53
Sitoxromlarda aksincha, temirning 5- va 6- koordinatsion bog‗lari
oqsil
molekulasining gistidin va metionin qoldiqlari (sitoxrom
c
da
yana vinil guruhi va
sistein qoldiqlari) bilan bog‗lanadi. Bu esa temirning gemoglobin tarkibida
bajaradigan funksiyasini tushinish imkonini beradi, kislorodni biriktirib olishda
uning valentligi o‗zgarmaydi (sitoxromdagi temirning valentligidagidan farqli),
bunda gemoglobin va mioglobin tarkibidagi temir kislorodni
biriktirib olganda
ham, uni uzatganda ham ikki valentli bo‗lib qoladi.
Gemoglobin kislorodni o‗pkadan to‗qimalarga va karbonat angidridni
to‗qimalardan o‗pkaga tashilishini ta‘minlash kabi noyob funksiyani bajaradi.
Gemoglobinning ulkan molekulasida ko‗p xildagi atomlarning o‗zaro ta‘sirlanishi
asosida nafas olish jarayoni ‒ hayotning namoyon bo‗lishi ta‘minlanadi.
Olimlarning hisoblariga muvofiq bitta eritrotsitda 340.000.000 molekula
gemoglobin bo‗lar ekan. Temir atomi gem-pigmentning markazida joylashgan va
u qonni qizil rangga bo‗yaydi.
Voyaga yetgan odamda globin-gemoglobin oqsili ikkita alfa- va ikkita beta-
zanjirlardan tashkil topgan. Tetramerda subbirliklar shu xilda taxlanganki, ularning
uzunligi 6,4 nm va eni 5,5 nm ga teng bo‗lib, sferik shaklni hosil qiladi.
Har bir
subbirlik o‗zining bir ―burma‖sida, boshqacha aytganda, ―cho‗ntagida‖ gemning
yassi halqasini tutadi.
To‗rtta subbirlikdagi to‗rtta gem umumiy molekulaga nisbatan shunday
joylashganki, gemning bir chekkasi molekulaning
ichki qismiga qarab turibdi,
boshqa qismi tashqi, suv-tuzli tomonga qarab turadi. Yuqorida e‘tirof etilganidek,
alfa-globin zanjirlari ikkitadan 141 aminokislota qoldiqli, beta-globinli zanjirlari
146 aminokislota qoldiqlaridan iborat va shunday qilib,
gemoglobinning oqsil
qismi jami 574 ta amonokislota qoldig‗idan tashkil topgan. Organizmda bir yo‗la
asosan globin protomerlarini birlamchi strukturasi bo‗yicha farqlanuvchi
gemoglobinning ikkita yoki undan ko‗proq fraksiyalari uchrashi mumkin. Bu
hodisani gemoglobinning geterogenligi deb nomlanadi.
Odamlarning gemoglobin bo‗yicha uch xil populatsiyasi mavjudligi
aniqlangan:
1. Tarkibida
Dostları ilə paylaş: