44
Oqsil molekulalarining mavjudligi va shakli haqida ilgari ultrasentrifugalash,
qutblangan nurni sindirish va diffuziya ko‗rsatkichlari asosida baholanar edi. Bu
ma‘lumotlar tabiatda globular (sferik) va fibrillar (ipsimon) tuzilishga ega bo‗lgan
oqsillar mavjudligini ko‗rsatadi. Hozirgi vaqtda oqsil molekulalarining shakli
haqidagi umumiy fikrlar to‗liq tasdiqlangan, lekin zamonaviy tadqiqot usullaridan
foydalanishgina oqsil molekulalarining fazoviy konfiguratsiyasi (uch o‗lchovli
tuzilishi) tafsilotlarini aniqlashga imkon berdi. Skanerlovchi mikroskopdan va
rentgen nurlarini tarqalish tahlilidan foydalanish, oqsillarning makonda joylashuv
strukturasi, unga mos bo‗lgan shakllarinigina emas, balki oqsil molekulalarining
assimetriyasini uch o‗lchamli darajasini batafsil aniqlash imkoniyatini yaratdi.
Hatto, globular qon oqsillari (gemoglobin, albumin va globulinlar)ni tahlil
qilinganda, ular bu o‗lchov birliklarida assimetrik ekanligi ma‘lum bo‗ldi.
Ta‘kidlash joizki, oqsillarning faqat fizik-kimyoviy xossalari emas, balki biologik
xususiyatlari ham ularning fazoviy tuzilishi bilan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda oqsillarni birlamchi, ikilamchi, uchlamchi va to‗rtlamchi
strukturalari mavjudligini asoslashga oid dalillar mavjud. Bundan tashqari, har bir
alohida olingan oqsil ma‘lum funksiyani bajarilishini ta‘minlaydigan o‗ziga xos
strukturasi bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, xilma-xil oqsillarning struktura
tuzilishini o‗rganish tirik tizimlarning tabiatini va demak, hayotning mohiyatini
bilib olish uchun kalit bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Kelajakda oqsillarning
tuzilishi va biosintezida uchraydigan nuqsonlar tufayli kelib chiqadagan ko‗plab
irsiy kasalliklarga oid muammolar yechimini topish mumkin bo‗ladi
.
Dostları ilə paylaş: