01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
Tabiiy peptidlar. So‗nggi yillarda qator o‗ziga xos funksiyalarni bajaradigan
molekulyar og‗irliklari past bo‗lgan peptidlarning mavjudligi aniqlandi. Biologik
faollikka ega bo‗lgan tabiiy peptidlarni ta‘sir etish xususiyatiga va kimyoviy
tuzilishiga qarab to‗rt guruhga bo‗linadi:
a) gormonal faollikka ega bo‗lgan peptidlar (vazopressin, oksitotsin,
kortikotropin, glukagon, kalsitonin, melanostimullovchi gormon, gipotalamusning
rilizing-omillari va boshqalar).
b) ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etadigan peptidlar (gasirin, sekretin);
d) manba sifatida qon zardobini alfa-2-globulin fraksiyasi xizmat qiluvchi
peptidlar (angiotenzin, bradikinin va kallidin);
e) neytropeptidlar.
Oqsil kimyosi sohasida olib borilgan tadqiqotlarning murakkabligini quyidagi
misol orqali namoyish qilish mumkin. Gipotalamusning rilizing-omili tiroliberinni
1 g miqdorda toza shaklda ajratish olish uchun avstraliyalik biokimyogarlarga
qo‗ylardan yig‗ib olingan 7 tonna gipotalamusni qayta ishlashga to‗g‗ri keldi.
Gormonal peptidlardan nanopeptid oksitotsin va vazopressin katta qiziqish
uyg‗otadi. Ularning tarkibiy tuzilishi quyida keltirilgan:
Oksitotsinning biologik funksiyasi to‗lg‗oq paytida bachadon silliq
mushaklarining qisqarishi va sut sekretsiyasining boshlanishini ta‘minlashda sut
bezlari alveolalari atrofida joylashgan mushak tolalarini qisqarishini stimullashdan
iborat. Vazopressinga kelsak, bu gormon qon plazmasining osmotik bosimini va
tanadagi suv balansini boshqaradi.
Gormonal peptidlardan glukagonni ta‘kidlash o‗rinlidir. U 29 ta
aminokislotalar qoldiqlaridan iborat bo‗lib, u karbon suvlar almashinuvini
boshqarishda ishtirok etadi. Bu gormon oshqozonosti bezining alfa hujayralari
tomonidan sintezlanadi. Bundan tashqari, odam va hayvonlarning glukagon
gormonlari bir xil tuzilishga ega ekanligi aniqlandi.