234
stimullovchi-oqsillarning parchalanish mahsulotlari aminokislotalar uchun
xarakterlidir. Ba‘zi to‗qimalar ma‘lum darajadagi maxsus yo‗nalishli ta‘sirga ega
bo‗lgan moddalarni chiqaradi. Masalan, ovqatni iste‘mol
qilish jarayonining
boshlanishi bilan ichak devorlari tomonidan qonga maxsus modda ‒ sekretinning
chiqarilishi yuz beradi.
Sekretin
qon oqimi bilan oshqozonosti beziga o‗tishi natijasida oshqozonosti
bezi shirasining ajralishini stimullaydi. Ichki sekretsiya bezlari organizmning
ayrim to‗qimalarida metabolizmni gormonlar ishlab chiqarish
va qonga chiqarish
orqali boshqaradi. Bezlarning o‗zi esa markaziy asab tizimining nazorati ostida
bo‗ladi. Ko‗pincha bir bez tomonidan ishlab chiqarilgan gormon boshqa bezning
ishiga ta‘sir qiladi. Hayvon organizmidagi moddalar
almashinuvining neyro-
gumoral boshqariluvi shu tarzda amalga oshiriladi.
Steroid va oqsil tabiatli gormonlarning moddalar almashinuviga ta‘sir
etish mexanizmi.
Ma‘lumki, 3,5-sGMF tabiiy uchraydigan moddalar almashinuvi
jarayonlarini boshqarishda qator noyob funksiyalarni bajaruvchi va yuqori biologik
faollikka ega bo‗lgan ribonukleotiddir.
Oqsil tabiatiga ega bo‗lgan aksariyat gormonlar biologik ta‘sir mexanizmini
tushintirishda E.Sazerlendning tadqiqotlari va siklik 3,5-sAMFning ochilishi hal
qiluvchi rolga ega bo‗ldi, u gormonal samarani nishon-hujayra
ichi chegarasida
amalga oshishida vositachi vazifasini bajaradi.
Birlamchi vositachi bu gormonning o‗zi bo‗lib, holbuki, ushbu farazga ko‗ra,
gormon hujayra ichiga kirmaydi va uning ta‘siri membranadagi o‗ziga xos
retseptor bilan o‗zaro ta‘sirlanish bilan cheklanib, adenilat siklazaning
faollashuviga olib keladi, bu esa sAMF hosil bo‗lishini katalizlaydi.
Ma‘lum bo‗lishicha, retseptor bilan bog‗langan gormonning bitta molekulasi
500 ta sAMF molekulasini hosil bo‗lishiga olib keladi va u o‗z ta‘sir
samarasini
hujayra ichida ikki shaklda hosil bo‗ladigan ferment – proteinkinaza orqali amalga
oshiradi.
235
sAMF bo‗lmaganda, proteinkinaza ikkita katalitik (C
2
) va ikkita boshqaruvchi
(R
2
)
subbirliklardan tashkil topgan bo‗lib, ularning molekulyari o‗zaro mos holda
49000 va 38000 Da ga teng va shu sababli u fermentativ faollikka ega bo‗lmaydi.
sAMF ishtirokida proteinkinaza kompleksi qaytar
ravishda bitta R
2
-subbirlik
va ikkita erkin katalitik subbirlikka dissotsiatsiyalanadi; keyingi hosil bo‗lgan
subbirliklar fermentativ faollikka ega, fosforillanadi
va unga mos tarzda boshqa
oqsil fermentlarining faolligini o‗zgartiradi.
Buni quyidagi diagramma orqali izohlash mumkin:
Steroid gormonlarining umumiy ta‘sir mexanizmi haqida mavjud ma‘lumotlar
ularning ta‘sir samarasi o‗ziga xos sitoplazmatik retseptor-oqsillar (sedimentatsiya
koeffitsiyenti 4S va 8S bo‗lgan) orqali amalga oshishi ko‗rsatib berildi; steroid-
oqsil komplekslari maxsus transport oqsillari yordamida hujayra yadrosiga
translokatsiyalanib, xromatin bilan bog‗lanadi (xromatin bilan bog‗lanish
markazida
DNK dan tashqari, gistonsiz oqsillar bo‗ladi). DNK genlarining
ekspressiyasini o‗zgartirib, bu yadro-steroid komplekslari maxsus m-RNK
sinteziga ta‘sir qiladi; yangi yoki qo‗shimcha m-RNK
molekulasining sintezi
tegishli oqsilning sintezini induksiyalanishi bilan birgalikda yuz beradi.
Shunday qilib, gormonlarning ikki sinfi vakillarining ta‘sir qilish
mexanizmidagi asosiy farq shundaki, peptid gormonlari va aminokislota hosilalari,
asosan, hujayralardagi sintetik jarayonladan keyingi hodisalarga yo‗naltirilgan,
steroid gormonlar esa gen transkripsiyasini o‗zgartirish orqali, genomga ta‘sir
qiladi.
Dostları ilə paylaş: