Transport RNK ning akseptorlovchi uchi .
Bunda tashiluvchi aminokislota tegishli t-RNK ga maxsus ferment yordamida
birlashtiriladi. Antikodon shoxcha akseptor shoxchaga qarama-qarshi joylashadi,
unda besh juft nukleotid bo‗ladi.
Antikodon ilmoqning o‗rta qismida kodonga komplementar bo‗lgan uchta
nukleotiddan tashkil topgan antikodon va m-RNKdagi muayyan aminokislota
bo‗ladi. Masalan, m-RNA 5´-GSS-3´ tarkibidagi kodonga 3´-SGG-5´ antikodoni
to‗g‗ri keladi. Bunda 3´-SGG-5´ t-RNK ning m-RNKga o‗zaro ta‘sirlanishi maxsus
muvofiqlikdaligini ko‗rsatadi. Har bir t-RNK o‗ziga mos keladigan antikodonga
268
ega. Psevdouridinli ilmoqda minor psevdouridin komponenti bo‗ladi. U 7 ta
nukleotiddan iborat bo‗lib, ular orasida albatta 5´-TφS G-3´ketma-ketligi bo‗ladi.
Ribosoma bilan t-RNK ning aynan shu ilmog‗i o‗zaro ta‘sirlanadi degan
taxmin qilinadi. t-RNK ning D-shoxchasi 8-12 nukleotiddan iborat ilmoqli bo‗ladi.
Bu digidrouridin ilmog‗i bo‗lib, unda doimo bir nechta digidrouridinning minor
qoldiqlari bo‗ladi. Barcha t-RNK larda har xil uzunlikdagi qo‗shimcha beshinchi
shoxcha bo‗ladi, uning funksiyasi hanuzgacha yaxshi o‗rganilmagan, aftidan,
uning yordamida har xil uzunlikdagi t-RNK molekulalarining uzunligi
muvofiqlashtiriladi (31-rasm).
31-rasm. Transport RNK ning tuzilishi . I - umumiy tuzilish, II – uchlamchi strukturasi. Metillangan va boshqa xilda modifikatsiyalangan nukleotidlar t-RNK
molekulasining vodorod bog‗lari hosil bo‗lmaydigan joylarda joylashadi. Ehtimol,
ularning t-RNK ning uchlamchi strukturasini shakllanishida ma‘lum darajadagi roli
bo‗lishi mumkin. Evolyutsion rivojlanishning turli bosqichlarida bo‗lgan
organizmlardan ajratib olingan t-RNK larning birlamchi strukturasini taqqoslash
uning yuqori darajadagi konservativ modda ekanligidan dalolat beradi.
Sintez qilingan oqsilning birinchi aminokislotalarini ribosomaga olib
keladigan initsiator (tashabbuskor) t-RNK larning tuzilishi barcha umurtqali
hayvonlarda bir xildir. Shunday qilib, bu t-RNK lar 500 million yil davomida,
269
ya‘ni umurtqali hayvonlarning paydo bo‗lgani (divergensiyasi)dan boshlab
o‗zgarishsiz qoldi deb hisoblash mumkin.