138
Bu energiya miqdoridan 126 kDj issiqlik tarzida sochilib ketadi, uning 84 kDj
(maksimal) ATF ning fosfat bog‗lari tarzida yig‗iladi, ATF molekulasining
makroergik bog‗i taxminan 33,6-42,0 kDj/molga teng.
Shunday qilib, anaerob
glikolizning foydali ish koeffitsiyenti 0,4 (84/210 kDj) ga yaqin.
Glikolizning alohida reaksiyalari uchun erkin energiyani o‗zgarish kattaliklari
odamlarning intakt eritrotsitlarida aniqlangan. Ko‗rsatib berilganki, glikolizning
sakkizta
reaksiyasi muvozanatga yaqin, uchtasi (geksokinaza, fosfofruktokinaza,
piruvatkinazalar) esa erkin energiyaning ancha kamayishi orqali yuz beradi, ya‘ni
amaliy jihatdan qaytmas reaksiya hisoblanadi.
Yuqorida
qayd etilganidek, glikoliz tezligini limitlaydigan reaksiya
fosfofruktokinaza
reaksiyasidir.
Glikolizni
tezligini
limitlanishi
va
boshqarilishining ikkinchi bosqichi fosfofruktokinaza reaksiyasi hisoblanadi.
Bundan
tashqari, glikolizning nazorati LDG va uning izofermentlari tomonidan
sodir bo‗ladi. To‗qimalar ( yurak, buyrak va h.k.)dagi
aerob metabolizmlarda
LDG
1
va LDG
2
izofermentlarini ishtiroki kuchliroq bo‗ladi. Bu izofermentlar
hattoki piruvatning past konsentratsiyasida ham ingibirlanadi, bu esa sut kislotasini
hosil bo‗lishiga qarshilik ko‗rsatadi va pirouzum kislotasi, aniqrog‗i, atsetil-KoAni
uch karbon kislotalari siklida to‗liq oksidlanishiga olib keladi. Odamlarda glikoliz
energiyasidan ancha yuqori darajada foydalanadigan to‗qimalar, masalan,
skelet
mushaklarida asosiy izofermentlar LDG
5
va LDG
4
hisoblanadi. LDG
5
ning faolligi
piruvatning konsentratsiyasi
LDG
1
ni ingibirlaydigan darajada bo‗lganda maksimal
bo‗ladi. LDG
4
va LDG
5
izofermentlarining ko‗p bo‗lishi anaerob glikolizni
jadallashtirib, piruvatning sut kislotaga aylanishini tezlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: