270
joylashadi. Oqsil sintezining tugashi signali sifatida UAA,
UAG yoki UGA
kodonlardan birontasi xizmat qiladi. Ushbu turdagi RNK, ya‘ni m-RNK murakkab
ikkilamchi strukturaga ega bo‗lib, unda oqsil sintezining boshlanishi (inisiatsiya)
va tugashi (terminatsiya)ga oid ma‘lumotlar dasturi mujassamlashgan.
14.5.4. Ribosomal RNK. Ribosomaning tuzilishi
Ribosomal RNK ribosomani shakllanishida oqsillarni joylashuvi uchun asos
hisoblanadi. Hayvonlar va o‗simliklarning r-RNK ning o‗lchamlari bir-biridan farq
qiladi. Hayvonlarning ribosomalarida 28 S, 18 S r-RNK mavjud. Hayvonlarda 28 S
r-RNK evolyutsion taraqqiyot shajarasida tutgan o‗rniga mos tarzda har xil turlarda
kattalik jihatidan farq qiladi; agar uning molekulyar og‗irligi dengiz kirpilarida 1,4
million Da ga teng bo‗lsa, sutemizuvchilarda 1,75 million Da gacha bo‗ladi.
O‗simliklar ribosomalarida 25 S, 18 S, ba‘zan esa 16 S r-RNK lar bo‗ladi.
Nukleotid tarkibi turli xil biologik obyektlardan olingan r-RNK larda
o‗xshash bo‗ladi, masalan, kalamush jigari va E.coli r-RNK lari o‗zaro
o‗xshashdir. r-RNK tarkibida miqdoriy jihatdan guanil
nukleotidlari ustunlik
qiladi; uridil va sitidil esa oz va taxminan teng miqdorda uchraydi; psevdouridin va
metillangan asoslar nihoyatda kam yoki hatto ularning izigina bo‗ladi xolos.
Ribosomal RNK lar oqsillarning birikishi uchun asos hisoblanib, unga
oqsillar birikib, zich ravishda o‗ralish asosida ribonukleoproteidni hosil qiladi.
r-RNK ning ikkilamchi strukturasi ilmoqcha-molekulaning qo‗sh zanjirli
kalta bo‗lakchalari evaziga hosil bo‗ladi. r-RNK molekulasining taxminan 2/3
qismi
ilmoqchaga aylanadi, molekulaning qolgan qismi purin asoslaridan iborat
bo‗lib, toq ―amorf‖ qismdan iborat. Ribosomalarning oqsillari, asosan, ―amorf‖
qismlarga birikkan bo‗ladi. Oqsillar r-RNK bilan kooperativ ravishda birikadi:
ularni ribonukleoproteidlar zanjiridan ajratishga uringanda, ular yakka-yakka emas,
balki guruh holatida ajraladi.
Ribosomalarning oqsil tarkibi geterogendir.
Ribosoma oqsillarining
molekulyar massasi 5000-7000 Da dan 50000-70000 Da gacha bo‗ladi.
Subbirliklar tarkibidagi oqsillar turli bo‗ladi. Ribosomaning har bir oqsili o‗ziga
xosligi bilan ajralib turadi, ya‘ni yagona molekula tarzida uchraydi. N-uchidagi
qoldig‗i bilan farqlanuvchi L7 va L1 hamda o‗zaro bir xil tuzilishli L20 va L26
oqsillari bundan istisno hisoblanadi.
Ribosoma oqsillari, xuddi gistonlar kabi,
ishqoriy xossaga ega. Turli xil manbalardan ajratib olingan mitoxondriyalarning
ribosomal oqsillari tarkibi, miqdoriy va sifatiy ko‗rsatkichi jihatdan bir-biridan farq
qiladi. Mitoxondrial r-RNK sitoplazmatik r-RNK
dan va prokariot r-RNK dan
o‗zlarining birlamchi va ikkilamchi strukturalari bo‗yicha farq qiladi.
Mitoxondrial r-RNK strukturasi o‗zining ancha po‗k ekanligi, barqarorligini
pastligi va spirallashgan qismlarini kamligi bilan ajralib turadi.
Mitoxondriya va
271
xloroplastlarning yirik r-RNK lari prokariotlarnikiga o‗xshash bo‗ladi. Oqsil
sintezi paytida ma‘lum miqdordagi ribosomalar (3 tadan 80-100 gacha) m-RNK
ning uzun ipsimon molekulalariga birikib, polisomalarni hosil qiladi. Polisomadagi
har bir ribosoma to‗liq polipeptid zanjirini sintezlash qobiliyatiga ega.
Ribosomalar guruhlarining shakllanishi m-RNK ning faoliyat samaradorligini
oshiradi, chunki bunda bir vaqtning o‗zida bir nechta bir
xil polipeptid zanjirlari
sintezlanishi mumkin bo‗ladi. Polisomalar erkin holatda yoki endoplazmatik to‗r
membranalari bilan chambarchas bog‗langan bo‗ladi. Hujayra ichi oqsillarini
kodlovchi m-RNK, asosan, erkin polisomalar bilan bog‗langanligi, sekretor
oqsillarni kodlovchi m-RNK esa membranalar bilan bog‗langanligi aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: