139
(jarayon karbonsuvlarning anaerob parchalanishiga o‗xshash), keyinchalik
pirouzum kislotaga aylanadi.
7.5.6.1. Pirouzum kislotani oksidlanuvchi dekarboksillanishi
Pirouzum kislotani oksidlanuvchi dekarboksillanishi
natijasida atsetil-KoA
hosil bo‗ladi, bu jarayon qator fermentlar va kofermentlarning strukturaviy
jihatdan birlashgan piruvatdegidrogenaza kompleksi
deb nomlangan mulferment
tizimi ishtirokida yuz beradi.
Piruvatning oksidlanuvchi dekarboksillanishi mitoxondriyalarning matriksida
sodir
bo‗ladi:
unda
uchta
ferment
(piruvatdegidrogenaza,
digidrolipoilatsetiltransferaza, digidrolipoildegidrogenaza) va beshta koferment ‒
TPF, lipoy kislota amidi,
koenzim A, FAD va NADlar ishtirok etadi.
Kofermentlarning uchtasi (TPF-E
1
, lipoamid-E
2
va FAD-E
3
)
ferment bilan
mustahkam ravishda birikadi, qolgan ikkitasi (HS-KoA va NAD)
esa osongina
dissotsiatsiyalanadi. Bu subbirlikli tuzilishga ega bo‗lgan fermentlar va
kofermentlarning hammasi birgalikda yagona kompleksni hosil qiladi. Shu
sababga ko‗ra, oraliq reaksiya mahsulotlari bir-biri bilan o‗zaro ta‘sirlanishi
mumkin.
Pirouzum kislotani oksidlanuvchi dekarboksillanishi
natijasida pirouzum
kislotasi atsetil KoAga aylanadi, tenglamani quyidagicha ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: