`zgaruvchanligi va katta uzunligi hisobiga ularni tarmoqdan uzatilishi uncha tejamli emas. Manzillarni bir turdan ikkinchisiga o`tkazish uchun maxsus yordamchi protokollar ishlatiladi. Bunday protokollarni - manzillarga ruxsat etish protokollari deyiladi.
Ierarxik sonli manzillarning turli tarmoq IP va IPX manzillaridir.
Bularda ikki darajali ierarxik bo`lib, manzil katta qism - tarmoq nomerli (tartibli) va kichik - uzel nomeri (tartibi) ga bo`linadi. Bunday bo`linish tarmoqlar orasida faqatgina tarmoq tartibiga asoslangan xabarlarni uzatish mumkin, uzel tartibi esa, xabar uzatilgach kerakli tarmoqga etkazish uchun ishlatiladi.
Zamonaviy tarmoqlarda uzellarni manzilgohlash uchun bir vaqtning o`zida yuqorida ko`rsatilgan sxemalardan foydalaniladi.
Tarmoq texnologiyasi Ethernet - hisoblash tarmog`ini tuzish uchun etarli, kelishilgan standart (andoza) bayonnoma va ularni bajaruvchi dasturiy apparat vositalarining to`plamidir. Bu to`plam minimal vosita to`plami bo`lib, ular yordamida ishga qobiliyatli tarmoq tuzish mumkin.
Ayrim vaqtlarda tarmoq texnologiyasi deb ham ataydilar, Ethernet asosida istalgan tarmoqning bazasi tuziladi.
Ma`lumotlarni taqsimlovchi muhitga uzatuvchi tasodifiy kirish usuli asosiy tamoyini tashkil etadi. Ethernet standartida elektr aloqalarining topologiyasi qat`iy belgilangan, kompyuterlar taqsimlovchi muhitga
―umumiy shina‖ strukturasiga mos ravishda ulanadi. Shinaning vaqt bo`yicha taqsimlanishi yordamida ikkita kompyuter ma`lumotlar bilan olmashadi. Aloqa yo`liga kirishni boshqarish Ethernetning maxsus kontroleri bo`lgan - tarmoq adapteri orqali amalga oshiriladi.
koaksial kabel
Rasm 9. Ethernet tarmoq.
Ethernet tarmoq shunday tuzilganki, ma`lumotlarni uzatuvchi taqsimlaydigan muhitni kadrni tushishida barcha tarmoq adapterlari bir
vaqtning o`zida bu kadrni qabul qiladi. Kadrning boshlang`ich maydonning birida joylashgan manzilni vazifasini taxlil qiladilar va bu manzil agar ularning shaxsiy manzili bilan mos tushsa, kadr tarmoq adapterining ichki buferiga joylashadi. Shunday qilib, manzilchi - kompyuter unga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni oladi. Ayrim xollarda ikkita yoki undan ortiq kompyuterlar, tarmoq bo`sh deb, axborotlarni uzatadi, bunday holda tarmoq bo`yicha uzatilayotgan ma`lumotlarni to`g`ri kelishiga to`sqinlik qiladi - bunday xolat kolliziya deb ataladi.
Ethernetning asosiy afzalligidan biri shundaki uning tejamkorligidir. Bu tarmoqlarni tuzish uchun har bir kompyuter uchun bittadan tarmoq adapteri va kerakli uzunlikdagi koaksial kabelli bitta fizik segment kerak xalos. Bundan tashqari Ethernet tarmog`ida etarli darajada muhitga kirish, manzilgoxlash va ma`lumotlarni uzatish algoritmi oddiy tuzilgan, shuni ham aytish joizki Ethernet tarmog`ini kengaytirilishi yaxshiligi, ya`ni yangi uzellarni ulashni engilligi uning
afzalligini yana bir bor oshiradi.
Kompyuter tarmog`ining strukturalari Lokal va global (katta) tarmoqlarni strukturalashtirish sabablardan biri bu shundan iboratki, 10

  • 30 dan ortiq kompyuterlar ko`pincha topologiyaning umumiy shina, xalqa, aylana, yulduz turlarning biri bilan bog`lanadi. Bunday bog`lanishda tarmoq kompyuterlari, boshqa kompyuterlarga kirishda bir xil xuquqga ega bo`ladi.

Albatta bunday bir xil struktura kompyuterlarga xizmatni va tarmoq ekspluatatsiyasini engillashtiradi. Biroq, katta tarmoqlarni tuzishda aloqaning bir xil strukturasining afzalligi uning kamchiligiga aylanib qoladi. Bunday tarmoqlarda namunaviy strukturani ishlatish turli cheklanishlarga olib keladi:

    • uzellar orasidan uzunlikni cheklash;

    • tarmoqdagi uzel sonini cheklash;

    • tarmoq uzellari bilan paydo bo`ladigan trafik intensivligini cheklash. Masalani Ethernet texnolgiyasi bo`yicha ingichka koaksial kabel bilan 185 metr uzunlikdagi kabelni ulaydi, unga 30 tadan ortiq bo`lmagan kompyuterlar ulanadi. Biroq, agar kompyuterlar o`zaro axborotlar bilan almashayotgan bo`lsa, ayrim hollarda kabelga ulangan kompyuter sonini 20 gacha, yoki 10 taga kamaytiriladi; buning, sababli har bir kompyuterga tarmoqning umumiy o`tkazuvchanlik qobiliyati

etarli bo`lishi kerak. Bunday cheklanishlarni bartaraf qilish uchun maxsus asbob - uskunalardan foydalaniladi.
Fizik aloqalar topologiyasi: tarmoqning fizik va logik strukturalaridan iborat.
Fizik aloqaning konfiguratsiyasi kompyuterlarni elektrik ulanishlarini aniqlaydi. Logik aloqa tarmoq uzellari orasidagi tashkil etadi.



  1. Yüklə 1,98 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin